Hisoblash chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhlari (mustahkamlik va yoriqbardoshlik) bo‘yicha bajariladi. Armaturalanadigan kesimlar: to‘g‘riburchakli, tavra, qo‘shtavra, qutisiman, dumaloq va halqa (bu kesim hech bo‘lmaganda bitta simmetriya o‘qiga ega), xoch, aralash tokchali tavra, burchak (bu kesim nosimmetrik). Foydalanuvchining istakiga qarab armaturalar tanlashning algoritmi tanlanadi: • diskret armaturalar algoritmi kesimning burchakdagi zonalarida sterjenlarning ustunlik bilan o‘rnatilishi tufayli armaturalarning eng oqilona joylashishini ta’minlaydi. Burchak sterjenlarini ajratib ko‘rsatish rejimi; • taqsimlangan armaturalar algoritmi («размазанную» (chaplangan) armaturalar). Burchak sterjenlarini ajratmasdan ko‘rsatish rejimi. Ushbu algoritm quyidagi holatlarda ruxsat etilmaydi: • eguvchi momentlardan biri (MY yoki Mz) ikkinchisidan 10% ko‘p bo‘lganida fazoviy sterjenlarni hisoblashda; • burovchi moment ta’siridan ishlaydigan armaturalar mavjud bo‘lganida; • qo‘shtavrali kesimda; • Mz momenti ustunligi mavjud bo‘lganda. Bu holat uchun diskret armaturalar algoritmi majburan qo‘llaniladi. Burchaklarida armaturalarni joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘lgan kolonnalarda ォразмазаннуюサ (chaplangan) armaturalarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Foydalanuvchining xohishidan kelib chiqqan holda Y va Z o‘qlariga nisbatan simmetrik va nosimmetrik armaturalashni olish mumkin. Кo‘ndalang armaturalarni tanlash qirquvchi kuchlarning Y va 140 Z yo‘nalishlari bo‘yicha qiymatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Tanlangan armaturalar uchun yoriqbardoshlik shartlaridan kelib chiqqan holda davomiy va qisqa muddatli yoriqlar ochilishi kengligi aniqlanadi.