X1, Y1, Z1 lar bilan belgilanuvchi chiziqli va ux, uy, uz


Avariya holatida hisoblashning tugatilishi



Yüklə 98,01 Kb.
səhifə16/57
tarix13.12.2023
ölçüsü98,01 Kb.
#175850
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
arginal

Avariya holatida hisoblashning tugatilishi
Doim ham hisoblash silliq bajarilavermaydi, «Задание не
выполнено» (hisoblash bajarilmadi) degan xabar ko‘pgina hollarda
paydo bo‘ladi.
Buni bartaraf etish uchun birinchi navbatda xabarni e’tibor bilan
o‘qish kerak. Agar xabarlar ko‘p va o‘qishda qiyinchilik tug‘dirsa, u
holda butun protokolni ekranga chiqarish mumkin.
Buning uchun quyidagi ko‘rsatmaga amal qilish kerak:
􀂾 masala faylini Fayl menyusidagi Закрыть tugmasini bosib
yoping.
􀂾 ekranda yordamchi oyna paydo bo‘ladi. Bu oynada Расчет
menyu bandi yordamida Протокол решения buyrug‘ini bajaring.
􀂾 Hosil bo‘lgan Выбор файла сообщений об ошибках
(xatolar haqidagi xabarlar faylini tanlash) oynasida kerakli faylni oching.
Odatdagi xatolar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• bog‘lanishlar berilmagan yoki to‘liq berilmagan;
• bikirliklar kiritilmagan yoki noto‘g‘ri tayinlangan. Noto‘g‘ri
kiritilgan holatda bikirliklar orasida o‘zaro 106 yoki undan ko‘pga farq
qiluvchi bikrliklar mavjud bo‘lish holatlari tushuniladi;
• yuklar qo‘yilmagan yoki HZJ jadvali to‘liq shakllantirilmagan;
• hisob sxemasiga sistemani geometrik o‘zgaruvchi holatiga olib
keluvchi sharnirlar kiritilgan;
• hisob sxemasi o‘zgartirilayotganda tugunlarda bog‘lanishlarga
ega bo‘lmagan elementlar kirib qolgan.
5.9. Hisoblash natijalarini hujjatlashtirish
Programma kompleksida hisoblash natijalari asosida konstruksiyaning
kuchlangan-deformatsiyalangan holatining barcha tashkil
etuvchilari aniqlanadi:
• tugun ko‘chishlari;
• element kesimlaridagi zo‘riqish va kuchlanishlar;
• mahkamlanuvchi elementlar tugunidagi ko‘chishlar.
Bundan tashqari dinamik ta’sirlarga hisoblashda tebranish davri va
chastotalari, ularning shakllari, inersiya kuchlari va ularga mos bo‘lgan
tugun ko‘chishlari topiladi. Ustuvorlikka hisoblashda esa ustuvorlikning
yo‘qotilish shakli, hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi va boshqalar aniqlanadi.
LIRA PК da muhandis va tadqiqotchilar o‘zlariga tanish bo‘lgan
ko‘rinishdagi shaklda barcha natijalarni ekranda tasvirlashlari, olingan
99
natijalarni aniq va tezlik bilan tahlil qilishlari, hisobotlarni tuzish
maqsadida natijalardan zarurlarini tanlab olishlari uchun imkoniyatlar
yaratadigan muhim apparat mavjud. Кeyinchalik qo‘llanilishi nazarda
tutilgan sonli va grafik ko‘rinishdagi natijalar printer yoki plotterda
qog‘ozga chiqarilishi yoki LIR-ARM, LIR-STК loyihalovchi
sistemalariga uzatilishi mumkin.

Yüklə 98,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin