12.1-rasm. Induktiv siljish datchigining konstruksiyasi. Sterjen siljiganda ikkilamchi chulg‘amlardagi EYuK ning tengsizligi paydo
bo‘ladi, bu esa chiqish tokining o‘zgarishiga olib keladi. Siljish datchigi sezuvchi
elementlarga ega emas, shuning uchun uning chastotaviy diapazoni faqat
apparaturaga o‘rnatilgan filtr bilan aniqlanadi.
Vibratsiya datchiklarida va siljish datchiklarida filtrlar uzib qo‘yilishi
mumkin, bunda datchiklarning chastotaviy diapazonini va sezuvchanligini bir
qancha oshadi, chunki filtr qarshiligidagi chiqish kuchlanishining pasayishi
bo‘lmaydi.
Vibrosiljishlarni o‘lchash Vibratsiyalarni o‘lchash uchun 12.2 – rasmda keltirilgan datchikni ishlatish
mumkin. Datchikning harakatlanuvchi sistemasining havodagi xususiy chastotasi 6
– 10 Gs ga teng. Bu chastotalarda datchikning xarakteristikasi aniq ifodalangan
rezonans ko‘rinishida bo‘ladi [9].
12.2 – rasm. Vibratsion siljishlar datchigi:
149
12.1-Jadval
Parametrik turdagi elektrik datchiklar Datchik turi, ishlash
prinsipi
Eskiz
Asosiy
hisoblash
bog‘lanishlari
Tavsiya qilinadigan
parametr va rejimlar
Induktiv datchik,
yakor va o‘zak
orasidagi havo
oralig‘i o‘zgarishi
hisobiga
o‘zinduksiya
koeffitsienti
o‘zgaradi
Magnitostriksion
datchik, o‘zakcha
tushadigan
og‘irlik(nisbiy
defformatsiya)
o‘zgarganda
o‘zinduksiya
koeffitsienti
o‘zgaradi.
Sig‘im datchik,
plastinkalar orasidagi
oraliq yoki
plastinkalarning
ishchi yuzi
o‘zgarganda
kondensatorning
sig‘imi o‘zgaradi.
Ko‘mir qarshiligi
datchigi, tushadigan
og‘irlik o‘zgarganda
ko‘mir ustuni
qarshiligi o‘zgaradi
Simli qarshilik
datchigi, datchikning
nisbiy deformatsiyasi
o‘zgarganda uning
qarshiligi o‘zgsharadi