Zbekiston respublikasi


Ventilli  elektrdvigatel



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Ventilli 
elektrdvigatel 
(VD)
(3.1.7-rasm) 

o`zgarmas 
tok 
elektrdvigatelining bir turi bo`lib, unda shyotkali-kollektorli uzel rotor holati 
datchigi yordamida boshqariladigan yarim o`tkazgichli kommutator bilan 


153 
almashtirilgan. Bu “Ventilli”, “kuchli tayanchlar (ventillar) yordamida 
boshqariladi” deganini anglatadi. Uning tok fazalari sinosiodal shaklga ega. 
Kuchaytirgich vazifasini keng-impulsli modulyatsiyali (
широтно-импульсная 
модуляция ШИМ
) avtonom kuchlanish invertori bajaradi. 
 
3.1.7-rasm. Ventilli elektrdvigatel 
O`zgaruvchan tok elektrdvigatellari. 
O`zgarmas tok dvigatellariga nisbatan 
ko`proq ishlatiladi. Chunki ularni ishlab chiqarish arzonroq, konstruktsiyasi 
soddaroq va ishonchliroq, ulardan foydalanish osonroq. Amalda barcha uyda 
ishlatiladigan maishiy texnika o`zgaruvchan tok elektrdvigatellari bilan jihozlangan: 
yuvish mashinalari, oshxona vityajkalari va h.k. Sanoatda stanokli jihozlarda
lebyodkalarda, kompressorlarda, gidravlik va pnevmatik nasoslarda va 
ventilyatorlarda qo`llaniladi.
Ularning 2 turi mavjud: 
sinxron 
va
 asinxron dvigatellar

Sinxron dvigatellarda
rotorlarning aylanish chastotasi magnit maydonning 
aylanish chastotasiga teng (sinxron). Ularning aylanish tezligi o`zgarmas bo`lganligi 
sabab kompressorlarda, katta ventilyatorlarda, nasoslarda va o`zgarmas tok 
generatorlarida ishlatiladi.
Asinxron dvigatellarda
rotorlarning aylanish chastotasi stator o`rami hosil 


154 
qiladigan magnit maydonning aylanish chastotasidan farq qiladi (asinxron). Ular 
qisqa ulangan rotorli va fazali rotorli bo`ladi. Bular konstruktsiyasi bir xil, orasidagi 
farq ularning o`rash usulidadir. Asosan uch fazali asinxron dvigatellar ko`p 
tarqalgan: stanok va jihozlarda, avtomatikada, telemexanika va h.k.larda ishlatiladi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin