193
Freym o’z navbatda bilimlarni aks ettirish birligi hisoblanadi. Boshqacha
aytganda freym ma’lumotlar strukturasini bildiradi. Masalan,
xonadagi holatni
yoki muloqot o’tkazish uchun uchrashuv joyini aks ettirish mumkin. Bu model
muallifi asosan fazodagi yoki kenglikdagi saxnalarni izoxlash uchun taklif qilgan.
Biroq freymlar yordamida keyinchalik
nafakat saxnadagi holatni, balki xar
vaziyatni,
rollarni, strukturalarni va shunga o’xshash holatlarni izoxlash mumkin
bo’ldi. Freym o’z navbatda ob’yektning yoki xodisaning
asosiy xossalarini aks
ettiradi. Shuning uchun freym strukturasi yozilishida ob’yektlarning yoki
xodisalarning ro’yxati ko’rinishida aks ettiradi. Bu ro’yxat slot deb ataladi.
Slotlarni taqdim etish uchun FRL (Frame Representation Language) tili deyiladi.
Bu til ko’proq LISP tiliga o’xshashdir.
Freymlar yordamida bilimlarni aks ettirish sun’iy intellect sistemalarida
keng qo’llaniladi.
Odatda freymlar yo’naltirilgan graf shaklida bo’ladi va cho’qqilar
hamda
yoylardan tashkil topadi. Konkret misol ko’ramiz:
Freym bog’lanish
Freym bog’lanish turli hil texnik sistemalarda uchraydigan bog’lanishlarni
(mexanik, gidrovlik va h.k.) aks ettirishga xizmat qiladi.
Quyidagi rasmda – freym bog’lanish keltirilgan, u quyidagi situatsiyani aks
ettiradi “Sub’ekt “X” ob’ekt “Y” ni “Z” ob’ekti bilan “W” usulda bog’laydi
(ulaydi)”