X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Robototexnikada unifikatsiyalash va standartlashtirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

12.7. Robototexnikada unifikatsiyalash va standartlashtirish 
Robotlarni qo‘llash sohalari jadal ravishda kengaymoqda, bunda robotlar 
inson faoliyatining yangi-yangi javhalarini qamrab olmoqda. Shunga mos ravishda 
robotlarning turlari tez o‘smoqda. Hozirgi kunda faqat sanoatda qo‘llanadigan 
robotlarning soni bir necha yuzdan ortiq. Shuni hisobga olgan holda 
robototexnikaning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, robotlarni va 
ularning kompanentlarini kompleks unifikatsiyalash va standartlashtirishdir.


160 
Standartlashtirish 
bo‘yicha xalqaro tashkilotning ta’rifiga ko‘ra, 
standartlashtirish – bu ma’lum faoliyat sohasini tartibiga tushirish maqsadida 
ma’lum qoidalarni ishlab chiqish va qo‘llashdir. Bunga, xususan, kattaliklar birligi 
terminlar va belgilashlar, mahsulotga texnologik jarayonga va hafsizlik texnikasiga 
talablar kiradi. Normativ – texnik hujjatlarga standartlar, uslubiy ko‘rsatmalar, 
texnik shartlar va boshqalar kiradi. Umuman standartlar sistemasi davlat 
standartlaridan 
(DS) 
soha 
(tarmoq) 
standartlaridan 
(SS) 
va 
korxona 
standartlaridan(KS) tashkil topadi.
Unifikatsiyalash – Bu standartlashtirishning eng efektiv metodi bo‘lib, 
ishlab chiqarish unumdorligini tejamkorligini oshirish, sifatni yaxshilash va 
o‘zaroalmashtirishni ta’minlash maqsadida bir xil funksional vazifaga ega bo‘lgan 
ob’ektlar sonini ratsional qisqartirishdan iborat. Unifiqatsiyalash maxsuslashtirish 
va avtomatlashtirishni rivojlantirish uchun ham keraklidir. 
Unifikatsiyalashtirishning asosini unifikatsiyalashtirilayotgan ob’ektlarning 
tiplari va qatori tashkil etadi. 
Dunyoda robototexnika bo‘yicha unifikatsiyalashtirish va standartlashtirish 
sanoat robototexnikasi bo‘yicha amalga oshirilmoqda va bu jarayon natijalari turli 
sohalar robototexnikasiga ham qo‘llaniladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin