Zbekiston respublikasi


-rasm. Aylanuvchi stol komponovkasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

4.2.2-rasm. Aylanuvchi stol komponovkasi 
4.2.3-rasmda ko`rsatilgan mexatron harakat moduli quyidagilardan tarkib 
topgan: 1-asos; 2- aylanuvchi stol; 3- tayanch podshipniklar; 4- uch fazali maxsus 
joylashtirilgan elektrdvigatel; 5- rotor; 6- planshayba; 7- holat danchigi; 8- tezlik 
datchigi; 9- gidrotormoz. 
Aylanuvchi stol elektrdvigatelning podshiplariga tayanadi. Elektrdvigatel 


299 
rotori planshayba va gidrotormoz bilan bog`langan. Bundan tashqari rotorda holat 
va tezlik datchiklari o`rnatilgan. Gidrotormoz planshaybani texnologik jarayon 
uchun kerak bo`lgan holatda to`xtatib turadi. Elektrdvigatel rotorini planshayba 
bilan reduktorsiz bog`lash lyuftni yo`qotishga imkon beradi, bu o`z navbatida 
stolni pozitsiyalash aniqligini va uning texnologik imkoniyatlarini oshiradi. Bunda 
stolning konstruktsiyasi soddalashadi, detallar soni kamayadi, mustahkamlik 
oshadi.
 
 
4.2.3-rasm. Aylanuvchi mexatronik stol sxemasi 
 
4.2.4-rasm. Taqqoslash uchun reduktorli va to`g`ri yuritmali stollar sxemalari 


300 
To`g`ridan to`g`ri reduktorsiz ishlatiladigan yuritma stol konstruktsiyasini 
soddalashtiradi va avtomatlashtirish vositalarini qo`llashni osonlashtiradi
Aylanuvchi mexatronik stolning funksional sxemasi 4.2.5-rasmda ko`rsatilgan. 
 
 
4.2.5-rasm. Aylanuvchi mexatronik stolning funksional sxemasi 
KO`B – kuchatiruvchi-o`zgartiruvchi blok; KO` – koordinatalar o`zgartirgichi; 
HR – holat rostlagichi; HD-holat datchigi; TG-taxogenerator; ARO`-analog-
raqamli o`zgartirgich 
Stol
 
2N qutbli 3 fazali elektrmashina asosida ishlangan. Statorda mashina 
o`rami (obmotkasi) joylashgan, rotorda esa – doimiy magnitlar. Shunday qilib 
rotorni almashtirish sxemasida doimiy magnit ishlatilgan (4.2.3-rasm). Rotor o`qi 
holat datchigi bilan bog`langan. U rotorning 
φ 
burchakka aylanishini aniqlaydi. 
Qo`shimcha ravishda aylanuvchi stol tok datchiklari (har bir stator o`rami fazasida 
alohida), tokning analogli rostlagichi, tiristorli kuchaytirgich, taxogenerator va 
taxogeneratordan 
kelayotgan 
signallarni 
raqamlovchi 
analogli-raqamli 
o`zgartirgich bilan jihozlangan. 4.2.3-rasmda tok datchiklari, analogli rostagich va 
tiristorli kuchaytirgich KO`Bga birlashtirilgan. 
Signal HDdan KO` kirishiga uzatiladi. KO`ning ikkinchi kirishiga HRdan 

boshqarish signali kiradi. Mikroprotsessor bazasida yaratilgan KO` fazadagi 


301 
kuchlanishlar 
U
1
,
U

va 
U
3
larni hisoblaydi. Bu fazalar elektr burchak 
φ
e
= Nφ 
funktsiyasi sinusoidal qonuni bo`yicha o`zgaradi va bir-biriga nisbatan 120 elektr 
gradusiga siljigan bo`ladi. Bu kuchlanishlar KO`B quvvat bo`yicha kuchaytiriladi 
va statorning o`ramiga beriladi. Statorning o`zgaruvchan toklari 
I
1

I
2
va 
I

tebranuvchi magnit maydonini hosil qiladi. Buning natijasida statorning 
aylanuvchi magnit maydonini paydo bo`ladi. Stator va rotorning magnit 
maydonlari ta’sirlashuvi natijasida dvigatel rotorini harakatga keltiruvchi 
aylantiruvchi moment hosil bo`ladi.

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin