145
programma qurilmasini ishlatish yo‘riqnomasiga mos ravishda amalga oshiriladi.
Yo‘riqnoma robotni ishlatish hujjatlari komplektiga kiradi.
Sanoat robotini avtomatik rejimda ishlashga tayyorlash.
Pozitsion sanoat robotiga oid bu operatsiyaga quyidagilar kiradi:
Ishchi zonada robotning qo‘lining oxirgi holatini sozlash;
holat datchiklarini sozlash;
Sanoat robotini ijro mexanizmlari harakat tezliklarini tezlash;
Tormozlanishini rostlash;
Sanoat robotini avtomatik rejimda ishlashini tekshirish.
Bir siklining ishlash vaqti berilgan robototexnik kompleksining ish
unumdorligiga va maxsulotni chiqarish maromliligiga (normalariga) to‘g‘ri kelishi
kerak.
12.2. Robotlarni ishga tushirish va texnik xarakteristikalarini tekshirish
Sanoat robotini birinchi marotaba ishga tushirish
katta e’tibor talab qiladi.
Maxsus kalitlar yordamida robot ishchi organlarining yengil
siljitishni tekshirish
zarur. Boshqarish pultidagi ulagichlarni (pereklyuchatellarni) boshlang‘ich holatga
keltiriladi; hamma knopkalar bosilmagan; tumblerlar o‘rta holatda bo‘lishi kerak.
Robotning sistemalari va qurilmalari qisqa vaqt ichida ketma – ket ishga
tushiriladi, bunda mexanizmlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishlayotgani; dvigatellar
berilgan yo‘nalishda harakat
qilayotgani yoki qilmayotgani; elektrik, mexanik,
pnevmatik, gidravlik sistemalar
qizishi yoki qizimasligi, nazorat – o‘lchov
asboblarining ko‘rsatishlari tekshiriladi.
Mexanizmlardagi va qurilmalardagi nosozliklar shovqin – vibratsiya, taqir
– tuqur, o‘z – o‘zidan ishga tushish yoki o‘chib qolish, tishli uzatgichlarning,
elektrodvigatellarning va elektroapparaturaning
ortiqcha qizish, bir tekisda
aylanmasligi va siljish ko‘rinishda namoyon bo‘ladi [9].
146
Katta nosozliklar (defektlar) robotni ishlab chiqargan
zavod sozlvchilari
tomonidan bartaraf qilinadi. Agar robotdagi kamchiliklarini rostlash ishlari
natijasida yo‘qotish mumkin bo‘lsa, unda bu ishlarni ishlatuvchi personal bajaradi.
Dostları ilə paylaş: