2.3.2-rasm. Avtomobilining tormozni antiblokirovkalash tizimi sxemasi
1 – elektr yuritmali gidravlik nasos; 2 – g`altaklar aylanish tezligi datchiklari;
3-boshqarish bloki; 4-bosim akkumulyatori; 5-servoklapan
Zamonaviy avtomobillarda asosan konstruktsiyasi sezgir element va uzatish
97
elementlaridan tashkil topgan
magnitrezistorli aylanish chastotasi datchiklari
va
Xoll datchiklari
qo`llaniladi (2.3.4-rasm). Magnitrezistorli datchiklarda magnit
maydoni o`zgarishi natijasida qarshilik o`zgaradi. Xoll datchiklarida magnit
maydoni o`zgarishi natijasida kuchlanish o`zgaradi. Bu o`z navbatida, tok
qarshiligining o`zgarisiga olib keladi. Bunday signalni apparat yoki dasturiy usulda
qayta ishlangandan keyin g`altaklar aylanish chastotasini hisoblab topish mumkin.
2.3.3-rasm. ABSning samaradorligini ko`rsatuvchi foto
2.3.4-rasm. Aylanish chastotasi datchigini o`rnatish joyi
98
Adaptiv (moslashuvchan) kruiz-kontrol tizimi - Adaptive Cruise Control
(ACC).
Harakat paytida oldingi mashina orasidagi distantsiyani nazorat qiladigan
tizimlar 90-yillar o`rtasida paydo bo`ldi: 1995 yilda
Mitsubishi
sedan
“
Diamante
”
ni bozorga olib chiqdi. 1999 yilda
S
-klassdagi
Mercedes W220
da
ABS
bilan birga
ishlovchi distantsiyani boshqaruvchi
Distronic
tizimi yaratildi. Shundan keyin bu
tizim yildan yilga rivojlanib ketmoqda. Bu tizimning asosiy funktsiyalari 2.3.5-
rasmda ko`rsatilgan.
ACC
tizimi tarkibiga masofa datchiklari, boshqarish bloki va ijro qurilmalari
kiradi. Masofa datchiklari oldinda harakatlanayotgan avtomobilning tezligi va
ungacha bo`lgan masofani o`lchash uchun xizmat qiladi. Masofa datchiklari sifatida
radar
va
lidarlar
ishlatiladi.
Radar (ingl.
Radar, Radio Detection and Ranging
– radioaniqlash va
masofani o`lchash)
28
– ob`ektga elektrmagnit to`lqinlarni yuboradi va qaytish signali
- aks-sado (exo)ni qabul qilib oladi. Oldinga ketayotgan avtomobilning tezligi
qaytgan to`lqinning chastotasi o`zgarishi bo`yicha, avtomobilgacha masofa esa -
signal qaytish vaqti bo`yicha aniqlanadi. Olingan parametrlar elektrik signalga
o`zgartiriladi va boshqarish blokida yuboriladi.
Lidarda (ingl.
Lidar, Light Identification Detection and Ranging
–nur
yordamida masofani aniqlash va o`lchash)
29
infraqizil lazer nurlaridan
foydalaniladi. Ular ishlash printsipi radarga o`xshash va radarga nisbatan arzon
turadi, lekin ish faoliyati aniqligi ob-havo sharoitiga bog`liq, shuning uchun
premium-klass avtomobillarda radarlar ishlatiladi. Masofa datchiklari asosan oldingi
bamperda yoki radiator panjarasida o`rnatiladi. Faoliyat radiusi 150 m ni tashkil
qiladi.
28
Bowen, Edward George. Radar Days. — CRC Press, 1998.
29
Middleton, W. E. K, and Spilhaus, A. F., Meteorological instruments, University of Toronto, 3rd ed.-2002, 402 р.
|