X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Intellektual, adaptiv va programmali robotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

1.4. Intellektual, adaptiv va programmali robotlar. 
Adaptiv robot moslashuvchan sistemalarning bir turidir. Bunday robot 
programmalashtirilgan harakat funksiyalari qisman aniq tashqi muhitda bajarish 
imkoniyatiga ega. Tashqi muhit o‘zgarishini adaptiv robot sensor qurilmalari 
yordamida qabul qilib, o‘z faoliyatini avtomatik ravishda qayta programmalaydi.
Adaptiv robotlarda sensor qurilmalari sifatida sun’iy ko‘z, lokatsion 
sensorlar, taktil va kuch-moment datchiklari qo‘llaniladi. 
Adaptiv robotning sxemasi 1.3- rasmda keltirilgan. 
1.3- rasm. Adaptiv robot sxemasi: 


14 
1- manipulyator, 2- harakatlanish qurilmasi, 3- programmani o‘zgartirish 
qurilmasi, 4-hisoblash qurilmasi, 5- sun’iy intellekt, 6- sensor qurilmasi, 7- 
muloqot qurilmasi, 8- manba blogi. 
Adaptiv robotlarda sun’iy intellekt blogi bo‘lmaydi. 
Programmali robot sxemasi 1.4- rasmda keltirilgan. Bunday robot aniq 
tashqi muhitga oldindan programmalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi [5].
Shuni ta’kidlash lozimki, «avlod» termini robotlarning bir avlodini 
ikkinchisi bilan almashtirish deb tushunmaydi. har bir robot avlodi mustaqil 
ahamiyatga ega va element bazasi bo‘yicha texnik ko‘rsatgichlari takomillashib 
boradi. har bir robot avlodi ekspluatatsiya tartibiga qarab, keng qo‘llaniladi.
Adaptiv robotlarga qaraganda intellektual robotlarda kuchli rivojlangan 
matematik ta’minot bo‘ladi. Intellektual robot struktura sxemasi 1.5 – rasmda 
keltirilgan.
1.4- rasm. Programmali robot sxemasi 


15 
1.5- rasm. Intellektual robot sxemasi: 
1-manipulyatorlar, 2 – harakatlanish qurilmasi, 3 – programmalarni 
o‘zgartirish qurilmasi, 4 – hisoblash qurilmasi, 5 – sun’iy intellekt, 6 – sensor 
qurilmalar, 7 – muloqot qurilmasi, 8 – manba bloki; 
BQ – boshqarish qurilmasi, TIS – ta’minot ijro sistemasi, TM – tashqi 
muhit; 
 – informatsion o‘zaro ta’sir, 

–- material, energetik o‘zaro 
ta’sir va aloqalar. 
Intellektual robotning boshqarish qurilmasi (BQ) robotga intellektuallik 
xususiyatini ta’minlash va tashqi muhit bilan faol va maqsadli informatsion o‘zaro 
ta’sirlarni bir necha kompyuterlar asosida amalga oshiradi.
BQ si quyidagilardan tashkil topadi: sensor qurilmasi (6), u tashqi muhit va 
robotning holati bo‘yicha informatsiya bilan ta’minlaydi; muloqot qurilmasi (7) 
robotning operator bilan va tashqi muhitdagi funksional qurilmalar bilan dialogi 
uchun xizmat qiladi; sun’iy intellekt (5) obrazlarni bilish, ma’lum predmat 
sohasidagi bilimlarni yig‘ish va ishlatishga xizmat qiladi; hisoblash qurilmasi (4) 
boshqarish programmalarini shakllantiradi; programmalarni o‘zgartirish qurilmasi 
(3) boshqarish programmalarini o‘zgartiradi va manipulyator yuritmalarini, 
harakatlanish qurilmasini, tashqi muhitdagi texnologik jihozlarni boshqarish uchun 
kerakli holga keltiradi; tashqi muhit (9) – real mavjud fizik muhit, robot u bilan 


16 
informatsion va energetik o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Agar robot ishlab chiqarish 
sharoitida ishlatilsa, unda robotning tashqi muhitiga operator, boshqa robotlar, 
texnologik jihozlar, texnologik jarayonlar, transport sistemalari, energiya ta’minoti 
sistemalari va boshqalar kiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin