— Men rozi, men ko‘ndim, - dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandir
qo‘rqqandek shoshilib aytdi...
Axir Otabekday yordan ayru tushishga chidab bo‘ladimi?! Axir kishi o‘z
rizoligi bilan o‘z yuragini irg‘itib ota biladimi? Jon rishtasi bilan bog‘langan
kishisini o‘zga chimildiqqa o‘z qo‘li bilan kuzata biladimi?! ... SHu ikki og‘iz
so‘zni aytdi-yu, Kumush Otabek uchun yanada ulug‘lashdi, bebaho malakka
aylandi! Ayriliqni-yu, ko‘z yoshlarini va shayton vasvasalarini soyada qoldirib,
Kumush qiyofasida yuksalib borayotgan bu mavjudlik Kumush emas, muhabbat
edi!
Baxt bu haqiqiy muhabbatdir, qolgani o‘taversin, degan xulosa chiqadi bu
suhbatdan! Muhabbat ilmini uqasan, aql olasan bu suhbatdan. O‘zingning juda
mayda ekanligingdan xijolat chekasan, shaytonning nog‘orasiga raqsga tushib,
umring o‘tayotganini tan olasan!..
Xullas, yaxshi suhbat — tarbiyachi, yaxshi suhbatdosh — Allohning
yuborgan ne’mati.
27
Karimоv N. XX asr adabiyoti manzaralari. – T.: O’zbekistоn, 2008.-B. 369.
|