137
Sanoat robotining II qo‘li bazaviy detalni yig‘uv pozitsiyasiga qo‘yadi, I
qo‘l bazaviy detalning teshigiga boltni kiritadi. III qo‘l esa boltga gaykani buraydi.
Tezkor pozitsion servoyuritma (1) yordamida I va III qo‘llarning
harakatlari
ta’minlanadi. Kuch taktil datchiklarining signallari hisoblash qurilmasi (3) ning
o‘lchash bloki (2) ga
yuboriladi, u yerda ular programma
berilgan hisoblangan
qiymat bilan solishtiriladi. Bu signallar farqi servoyuritmalar (1) ning boshqarish
zanjiriga yuboriladi, ular esa I va III qo‘llarning ijro organlari burilish
burchaklarini o‘zgartiradi. Huddi shunday teskari aloqa III qo‘lning teskari aloqa II
qo‘lning (3) qurilmasi (4) servoyuyuritmasi orasida ham amalga oshiriladi.
Yig‘uv sanoat robotlarining ikkinchi avlodi
adaptatsiya sistemasidan
tashqari videoqurilmalar bilan ta’minlanadi, ularning tarkibiga televizion
kameralar; taqlidli
yuritmalar; videosignallar qutblari mos tushishini ta’minlovchi
korrelyator; sezuvchanlik qobiliyatiga ega qo‘l va boshqarish bloki.
Yig‘uv operatsiyalarini bajaruvchi robotlarning umumiy xarakteristakalari
Yig‘uv operatsiyalarini bajaruvchi sanoat robotlari yig‘uv jarayoni normal
bo‘lishini ta’minlovchi harakatlarning hamma to‘plamini amalga oshirishi kerak.
Bu harakatlarning xarakter iva ko‘rinishi yig‘ish jarayoniga qo‘yiladigan, maxsulot
chiqarish programmasiga, yig‘ilayotgan maxsulotning
almashish chastotasiga va
texnologik jihozning o‘lchashlariga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq.
Yig‘uv operatsiyasini bajaruvchi robotlar ma’lum xarakteristikalarga ega
bo‘lishi kerak.
Detallarning o‘zaro moslashtirishning asosiy harakatlari silindrik koordinat
sistemasida amalga oshirilishi zarur. Agar Yana
ham murakkab harakatlar
bajariladigan bo‘linsa, robotning ijro organi yoki yig‘uvchi asbob bilan amalga
oshiriladi.
Robot ishchi zonasining o‘lchamlari quyidagilarni
joylashtirishga yetarli
bo‘lishi kerak:
-yig‘uv texnologik jarayonni amalga oshirishga kerak bo‘ladigan
yordamchi qurilmalar;
138
-asbobli va qisqich qurilmali magazin;
-uzatish qurilmalari;
-yig‘ilayotgan detallarni to‘plovchi;
-yig‘ish sifatini nazorat qilish vositalari.
Sanoat roboti kamida uch harakatlanish darajasiga ega bo‘lishi zarur,
hamda ular sonini robotning ijro organining yoki yig‘uvchi asbobning qo‘shimcha
harakatlari natijasida 8 yetkazilish imkoniyati bo‘lishi talab qilinadi.
Sanoat robotining boshqarish sistemasi robotning bir necha yordamchi
mexanizmlar bilan ishlashini ta’minlashi zarur bo‘ladi.
Yig‘uv sanoat robotlarida avtomatik ravishda
qisqichni va asbobni
almashtiruvchi qurilma bo‘ladi.
Sanoat robotlarining ijro qurilmalarining tezliklari (odatda, 0,01-1,5 m/s)
asosiy va yordamchi operatsiyalarni bajarishda maksimal ishlab chiqarish
unimdorligini ta’minlashi zarurdir [8].
Dostları ilə paylaş: