2.4.6-rasm. Kinetec 6080 elbow CPM trenajyori Manba:https://kinetecuk.com/treatment-areas/elbow/continuous-passive-motion- cpm/kinetec-6080-elbow-cpm Kompyuter tomografiyasi 1972 yilda
Godfri Xaunsfild va
Allan Kormak tomonidan taklif qilingan va bu ishlanma uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan.
2.4.7-rasm. Kompyuter tomografiyasi
114
Tomograf bemor atrofida aylanayotgan rentgen trubkasidan chiqayotgan
nurlarning tanadan o`tayotgan miqdorini raqamli tarzda ifoda etadi. Ob’ektdagi
yoysimon o`tayotgan rentgen nurlarining yutish koeffitsiyenti bir necha yuz yoki bir
necha ming qattiq kristalli rentgen detektorlari yordamida o`lchanadi. Detektorlar
har bir proektsiyadan ma`lumotlarni yig`ib, raqamli shaklga keltiradi va kompyuter
yordamida tahlil qilinadi. Olingan ma`lumotlar asosida kompyuter organning
ko`ndalang kesimini konstruktsiyalaydi. Bu o`z navbatida oddiy rentgen
ma`lumotlaridan ko`ra afzalloq bo`lib, organ yoki to`qimaning xoxlagan
proektsiyadagi rasmini olish hamda past kontrastli ob`ektlar to`g`risida ma`lumotlar
berish imkonini beradi.
Rentgen tomograflar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
skanerlaydigan moslama, rentgen tizimi, rentgen trubkasini aylantirish moslamasi, boshqarish pulti va EHM .
Skanerlaydigan uskuna aylana ramadan iborat bo`lib, o`z ichiga aylanadigan
rentgen trubkasi va bir qancha qabul qiluvchi detektorlarni oladi. Bir joyda turgan
ob`ektni tomografiya qilish jarayonida maxsus yuritma yordamida rentgen trubkasi
rama ichida aylanma harakat qiladi, bunda rentgen nurlarining tebranayotgan dastasi
turli burchaklar ostida ob`ekt ichidan o`tadi. Yumshoq to`qimalardan o`tgan rentgen
nurlari qabul qiluvchi datchiklar tomonidan qabul qilinadi va ma`lumotlar tahlil
uchun EHMga yuboriladi. Bunda har bir kesim nuqtasidan o`tgan rentgen
nurlarining singish koeffitsiyenti hisoblanadi. Murakkab matematik hisoblashlar
natijasida tekshirilayotgan organ kesimining yassi ko`rinishi olinadi. Rentgen tizimi
trubka va generatordan iborat. Rentgen trubkasi 50 Gts impulsli rejimda va 100-130
kV kuchlanishda ishlaydi.
Trubka ikkita sovitgich tizimiga ega: trubkaning o`zi moy bilan sovitiladi,
moyning o`zi esa suv yoki ventilyator yordamida sovitiladi. Trubka impulsli rejimda
ishlaydigan yuqori voltli generator orqali tok bilan ta`minlanadi.
Rentgen kompyuterli tomografiyalah jarayonida yuborilgan rentgen nurlari
ob`ekt orasidan o`tadi, nurning so`nishi bir vaqtning o`zida priyomnikda qayd etiladi
(2.4.8-rasm). Shundan so`ng tizim bemor atrofida bir necha gradusga aylanadi va
115
yangi skanerlash jarayonini olib boradi. Bu ish barcha talab qilingan burchaklar
qamrab olguncha bir necha marta qaytariladi (2.4.9-rasm).