Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston istiqlolga erishganidan so’ng o’tgan
vaqt davomida o’ta mashaqqatli va o’z o’rnida sharafli yo’lni bosib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki
kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l
emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati
yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan
yo’lidir”, deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini
yana bir bor anglaymiz”
1
.
O’zbekistonda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol ruhda
tarbiyalash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu maqsadda
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli “O‘zbekiston Respublikasida
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi
2
.
Xalqimiz o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlab, barcha sohalarda dunyoning
eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga etib olishdek ezgu mavsad sari intilmoqda.
Uni amalga oshirish uchun yuksak malakali, ahloqiy barkamol mutaxassislar kerak.
Shu jihatdan, aqlan yetuk, ahloqan pok va jismonan baquvvat insonlarni tarbiyalash
masalasi davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu borada
ajdodlarimizning boy ma`naviy, ahloqiy merosining ahamiyati beqiyosdir.
Darxaqiqat, buyuk siymolar bo’lmish ota-bobolarimsh qoldirgan ma`naviy merosni
ta`lim-tarbiya sohasiga tatbiq etish jamiyatimizning ahloqan barkamol a`zolarini
shakllanishida samarali vositadir.
Al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Buxoriy, al-Forobiy, at-Termiziy, Abu
Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Bobur kabi
1
Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 27.
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил 6 февралдаги ПҚ-2124-сонли “Ўзбекистон
Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар
тўғрисида”ги Қарори // Туркистон. 2014. 8 февраль.
4
ajdodlarimiz nafaqat yurtimiz, balki jahon ilm-fani, madaniyati xazinasiga
o’zlarining bebaho ulushlarini qo’shganlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning: “Biron-bir jamiyat
ma`naviy imkoniyatlarini, odamlar ongidagi ma`naviy va ahloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi”
3
, degan so’zlari ham ahloqiy tarbiyaning ahamiyatini yana bir karra ifoda
etadi.
Respublikamiz rahbariyati tomonidan ahloqiy tarbiya muammosini xal
etishga qaratilgan ko’p ishlar amalga oshirildi: O’zbekiston Respublikasi “Ta`lim
to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” va boshqalar.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi – ta`lim sohasini tubdan
isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va ahloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratishdir.
Dasturda yosh avlodni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy,
madaniy-tarixiy an`analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadrriyatlariga
asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib,
amaliyotga joriy etiladi deyilgan.
O’zbek xalqi juda boy va murakkab tarixga ega bo’lib, nafaqat hozirgi
O’zbekiston hududi, balki butun O’rta Osiyo tarixi bilan chambarchas bog’liqdir.
Ayniqsa, IX – X asrlar tarixi jahon madaniyati, ilm-fan taraqqiyoti tarixidagi
xissasining ahamiyati bilan ajralib turadi. Shu davrda bu o’lkaning butun jahonga
mashhur allomalari, qomusiy bilim sohiblari bo’lmish mutafakkirlari: Imom Ismoil
al-Buxoriy, al-Farg’oniy, al-Forobiy, Ahmad al-Xorazmiy, as-Sog’uniy al-
Usturlobiy, al-Xojandiy, al-Javhariy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar
yashab, ilm-fan, madaniyat rivojiga salmoqli xissa qo’shdilar.
3
Dostları ilə paylaş: |