bergan ovqating ham sen uchun sadaqadir..", deyilgan. Boshqa bir hadisda esa
32
Nomozov B. Oilada erning o‘rni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 1,2012. –B.34-35.
62
"Xotining og‘ziga tutgan luqmada ham sen uchun savob bor", deyiladi. “Demak, er
o‘zi tanovul qilgan ovqatdan xotiniga edirish orqali ham erlik vazifasini ado etar,
ham savob olar ekan. "Teng eganni, teng suyubdi" iborasi oila uchun ham aytilgan.
Ba’zi erlar o‘zlari oshxo‘rliklarda ovqatlarning sarasini eydilaru, oiladagilarning
eb-ichishlari bilan ishlari ham yo‘q”
33
.
Eng muhimi, bu taomlar peshona terini to‘kib, topilgan halol luqma bo‘lmog‘i
lozim. Birovning haqqi, pora, yolg‘onchilik, o‘g‘irlik va boshqa harom-harishdan
bo‘lmasligi kerak. Erkaklarning yalqov va boqimonda bo‘lib, ayollarni ro‘zg‘or
tebratishga majbur qilishlari, jufti halollarining eb-ichishlari va kiyinishlarida
baxillik qilish, gaz va elektr energiyasi kabi kommunal to‘lovlarni ham ayollarning
zimmasiga yuklab qo‘yish yoki bulardan o‘g‘irlikcha foydalanish yoki
foydalanilgan energiyaning haqqini to‘lamaslik erkaklarga xos bo‘lmagan gunoh
ishlardir. Er o‘z imkoniyatiga qarab, haddan oshirmay, qisib ham qo‘ymay xotinini
kiyim-kechak bilan ta’minlashi shart. Zotan, Qur’oni karimda "Xotinlaringiz bilan
yaxshilikda yashang," deyilgan.
Yaxshilik qilishning turlaridan biri, imkon topilganda, jufti halollariga
sovg‘alar berib turishdir. SHu bois, hadisi sharifda "Bir-birlaringizga sovg‘a berib
turing, chunki u qalbga muhabbat soladi va ginalarni ko‘taradi", deyilgan. Xotinini
go‘zal, saranjom-sarishta bo‘lishini yoqtirgan er, o‘zi ham ko‘rkam ko‘rinishli
bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Abdulloh ibn Abbos aytgan quyidagi rivoyatda
ham shunga ishora qilingan: "Xotinim men uchun o‘zini ziynatlagandek men ham
u uchun o‘zimni ziynatlayman".
Bir kuni Umar (r.a.)ning huzuriga bir ayol ust-boshi jirkanchli holatda bo‘lgan
eri bilan kirib keldi va shikoyat qildi: "Ey, mo‘minlarning amiri! Meni bundan
xalos eting". Xalifa ayolning g‘azablanish sababini darhol tushunib, uning eriga
hammomga tushib, sochi, tirnog‘ini olib, o‘ziga qarab kelishini buyurdi. Eri
hammomdan chiqib, qaytib kelganda, ayol uni tanimay qoldi, bir ozdan so‘ng
qilgan da’vosidan qaytib, eri bilan yarashib ketdi. SHunda Umar (r.a.): "Ayollarga
nisbatan doimo shunday qilinglar! Sizlar ham ularni ziynatlangan holaa ko‘rishni
33
Ismoilov O. Oila ma'naviyat qo‘rg‘oni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.170-172.
63
yaxsha ko‘rasizlar-ku?", — dedilar. Lekin ziynatning ham me’yori bor. Risoladagi
er xotinini hech vaqt e’tiborsiz qoldirmaydi. Ba’zilar ishga, o‘zi qiziqqan
narsalarga haddan tashqari berilib ketib, go‘zal jufti haloli borligini esdan ham
chiqarib qo‘yadilar. Bu yaxshi emas, albatta. Oiladagi aksariyat kelishmovchiliklar
er-xotinlik munosabatlarining o‘z maromida yoki joyida emasligidan kelib chiqadi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Mo‘min kishi o‘z xotinida biron noxush fe’l yoki odatni
ko‘rsa, darrov jahli chiqmasin. Uning boshqqa ma’qul xulqlari ham borki, shularni
esdan chiqarmasin", — deganlar. Buzuq soat ham bir kunda ikki marta to‘g‘ri
gapiradi. Demak, hamma narsaning yomon tomonidan tashqari bir yaxshi tomoni
ham bor. Bir kishining xotini doim urushar, kecha-yu kunduz uyida tinchlik
bo‘lmas ekan. Bir kishi unga: «Bu xotinni taloq qilib, javobini berib
yubormaysizmi?» — debdi. Er esa o‘sha kishiga shunday javob beribdi: "Javob
berish-ku oson, bu xotinda hamma yomon sifatlar jamlashgan-u, lekin bir sifati
bor, shu sababli boshqa ishlarini kechirib yuboraveraman. Alloh taolo bunga
vafodorlikni bergan-ki, uzoq vaqt yo‘q bo‘lib ketsam ham, mendan boshqa erkakka
qaramaydi".
Risoladagi er xotiniga lutf bilan muomala qilib, uni eng chiroyli ismlar bilan
chaqiradi. Agar ayol ovqat pishirgan bo‘lsa, yangi kiyim kiysa, biron-bir xabar
aytsa, e’tibor bilan tinglab, o‘z xursandchiligini bildiradi. Uy ishlarida jufti
haloliga yordam beradi
34
.
Bir yigit bir qizga ko‘ngil qo‘yib, izhori dil qilibdi. Qiz ham unga ko‘ngil
qo‘yibdi. To‘y qilib oila qurmoqchi bo‘lishibdi. To‘y kuniga yaqin qolganda, qizga
betoblik etib, yuziga chechaklar toshib ketibdi. Tabiblar bunga davo topa
olishmabdi. Oldingi husnidan ayrilgan qiz, endi turmushga chiqmasdan, dunyodan
yolg‘iz o‘tishga qaror qilibdi. Bu voqeadan keyin yigit ham kasal bo‘lib, ikki ko‘zi
ko‘rmay qolibdi. Endi, to‘yni to‘xtatmaylik deb, oila qurishibdi. Uzoq va baxtli
hayot kechirishibdi. Vaqti kelib qiz dunyodan o‘tibdi. Qizning janozasidan keyin
ma’lum bo‘libdiki, aslida yigitning ko‘zlari ko‘r emas, balki sog‘lik paytida o‘zini
34
Ismoilov O. Oila ma'naviyat qo‘rg‘oni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.170-172.
64
yigitga bag‘ishlashga ahdu paymon qilgan qizni baxtli qilish uchun atayin shunday
degan ekan.
Oilaning baxtli va saodatli bo‘lishida, albatta, erning vazifasi katta. Ibodat
deganda faqat namoz, ro‘za kabilarni tushunib, oilaviy munosabatlarning ham
ibodat ekanini unutganimiz sababli, ba’zi erkaklar oiladagi o‘z vazifalariga e’tibor
bermay qo‘yganlar. Hatto ibodatni ro‘kach qilib, oilasining axvolidan xabar olmay
qo‘yganlar ham bo‘lyapti.
Oila atalmish jamiyatda ayolarning ham o‘z o‘rinlari bor. “Islom ayollarni
e’zozlaydi”, degan gaplar bor. Islom har bir davrning talablariga javob bera
oladigan voqeiy din bo‘lib, unda insoniy hayot qadrlanadi, har bir erkak va
ayolning turmush qurib, bola-chaqa qilishi va oilaviy farovon hayot kechirishi
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinadi.
Tarixdan yaxshi ma’lumki, johiliyat davrida ayollar huquqi butkul poymol
qilinar edi. Bir erkak qo‘l ostida o‘nlab ayollar cho‘ri yoki tutqun quldek bo‘lib,
ular har qanday haq-huquq, adolat va hurmat-e’tibordan mahrum edilar. Ularga bir
buyum sifatida qaralar edi. Islom kelgach, erkak uchun xotinlar soni ko‘pi bilan
to‘rt nafar bulishi mumkinligi va erkakning o‘z jufti halollariga nisbatan har
tomonlama adolatli munosabataa bo‘lishi lozimligi shart qilib qo‘yildi .
Islomda erning ayol ustidan rahbar qilib qo‘yilishi erkak zimmasiga jismonan
kuchli shaxs sifatida ko‘proq mas’uliyat yuklatish ma’nosida bo‘lib, u oilaning
moddiy ta’minotiga javobgarlikdir. Oilada ro‘zg‘orni tebratish er kishining
gardaniga yuklatilgan bo‘lib, bu — har bir vijdonli, or-nomusli erkakning
muqaddas burchidir
35
.
Islom ayolni ona sifatida ulug‘lab, oila va sog‘lom jamiyat barpo etishning
ko‘p jabhalarini unga topshirib, "Jannat — onalar oyog‘i ostida" degan hikmatni
o‘rtaga tashladi
36
. Ayolni xotin sifatida ham ulug‘lab, erkakning eng yaxshisi va
mardi onasi, xotini va mushtipar opa-singillariga, amma-xolalariga ko‘proq
35
Nomozov B. Oilada erning o‘rni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 1,2012. –B.34-35.
36
Isakov A. Islom ayollarni e'zozlaydi // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 1,2004. –B.71.
65
yaxshilik qilgani deb, oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirishni asosan er
zimmasiga yukladi.
Payg‘ambarimizning hadisi muboraklarida ham aytilganidek, "Er — o‘z
xotinining og‘irini engil qilishi, qiyinchiliklardan, xor qilib qo‘yishdan va turli
tajovuzlardan himoya qilishi kerak. CHunki u tabiatan er kishiga nisbatan zaifa,
himoyaga muhtoj xilqat hisoblanadi. U har bir insonga xos bo‘lgan ezgu niyat va
umid bilan shu oilada baxtimni toparmikanman, orzu-havaslarim ushalarmikan,
degan umid bilan yangi xonadonga kelin bo‘lib tushadi. SHuning uchun har bir
erkak, ham oila boshlig‘i, ham er sifatida uzaro izzat-hurmat asosida oila
totuvligini ta’minlashi va xotinining bu oilada o‘zini baxtli his etishi va ildiz otib
ketishi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rib, harakat qilishi kerak.
Islom ayolning to‘la huquqli inson, mustaqil shaxs ekanini, xususiy mulkka
ega bo‘lish haqqini, o‘z mulkini erkin tasarruf qila olishini, ta’lim olish haqqini,
e’tiqod, ixtiyor va fikr erkinligini, nasihat, amri ma’ruf, nahyi munkar ma’ruzalari
qilish haqqini, o‘zi xohlagan kishiga turmushga chiqish, xohlagan kishisidan ajrala
olish haqqini, o‘z ismi va ota-onasining nomini saqlash kabi huqukdarini e’tirof
etadi.
Islomdan oldin esa bunday huquqlarning ko‘pi ayollarda yo‘q edi. Bundan
tashqari, islom ayol kishiga o‘z ixtiyoriga ko‘ra insoniyat tarqqiyotida faol
qatnashish huquqini ham berdi. Uning vazifasini aslo, faqat nasl ko‘paytirish va
lazzat talablariga bog‘lab qo‘yish mumkin emas.
Islom ayollar sha’nini ko‘taradi, qadimda va hozir ham, ba’zi din va davlatlar
mafkurasida bayon qilinganidek, ayolni kamsituvchi, erkaklardan past darajaga
qo‘yuvchi, xo‘rlovchi amallar va tasavvurlarni inkor etadi. Iffatli, soliha ayollarni
badnom qilishga aslo yo‘l qo‘ymaydi.
"Iffatli ayollarni (zinokor deb) haqoratlagan, so‘ngra (bu da’volariga) to‘rtta
guvoh keltira olmagan kimsalarni sakson darradan uringiz va ularning
guvohliklarini abadul-abad qabul qilmangiz! Ana o‘shalar fosiq kishilardir".
Islom ayolni behurmat qilish, obro‘sini to‘kish, undan fisq yo‘lida lazzat, fitna
va ziinat uchun ommaviy axborot vositalarida tijorat maqsadlaridan foydalanishni
66
ulkan gunoh va katta jinoyat, kishilik jamiyatini tubanlikka, inqirozga olib
boruvchi mash’um omil deb hisoblaydi.
Islom ayolni qiz sifatida ham ulug‘laydi. Uni odob-axloqli qilib tarbiyalash
mas’uliyatini ota-ona zimmasiga yuklaydi va bu ishni ularning jannatga
kirishlariga sabab qilib ko‘satadi. Islom soliha, iffatli ayollardan imon va taqvoda
oliy darajaga etganlarni barchaga o‘rnak qilib qo‘ydi. Payg‘ambarimizning qizlari
— bibi Fotima, zavjai muhtaramalari — Xadicha va Oisha onamiz, Iso
alayhissalomning onasi — bibi Maryam, Muso alayhissalomni go‘dakligida o‘z
tarbiyalariga olgan, Far’avnning xotini — Osiyo va boshqalar shular jumlasidandir.
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.), boshqa payg‘ambarlar ham o‘z vaqtida
ummatlariga ayollarni kishilik jamiyati taraqqiyotida tutgan muhim o‘rni
to‘g‘risida va o‘larni qadrlash, ulug‘lash, avaylab-asrash, himoya qilish, e’zozlash
haqida ko‘pdan-ko‘p pand-nasihatlar aytganlar. Ayniqsa, payg‘ambar Iso
alayhissalomning o‘z ummatlariga bu borada qilgan quyidagi o‘gitlari diqqatga
eazovordir:
Kimki Parvardigoridan keyin muqaddas, aziz va tabarruk sanaladigan onasini
izzat-hurmat qilib qadrlamas ekan, u farzand — o‘g‘il degan nomga noloyiqdir.
Eshiting, ey imon keltirganlar! Jahon onasi bo‘lmish ayol zotini hamma vaqt
qadrlang, e’zozlang, chunki unda ilohiy yaratuvchanlikning barcha haqiqati
mujassamlashgandir.
Oilada farzandlar tarbiyasi ham nafaqat oila, balki jamiyat uchun ham katta
naf keltiradi. SHuning uchun farzanlar tarbiyasiga katta e’tibor bermoqlik lozim.
Payg‘ambarimiz (a.s.) bir hadisi shariflarida aytadilarki: “Hech bir ota o‘z
farzandiga yaxshi tarbiya va odob o‘rgatishdan ortiq hadya qilolmaydi”. Ikkinchi
hadisda esa “Farzandlaringizni hurmatlanglar va ularning odobini go‘zal qilinglar”,
deganlar. Albatta bunda har bir ota-ona axloqiy fazilatlarni, avvalo o‘zlarida
mujassam etishlari bilan boshqalarga va farzandlariga namuna bo‘lishlari kerak.
Aks holda farzanlaridan kutayotgan hayrli ishlarni teskarisi bo‘lishi mumkin.
Xulosa o‘rni shuni aytish mumkinki, Alloh taolo oilalarimiz va
jamiyatimizdagi tinchlik va barakani ziyoda aylab, mehr-oqibatni bardavom qilsin!
|