quyidagicha: • ko‘ndalang armaturaning turi X1 yoki Y1 o‘qi bo‘yicha tanlab olinadi; • ko‘ndalang armaturaning intensivligi kattaligi tk* m/p. m. o‘lchami bilan, yoki qadami (m) va bu qadam uchun ko‘ndalang armaturaning yuzalari sm2 o‘lchamda kiritiladi (intensivlik hisoblab chiqiladi). Кo‘ndalang armaturani tekshirish qirquvchi kuchlarning eng kattasi (ikkita yo‘nalishdan) bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar ko‘ndalang armaturalar yo‘nalishlardan birida yetarli bo‘lmasa, unda quyidagi ogohlantirish paydo bo‘ladi: ォКesim ko‘ndalang kuchlar ta’siri bo‘yicha tekshirish shartini qanoatlantirmadiサ. Hisoblash to‘xtatiladi. So‘ngra bo‘ylama armaturani birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha eguvchi va burovchi momentlar hamda o‘q kuchlari ta’siriga tekshirish bajariladi. Agar armaturalar etarli bo‘lmasa, unda quyidagi ogohlantirish chiqadi: ォКesim mustahkamlik shartini qanoatlantirmadiサ yoki ォКesim yoriqbardoshlik shartini qanoatlantirmadi サ. 153 XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkin, Lira programma kompleksi asosida o‘zbek tilida ilk bor ォQurilish konstruksiyalarini hisoblashサ fanidan o‘quv qo‘llanma yaratildi. Bu qo‘llanmada sterjen obyektlarining chekli element modeli qadamma - qadam yaratilishi ko‘rsatib berilgan va statik yuklar bilan yuklangan konstruksiyaning kuchlangan-deformatsiyalangan holati chiziqli masalasining echimi bayon etilgan. LIRA PК ning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy asosi, uning muhitida hisoblash texnologiyasi ko‘rsatib berildi. Masalani qo‘yishning ifodalab berilgan prinsip va texnikalari quyidagilardan iborat: • obyektning modeli chekli elementlarning aniq tipidan yaratiladi; • modellarni yaratish prototiplar (yaratish uchun manba) asosida