Yoriqlar ochilishi kengligi normal kuchlar va My hamda Mz momentlar qiymatlaridan aniqlanadi. Natijalar jadvallarining ifodalanishi Agar armaturalarni tanlash elementlarning unifikasiyalangan guruhlari uchun, konstruktiv elementlar va konstruktiv elementlarning unifikasiyalangan guruhlari uchun bajarilgan bo‘lsa, u holda, quyidagi tarkibdagi ma’lumotlar jadvallari shakllantiriladi: ♦ Nomer UКOE – konstruktiv elementlar unifikatsiyalangan guruhi raqami; ♦ Nomer КOE – konstruktiv elementlar raqami; ♦ Nomer UG – elementlarning unifikatsiyalangan guruhi raqami; ♦ VID – simvolli belgilanishlar (S– sterjen; К– kolonna; B– balka; T– balka-devor; P– plita; O– qobiq). ♦ НОМЕРА ЭЛЕМЕНТОВ В РАСЧЕТНОЙ СХЕМЕ (hisob sxemasidagi elementlar raqamlari) – unifikasiyalangan guruhiga kiruvchi yoki konstruktiv elementlar raqamlari. Armaturalar tanlash natijalari jadvalining ifodalanishi: Armaturalarni tanlash natijasida quyidagi kattaliklar chiqariladi (belgilashlar 5.108-rasmda ko‘rsatilgan): √ ЭЛЕМЕНТ – hisob sxemasidagi element raqami; √ Сечение – sterjen elementidagi armaturalanadigan kesim raqami; bu ustunda S harfi bilan simmetrik, N – harfi bilan esa nosimmetrik armaturalash belgilanadi. ォ*サ belgisi buralishga ishlaydigan armaturalarni bildiradi. √ ПРОДОЛЬНАЯ АРМАТУРА (bo‘ylama armatura) (bo‘ylama armatura yuzalari (sm2) va armaturalash foizi). Sterjenlar uchun (sm2): • AU1 – pastki bo‘ylama burchak armatura yuzasi (kesimning chapdagi pastki burchagida); • AU2 –pastki bo‘ylama burchak armatura yuzasi (kesimning o‘ngdagi pastki burchagida); • AU3 –yuqori bo‘ylama burchak armatura yuzasi (kesimning