9
usuli va boshqalar (1.1 - rasm). Universal robotlar turli xil operatsiyalarni
bajarishga va har xil jihozlar bilan birga ishlashga mo‘ljallangan.
Maxsuslashgan
robotlar ma’lum bir aniq
operatsiyani bajarishga
mo‘ljallangan. Masalan, payvandlash, yig‘ish, bo‘yash operatsiyalari.
Maxsus
robotlar faqat bir konkret operatsiyani bajaradi. Masalan, texnologik
jihozning konkret modeliga xizmat qiladi.
Robotlar bajaradigan texnologik operatsiyaning turiga qarab asosiy
texnologik operatsiyani bajaruvchi robotlar (masalan, texnologik payvandlash,
bo‘yash, yig‘uv operatsiyalari) va yordamchi texnologik operatsiyani (masalan,
olib – qo‘yish operatsiyasi) amalga oshiradigan robotlarga bo‘linadi.
Robotning yuk ko‘tarish qobiliyati manipulyatsiya qilinayotgan ob’ektning
massasi bilan aniqlanadi va robotning bajaradigan vazifasiga bog‘liq bo‘ladi,
hamda bir necha grammdan to bir necha ming kilogrammgacha bo‘lishi mumkin.
Sanoat robotlari yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha
quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: o‘ta yengil – 1 kg gacha, yengil – 10 kg dan 200 kg gacha, og‘ir – 200
kg dan 1000 kg, o‘ta og‘ir – 1000 kg dan yuqori [1, 5].
Robotlarda qo‘llaniladigan yuritmalar pnevmatik, gidravlik,
elektrik va
aralash yuritmalar guruhlariga bo‘linadi. Yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati
robotlarning zvenolarida gidravlik yuritmalar, manipulyator
qisqichlarda esa
sodda, kichik quvvatli pnevmatik yuritmalar ishlatiladi. Ko‘pincha robotlarda bitta
manipulyator bo‘ladi (bir qo‘lli robotlar), ammo robotning vazifasiga qarab
robotlarda ikkita, uchta va to‘rtta manipulyator (ikki qo‘lli, uch qo‘lli, to‘rt qo‘lli
robotlar) bo‘lishi mumkin. Erkinlik darajalar soni n bo‘yicha robotlar quyidagi
turlarga bo‘linadi: n = 2; n = 3; n = 4; va n>4. Robotning
harakatlanish
imkoniyati
unda harakatlanish qurilmasi borligi yoki yo‘qligi bilan aniqlanadi. Birinchi holda
ularni
harakatlanuvchi
robotlar va ikkinchi holda statsionar robotlar deb ataladi.