114
iste’mol talablarini qondirish uchun xizmat qiladi: 1) materiallarga (masalan
ta’minot blokining o‘zi ist’emol qiladigan suyuq, qattiq, gazsimon yoqilg‘ilariga
bo‘lgan talablarini) va 2) energiya (davriy ravishda tashqi muhit bilan moddiy
energetik o‘zaro ta’sirda bo‘lish va olingan moddiy, masalan, yoqilgan manba’-
resurslarining energiyaga aylantirilishi asosida bo‘lgan talablarini).
Ijro sistemasi MRTning kuch bilan ta’sir etuvchi qismi hisoblanadi. Uning
asosiy funksiyasi - tashqi muhit bilan kuch orqali aktiv o‘zaro ta’sirda bo‘lishdan
iborat.
Rivojlangan MRTlar tarkibida ijro sistemasi o‘z-o‘zini sozlash va
uyushtirish funksiyalarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Bu funksiyalar
manipulyatorlar, ko‘chma harakat qurilmalari va ijro sistemasining yordamchi
qurilmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular orasidan MRTning asosiy
qismlaridan biri sifatida manipulyator - mexanik qo‘l hisoblanadi. Aynan
manipulyator MRTning tashqi muhit bilan aktiv kuch orqali o‘zaro ta’sirda
bo‘lishidagi asosiy tashqi funksiyasini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Ijro sistemasining yana bir ajralmas qismi bo‘lib ko‘chma harakat
qurilmasi hisoblanadi.
MRTlarda ko‘chma harakatning shunday vositalari qo‘llaniladiki, ulardan
hozirgi kunda quruqlikda, havoda, dengizda harakatlanuvchi texnik ob’ektlarda
foydalaniladi. Shunday vositalarga qadamlab yuruvchi mexanizmlar ham kiradi.
MRTlarning boshqarish qurilmasi mobil sistemasining tashqi muhit bilan
aktiv va maqsadli yo‘naltirilgan o‘zaro informatsion ta’sir asosidagi intellektual
hatti-harakatlarning funksional xususiyatlarini ta’minlash va ro‘yobga chiqarish
uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: