133
11-BOB. ROBOTLARNING IShLAB ChIQARIShDA QO‘LLANIShI
11.1. Sanoat robotlarining ishlab chiqarishda qo‘llanilishi
Sanoat robotlari ishlab chiqarish jaryonlarini kompleks avtomatlashtirish
imkonini beradi, zamonaviy yangi texnologiyalarda
sanoat robotlari keng
qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishda sanoat robotlari asosiy va yordamchi texnologik
operatsiyalarni avtomatlashtirishda ishlatiladi. Sanoat robotlariga qiziqish tobora
oshib bormoqda [5].
Hozirgi vaqtda chet ellarda sanoat robotlarini tayyorlash bilan 200 dan
ortiq firmalar shug‘ullanmoqda, robotlarning dunyo bo‘yicha
chiqarilayotgan
modellari 600 tadan ortiq. Robotlarni yaratish va tayyorlash ishlari Yaponiya,
AQSh, Germaniya, Fransiya va Shvesiya davlatlarida intensiv olib borilmoqda.
An’anaviy avtomatlashtirishga qaraganda sanoat robotlarini qo‘llash
moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalarini yaratish va ishga tushirish
imkoniyatlarini beradi.
Sanoat robotlari ishlab chiqarishda odam uchun og‘ir, qiziqarsiz, sog‘liq
uchun zararli ishlarni bajarishda keng qo‘llaniladi.
Robotlar turli sohalarda har xil operatsiyalarni bajariщda ishlatiladi.
Masalan, yig‘uv, shtampovka,
metallni qayta ishlash, mexanik ishlov
berish, payvandlash, quyish, galvanik qoplash va boshqalarda sanoat robotlari keng
qo‘llaniladi.
Sanoat robotlarini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi:
1)
Malakasiz ishchi kuchini yo‘qotish va ularga sarflanadigan xarajatlarni
kamaytirish;
2)
Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish;
3)
Ishchilarning mehnat xavfsizligini
va sharoitini yaxshilash; intellektual
darajasini oshirish;
4)
Ishchilarni monotonli; qiziqarsiz, sog‘liq
uchun zararli va xavfli
operatsiyalarni bajarishdan ozod qilish;
5)
Ishlab chiqarayotgan maxsulot sifatini oshirish;
134
6)
Texnologik jihozlarning ishlashini optimallashtirish, ishlamay turishini
yo‘qotish va texnologik siklning vaqtini kamaytirish;
7)
Yangi texnologik jaryonlarni yaratish va o‘zlashtirish;
8)
Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: