jamiyatining daxlsizligi aynan shu «jamiyatcha»ning jipsligiga bog‘liq. Demak,
qaysiki jamiyatdagi oilalar mustahkam emas ekan, bu jamiyat harbiy qudrati va
boyligidan qat’i nazar, halokatga mahkumdir. Oilaviy muhabbat odamlar orasida
hayotiga ta’sir ko‘rsatish jihatidan odamning eng muhim va eng hayotbash
tuyg‘usidir. O‘z uyida baxtli bo‘lgan kishigina chinakam baxt-lidir. Xarob uydagi
baxtsiz odamlardan tashkil topgan jamiyatning halokatga mahkumligi shundan
kelib chiqadi. Har bir insonning oila oldida, oilaning jamiyat oldida mas’uliyati
bor. Bu ikki ijtimoiy tushunchani bir-biridan ayirish qiyin. Oila bu o‘rinda alohida
ahamiyat kasb etadi. Soddaroq qilib aytilsa, oilasida halovati yo‘q odamning
xizmat joyida ham halovati bo‘lmaydi. Demak, ishidan baraka ketadi, xizmatdosh-
lari bilan qo‘pol muomalada bo‘la boshlaydi. Yoki aksincha, ishda omadi
yurishmagan, xo‘jayinlardan so‘kish eshitgan odam uyga qaytganda alamini oila
a’zolaridan oladi. Agar hayotimizning barcha maqsad-mazmuni oiladagi shaxsiy
baxtimizdan iborat bo‘lganida, shaxsiy baxtimiz birgina oiladagi muhabbatda o‘z
ifodasini topganda edi, unda hayot deganlari chindan ham qop-qorong‘i saqroga
aylanib qolgan bo‘lardi. Inson uchun yurakning ma’naviy olamidan tashqari
hayotning yana bir buyuk olami — ijtimoiy faollik olami ham bor. Buni inkor etish
yoki chetlab o‘tishga urinish mutlaqo mumkin emas. SHuning uchun ham axdi
bo‘lganlar. Payg‘ambarlar ummatla-rini pok va halol oila qurishga da’vat etganlar.
Insoniyat tarixi davomida yashab o‘tgan donishmand faylasuflarning diqqat-
e’tiborlaridan ham bu ma-sala chetda qolgan emas. O‘tmish ustozlarning fikrlari
ekanini inkor etib bo‘lmaydi. Chunki xalqimizda ma’naviyati barkamol oila
55
o‘qimishli va ziyoli oila hisoblanadi”
28
. Yurtboshimiz Islom Karimov
ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar
davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, hayotning ba’zida
achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra singib boradi. Ayniqsa,
tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilikni o‘ylab yashash, halol mehnat
qilish, dunyoning tengsiz va go‘zal ne’matlaridan bahramand bo‘lish manaviyatga
oziq beradi, uni yanada kuchaytiradi.
Oila deganda bir uy bola-chaqali, piru badavlat keksalari bor xonadon ko‘z
oldimizda gavdalanadi. Oila azal-azaldan insonning his-tuyg‘ulari, aql-idroki,
ma’naviyati, e’tiqodi, qo‘yingki, butun borlig‘i kamol topadigan tarbiya maskani
bo‘lib kelgan. Insonni shaxs sifatida kamolga etkazishda jamiyatdagi ijtimoiy
muassasalarning birontasi ham oiladek beqiyos o‘rin tutolmaydi. Ota-
bobolarimizning qadimdan oilani ma’naviyat qo‘rg‘oni, deb atab kelganlari ham
bejiz emas. Oila ma’naviyati haqidagi tushuncha va qadriyatlar, avvalo, dinimiz
bag‘rida qaror topgan. Kur’oni karimning 10 ta surasida oila, nikoh, taloq, razo’
(bola emizish) hukmlari bayon qilingan. Jumladan, «Baqara» surasining 221 —
223, 226-237, 240-241 oyatlari, «Niso» surasining 3-4, 19, 25, 34-35, 128-130
oyatlari, «Moida» surasining 5-oyati, «Nur» surasining 32 — 33 oyatlari, «Rum»
surasining 21-oyati, «Ahzob» surasining 4, 6, 36 — 38, 49 — 53 oyatlari,
«Mujodala» surasining 1 — 4 oyatlari, «Mumtahana» surasining 10—11 oyatlari,
«Taloq» surasining 1 — 7 oyatlari va «Tahrim» surasining 1—5 oyatlarida oila
haqidagi hukmlar keltirilgan. SHuningdek, Kalomullohning 11 ta surasida, ya’ni
«Baqara» surasining 27, 83, 215-oyatlari, «Niso» surasining 1, 36-oyatlari,
«An’om» surasining 151-oyati, «Ra’d» surasining 25-oyati, «Nahl» surasining 90-
oyati, «Isro» surasining 23, 24, 26-oyatlari, «Ankabut» surasining 8-oyati, «Rum»
surasining 38-oyati, «Luqmon» surasining 14— 15-oyatlari, «Ahqof» surasining
15 — 17-oyatlari va «Muhammad» surasining 22, 23 oyatlarida ota-ona va
qarindoshlarga yaxshilik qilish to‘g‘risidagi hukmlar mujassam bo‘lgan. «Baqara»
surasining 224 — 225 oyatlari, «Niso» surasining 7, 11 — 12, 19, 176-oyatlari,
28
Ismoilov O. Oila ma'naviyat qo‘rg‘oni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.170-172.
56
«Ahzob» surasining 4 — 5, 37,40-oyatlarida esa meros, vasiyat,
tabanniy (bola
asrash) haqidagi xukmlar keltirilgan.
Islomda payg‘ambar Muhammad (a.s.) lafzlari bilan irshod qilingan oila
to‘g‘risida hadislar juda ko‘p. Bunday hadisi shariflarda oila munosabatlari juda
o‘rinli va adolatli yoritilgan, Quroni karimda esa qat’iy ogohlantirish va
umidlantirish ma’nosidagi oyatlar kelgan. Darhaqiqat, insonlar bir ota, bir onadan
yaralgan og‘a-inilardir. Bu xususda «Niso» surasining ilk oyatida shunday
marhamat qilinadi: "Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va
Dostları ilə paylaş: