Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy Ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.12.
12
Muqaddislar tomonidan keltirilgan mazkur hadis sahihdir. Umuman,
hadislarni yozishni yoqtirmagan sahobalar faqat uch nafar bo‘lib, ular Abu Hurayra
(602 - 679), Abu Said al-Xudriy (609 - 693) va Zayd ibn Sobit (615 — 665)
bo‘lgan, xolos. Ular ham hayotlarining oxirlarida hadislarni yozib borishni
ma’qullaganlar.
Haqiqatan xam, islomning ilk davrlarida odamlar hadislarni yozishdan
qaytarilganlar. Hadisni yozuvchilar ozchilikni tashkil qilar, ular ham har xil
narsalarga hamma kerakli hadislarni bir joyga yozib qo‘yardilar. U vaqtda xurmo
barglari, sopollar, daraxt po‘stloqlari va boshqa narsalarga yozilardi. Ikkinchidan,
hali u davrda Qur’oni karimning o‘ziga xos uslubini, uning matnini sahobalar
ajratib ololmagan edilar. Agar hadislar ham yozib olinsa, Qur’on bilan aralashib
ketish xavfi bor edi, Ushbu xatarning oldini olish maqsadida Payg‘ambar (s.a.v.)
xadislarni yozib olishni man qilganlar. Keyinchalik, Qur’onning uslubi va matni
aniq bo‘lganidan so‘ng hadisi shariflarni ham yozib olishga ijozat berilgan.
Sahobalar orasida Abdulloh ibn Amr ibn al-Oss (616 — 684) hadislarni yozib
olishi bilan shuqrat qozongan edi. Uning o‘zi bu haqda shunday rivoyat qilgan:
"Men Payg‘ambar (s.a.v.)dan eshitgan har bir narsani, saqlab qolish maqsadida,
yozib olar edim. Qurayshliklar: "Eshitgan har bir narsani yozib olaverasanmi?!
Axir, inson g‘azablanishi, rozi bo‘lishi mumkin",— deb meni bundan qaytardilar.
Men yozishdan to‘xtab qoldim. So‘ng bu haqda Payg‘ambarga (s.a.v.) gapirib
berdim. Ul zot barmoqlari bilan og‘izlariga ishora qildilar va "YOzaver, nafsim
qo‘lida bo‘lgan zot — Allohga qasamki, bu og‘izdan faqatgina haqiqat yuzaga
chiqadi", dedilar.
Yana Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossning (r.a.) bunday rivoyat qilgani
muqaddislar tomonidan keltirilgan: Payg‘ambar (s.a.v.): "Ilmni bog‘langlar!" —
dedilar. Men undan: "Uning bog‘lami nima?" — deb so‘radim. Ul zot dedilar: "Uni
yozib olishdir", — dedilar. Muqaddislarning aytishlaricha, boshqa sahobalar ham
xuddi shunday nasihat qilganlar.
Abu Iso at-Termiziy (825 — 892) ham "Ilm kitobi "da hadislarni yozib
olishga ruxsat berilganiga alohida bob ajratgan. Unda Abu Hurayradan (r.a.) bir
13
hadis rivoyat qilingan: bir ansoriy Payg‘ambar (s.a.v.)ning oldilarida o‘tirar edi. U
Payg‘ambardan (s.a.v.) ajoyib hadislarni eshitib, juda taajjubga tushardi. Lekin
ularni yodlab ololmasdi. SHunda u Payg‘ambarga (s.a.v.) bu borada shikoyat
qiladi: "Men sizdan ajoyib hadis eshitdim. Lekin yodlab ololmay qoldim" —
deydi. SHunda Payg‘ambar (s.a.v) unga: "Ung qo‘lingni yordamga chaqir!", deb
o‘ng qo‘l bilan hadisni yozib olishga ishora qilgan ekanlar.
Muhaddislar Abu Hurayradan (r.a.) mavzuga doir yana bir rivoyatni yozib
qoldirganlar: Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qildilar va uning orasida bir qissani gapirib
o‘tdilar. Abu Shoh (r.a.): "Ey Rasululloh, buni menga yozib bering!" — dedi.
Shunda, Payg‘ambar (s.a.v.) huzuridagilarga yuzlanib: Abu SHoh uchun yozib
beringlar!" — dedilar.
Yuqoridagi hadislardan ayon bo‘lishicha, keyinchalik hadislarni yozishga
ijozat berilgan. Demak, Payg‘ambar (a.s.) davridayoq hadislarning yozib olinishi
sodir bo‘lgan. Shuning uchun ham hadisshunos olim Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy
(1233-1277): "Aslida, islom boshlanishida ham, keng yoyilganidan keyin ham
hadislarni yozishdan qaytarilgan emas. Hadislarni yozishga mutlaq ijozat bo‘lgan
edi. Payg‘ambar (s.a.v.) yozishdan qaytarganlari haqida keltirilgan hadisning
ta’vili bor. Ayrim sahobalar Qur’onni kitobat qilar ekanlar, ba’zi oyatlar va
kalimalarning tafsiri ma’nosida ularning yoniga yoki tagiga Payg‘ambarning
(s.a.v.) bu borada aytgan gaplarini ham yozib qo‘yardilar. Aynan mana shu holat
o‘ta xatarli edi. Chunki, bu holatda Qur’on bilan hadisning aralashib ketishi turgan
gap edi. Shuning uchun ham Payg‘ambar (s.a.v.) mana shunday holatlardan
qaytargan edilar. Ta’qiq esa, Qur’on bilan hadis alohida-alohida yozilsin, degan
ma’noda edi". Navaviy aytgan gapning tasdig‘i sifatida Oisha (r.a.) o‘zining quliga
Qur’on ko‘chirtirganini keltirish mumkin. U mazkur Mushafning quyidagi oyati
kelgan joyda unga qo‘shimcha yozdirib qo‘ygan:
Oisha (p.a.) oyatdagi "al-vusto" so‘zidan so‘ng "solat al-asr"ni yozdirib
qo‘ygan ekan. U "al-vusto" so‘ziga izoh berib ketish uchun shuni yozdirib
qo‘ygan. Ma’lumki, "salot al-asr" so‘zi Qur’onda keltirilmagan. Payg‘ambar
(s.a.v.), mana shunday narsalardan qaytargan edilar. Islomning ilk davrlarida
14
Qur’on bilan sharhni farqlaydigan usullarni qo‘llash xali odat tusiga kirmagan edi.
Hozirgi vaqtda biz oyatlarning tagiga yoki ustiga chizish, ularni boshqa rang bilan
alohida yozish, izoh yoki tafsirni qavs bilan berish kabi bir qancha kitobat
usullarini bilamiz. U vaqtlarda hali bunday alomatlar iste’molda qo‘llanmagan edi.
Agar oyat bilan uning tafsiri birga yozilsa, ularni ajratib olish qiyin bo‘lardi.
SHuning uchun Payg‘ambar (s.a.v.) oyatga beriladigan tafsirlarni oyatlar bilan
birga yozishdan qaytargan edilar.
Payg‘ambar (s.a.v.) hamda sahoba va tobeinlar davrida, aniqrog‘i hadislarni
yozib olishga rasmiy ravishda ruxsat berilgunga qadar ham bir necha hadis
to‘plamlari va majmualari tuzilgan.
Payg‘ambar (s.a.v.) davrida tuzilgan hadis to‘plamlaridan biri "Kitob as-
Dostları ilə paylaş: