119
avtomatik boshqarishdan qo‘l orqali boshqarishga o‘tish
imkoniyatini va
hokazolarni.
Robokaralardan foydalanish bilan jihozlarning bekor turib qolishiga
barham beriladi, sex ichkarisidagi transport haydovchilari va yuklash-yuk tushirish
ishlarida band bo‘lgan ishchilar ozod etiladilar, transport vositalari uzatmalarining
energiya tejamkorligiga erishiladi. Namuna sifatida MP-12t robokarasining ishlash
sxemasini ko‘rib chiqamiz.
Datchiklar bergan «xom mahsulot talab qilinmoqda» buyrug‘iga ko‘ra
avtomatlashtirilgan ombor boshqarish sistemasi kelib tushgan buyruq adresini
aniqlaydi va robot - shtabeler xom mahsulotlar joylangan tara-idishni qabul qilish-
yuklash pozitsiyasiga yetkazadi. Tara-idish kod nomeriga ega bo‘ladi va bu nomer
bort mikro-YeHMining tezkor xotirasida saqlanadi.
Robokaraning yuk platformasi 10 ta tara-idishni
joylashtirishga
mo‘ljallangan. Robokara harakatni trassa bo‘ylab boshlaydi va o‘z yo‘lida
uchragan ishchi o‘rinlarining nomerlarini sanab o‘tadi. Ishchi o‘rin nomeri bilan
platformadagi mavjud tara-idish nomeri bir xil bo‘lganda (teng bo‘lganda)
robokara to‘xtaydi va o‘z holatini elektron- optik datchik signaliga ko‘ra
to‘g‘rilaydi, so‘ng ishchi o‘ringa talab qilingan tara-idishni o‘rnatadi. Tashqi
informatsiya datchiklarining MP-12t robokaradagi joylashishi 9.3-rasmda
keltirilgan. Xuddi shu ishchi o‘rinda tayyor detallar
joylashtirilgan tara-idish
mavjud bo‘lsa, robot bu tara-idishni platformadagi bo‘shagan o‘ringa o‘rnatadi.
Tayyor detallar joylashtirilgan tara-idishni robokara avtomatlashtirilgan
omborga eltadi va qabul qilish-jo‘natish qurilmalariga tushiradi.