Atomlar juda kichik bo’lsada, lekin ular ma’lum o’lchamga va massaga ega. Tabiatda tarqalgan atomlarning diametric 1 Ǻ(angistrium) atrofida bo’ladi. 1 Ǻ = 0,10 nm = 1 x 10-10 m nm(nanometr)
Absolut massa(ma) – atomlarning tabiatda tarqalgan haqiqiy massasi.
Atomlarning absolut massasini biz odatdagi birliklarda (kg, gr) ifodalasak ular juda kichik sonlarda bo’ladi.
Mas : C atomining haqiqiy massasi 1,992 x 10-24 gr (2 x 10-27 kg) yoki Cm(a) = 0,0000000000000000000001 gr
O atomining haqiqiy massasi 2,656 x 10-24 gr (2 x 10-27 kg) yoki Cm(a) = 0,0000000000000000000001 gr
Atomlarning bunday massa qiymatlarini eslab qolish va ular bilan arifmetik amallarni bajarish qiyin bo’lgani sababli atomlarning massalarini ifodalash uchun maxsus massa atom birlik (m.a.b) kiritilgan. Unga ko’ra 1 massa atom birlik uglerod(C) atomining qismiga teng.
Ya’ni 1 m.a.b = 1,66 x 10-24 gr yoki 1,66 x 10-27 kg buni topilish yo’li quyidagicha
= 1,66 x 10-24 gr yoki 1,66 x 10-27 kg
etalon 1,66 x 10-24gr
Atom
C atomi
Nisbiy atom massa(Ar atom, “relative” nisbiy) – element atom massasining uglerod atom massasini necha marta og’irligini ko’rsatuvchi kattalikdir. Demak nisbiy atom massa elementning miqdoriy ko’rsatkichidir.
Ar topish formulasi quyidagicha : Ar =
Mas : Azot(N) atomining bo’lsa, nisbiy atom massasini toping.
Ar = = 14 g => Demak azotning bitta atomi C ning qismidan 14 marta og’ir ekan
Biz nisbiy atom massalarni davriy sistemadan bilishimiz mumkun. Shunga asoslanib xohlagan elementimizni absolut massasini hisoblab topishimiz mumkun. Ya’ni nisbiy atom massasini ko’paytiramiz 1,66 x 10-24 ga.
Agar biz etalon sifatida uglerodning qismini emas, boshqa qiymatni oladigan bo’lsak nisbiy atom massa o’zgaradi, ya’ni yangi etalonning massasi necha marta oshsa elementning Ar shuncha kamayadi. Aksincha agar etalon massasi necha marta kamaysa elementning Ar shuncha ortadi.
Uyga Vazifa 1) Uglerod, ftor, magniy, fosfor. Oltingugurt, kaliy elementlarini absolut massasini aniqlang.
2) bo’lsa, Ar ni toping.
3) bo’lsa, Ar ni toping.
4) bo’lsa, Ar ni toping.
5) bo’lsa, Ar ni toping.
6) Agar etalon sifatida uglerodning qismi emas qismi olinsa O ning Ar nechiga teng bo’ladi.
7) Agar etalon sifatida uglerodning qismi emas, butun qismi olinsa Fe ning Ar ni toping.
8) O’tilgan mavzuni o’qib kelish!