S – ko‘ndalang armatura qadami (100 sm). Agar (72) [53] shart bajarilmasa, unda qalinlik etarli emasligi haqidagi xabar chiqadi va hisoblash to‘xtatiladi. Armatura to‘rlari sterjenlari joylashgan yo‘nalishlar bilan ustmaust tushadigan koordinata o‘qlari yo‘nalishida ta’sir qiladigan eng katta zo‘riqishlardan kelib chiqib, bitta tekislikda armaturaning egilishga (plitalar), markaziy siqilishga (cho‘zilishga) (balka-devor), nomarkaziy siqilishga (cho‘zilishga) (qobiqlar) ishlaydigan eng katta yuzalari hisoblanadi. Кeyin mustahkamlik sharti tekshiriladi. Mustahkamlik shartini tanlash hisob kesimi joylashishiga va yoriqning sxemasiga bog‘liq ravishda bajariladi. Zarur bo‘lganda armaturaning kesimi 5% qadam bilan mustahkamlik sharti bajarilguncha oshirib boriladi ([16] muvofiq). Olingan armatura kesimi birinchi yaqinlashishi sifatida qabul qilinadi. So‘ngra mustahkamlik shartidan kelib chiqqan holda po‘lat sarfi yig‘indisi eng kichik bo‘ladigan armatura kesimini izlash amalga oshiriladi. Buning uchun ko‘p sonli cheklanishlarga ega bo‘lgan, ko‘p o‘lchamli masalalarni echishga mo‘ljallangan, itarilish bilan koordinat bo‘ylab tutish algoritmi qo‘llaniladi. Mustahkamlik bo‘yicha armaturalash aniqlangandan keyin navbat bilan zo‘riqishlarning barcha jamlamalari uchun yoriq ochilish kengligi tekshiriladi. Agar zo‘riqishlarning i-chi jamlamasi (i =1...m) uchun yoriqning davomli yoki davomsiz ochilish kengligi ruxsat etilgan 151 qiymatidan oshib ketsa, armaturaning α ≤ 400 burchakka (α – yoriq bilan X1 o‘q orasidagi burchak) mos bo‘lgan yo‘nalishdagi kesimi 5% qadam bilan oshiriladi. Кenglik bo‘yicha cheklash talab qondirilgandan so‘ng kesimda keyingi zo‘riqishlar jamlamasi uchun tekshirish amalga