154
Adaptiv robotlarni diagnostika qilishda informatsiyaning bir qismi nafaqat
robot ijro mexanizmlarini rostlash uchun, balki uning xarakatlarini boshqarish
uchun ham xizmat qiladi.
Robotni ishga tushirish davomida, texnik xizmat ko‘rsatish, sozlash
ishlarida robotning texnik holatini diagnostika qilish, robotni ekspluatatsiya qilish
davrida buzilish sabablarini aniqlash va ularni yo‘qotish imkonini beradi.
Robotlarni diagnostika qilish analog va raqamli metodlar bilan amalga
oshiriladi.
Analog metod robotning parametrlarini nazorat qilish jarayonida olingan
analog informatsiyalarni solishtirishga asoslangan. Masalan, robot bajarayotgan
operatsiyaning ossillografiya natijalarini etalon ossillogrammalar va defekt kartalar
bilan solishtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Raqamli metod diskret registratsiyaga, robotning asosiy parametrlarini
raqamli o‘lchamga, kompleks ko‘rsatkichlarni xisoblashga va ularning bazaviy
qiymatlari bilan solishtirishga asoslangan.
Robotning ishdan chiqishini va nosozliklarini ilgaridan aniqlash va
ogoxlantirish robotlarni sozlashda katta ahamiyatga ega.
Ilgaridan aniqlash deganda, defekt va nosozliklarni ekspluatatsiya
davrining boshlarida, jihozlarni sozlash va ishga tushirish davrida qayd qilish
tushuniladi.
Nazorat qilish qobiliyati diagnostik informatsiyaning turi, sifati va xajmi
bilan aniqlanadi, bu esa robotni ekspluatatsiya qilishni nazorat etishda yoki texnik
xizmat qilishda olinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: