"Men Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan har bir narsani yod olishni istaganim
uchun yozib olar edim".
Demak, Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning hadisi shariflarni yozib olgani aniq, Abu
Hurayra (r.a.) esa uning o‘zidan ko‘ra ko‘proq hadis bilishini e’tirof qilgan.
Demak, aslida Abdulloh ibn Amr (r.a.) to‘plagan hadislar 5374 tadan ko‘ra
ko‘proq bo‘lgan. "Asad ul-g‘oba fi ma’rifati-s-sahoba" ("Sahobalarni tanishda
o‘rmon sheri" ) asarida uning minglab hadislarni yod bilgani qayd etilgan. Lekin
hozirgi vaqtda mavjud hadis kitoblarida undan rivoyat qilingan xadislarning
umumiy soni Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadislarning soniga qaraganda
ancha kamroqdir. U rivoyat qilgan hadislarning umumiy soni 700 atrofidadir.
Buning sababi Abu Hurayra (r.a.) Madinada istiqomat qilgan. Madina ilm markazi
bo‘lib, tolibi ilmlar to‘planadigan, islom olamiga ilm tarqatiladigan poytaxt edi.
Binobarin, Abu Hurayra (r.a.) o‘zi bilgan hadislarni ko‘proq rivoyat qilish va
ko‘proq shogird chiqarish borasida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Abdulloh ibn
Amr (r.a.) esa, Shomda, ya’ni islom markazidan ancha uzoqda istiqomat qilgan.
SHu bois, unga murojaat qiluvchi shogirdlarning soni nisbatan kamroq bo‘lgan.
SHuning uchun Abdullox ibn Amr (r.a.) rivoyat qilgan hadislar adad e’tiboridan
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadislardan oz bo‘lib qolgan.
Hijriy ikkinchi (milodiy sakkizinchi) asrning o'rtalaridan e'tiboran hadislarni
tasnif etish ham boshlanadi. Eng avvalo ularni boblarga ajratib tasnif etgan
olimlardan Ar-Rabiy ibn Subayh as-Sa'diy (vafoti 777 yil), basralik Sa'iyd ibn Abu
Aruba (vafoti 773 yil), yamanlik Xolid ibn Jumayl, Muammar ibn Roshid al-
Azadiy (vafoti 770 yil), makkalik Abdumalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj (vafoti 768
yil), Sufyon ibn Uyayna (vafoti 812 yil), kufalik Sufyon ibn Sa'iyd as-Savriy
(vafoti 778 yil), basralik Hammod ibn Salma (vafoti 783 yil), Shomdan Al-Valiyd
ibn Muslim (vafoti 810 yil), rayylik Jurayr ibn Abdulhamiyd (vafoti 803 yil),
Xurosondan Abdulloh ibn al-Muborak (vafoti 797 yil), Vositdan Xushaym ibn
Bashiyr (vafoti 799 yil), kufalik Zakariyo ibn Abu Zoida (vafoti 767 yil),
Muhammad ibn Fuzayl ibn G'azvon (vafoti 810 yil), Vakiy' ibn Jarroh (vafoti 813
yil), yamanlik Abdurrazoq ibn Hammom (vafoti 827 yil)larni ko'rsatish mumkin.
17
Shu davrda yaratilgan asarlarni tahlil etib aytish mumkinki, ularning aksariyati
muayyan bir mavzuga, masalan, tafsir, axloq-odob, g'azot, shar'iy ahkomlar kabi
masalalarga bag'ishlangan edi. Mazkur asarlar Payg'ambar alayhissalomning
hadislari, sahoba va tobe'iynlarning so'zlarini o'zida mujassam etgan edi. Ayni
vaqtda ushbu asarlar hadislarning to'plami sifatida bo'lib, ularning ishonchli
(sahih)ligi masalasiga unchalik e'tibor berilmagandi. Hijriy uchinchi (milodiy
to'qqizinchi) asrdan boshlab esa, hadislarni jamlovchi (jomi’), musnad va mu'jam
shaklidagi yirik asarlar paydo bo'la boshladiki, tarkibiy jihatdan ularni uch asosiy
qismga bo'lish mumkin
8
.
1. Boblarga ajratilgan yirik asarlar (Al-Javomi’ al-mubavabba). Bu asarlar
turli-tuman mavzularni o'zida qamragan bo'lib, ularga boblarga ajratilgan holda
tartib berilgan.
Mana shu asarlardan Imom Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih", Imom Muslim
ibn al-Hajjojning "Al-Jomi' as-sahih", Termiziyning "Al-Jomi’ al-Kabir", imom
Abu Dovudning "As-Sunan", imom Nasaiyning "As-Sunan", imom Ibn Mojaning
"As-Sunan", imom Ad-Dorimiyning "As-Sunan" kabi asarlarini ko'rsatish mumkin.
2. Musnadlar (Al-Masoniyd).
Bu uslubdagi asarlarda ma'lum bir sahobaning rivoyatlari bir joyda zikr
qilinib, undan keyin ikkinchi sahoba davom ettiradi. Bu asarlarda keltirilgan
hadislarga mavzularga rioya qilinmaydi. Masalan, imom Ahmad ibn Hanbal
o'zining "Al-Musnad" nomli yirik asarida avval to'rt to'g'ri xalifalarning
(chahoryorlar) rivoyatlarini keltirib, keyin birin-ketin boshqa sahobalarning
rivoyatlarini keltiradi. Hammasi bo'lib uning asarida to'qqiz yuz to'rtta sahoba zikr
qilinadi. Muallif o'z asarini boblarga ham bo'lganligini aytish mumkin.
3. Mu'jamlar (Al-mao'jim). Bu xildagi to'plamlarda musannif asariga o'z
shuyux (ustoz)larining hadislarini kiritib, ularning ismlarini mu'jam (alifbo)
tartibida keltiradi.
Payg'ambar alayhissalomning hadislari Islom jamiyatining ijtimoiy va
ma'naviy hayotida o'z mazmun-mohiyatiga qarab egallagan o'rinlari ham turlicha
8
Abdullaev B. Ilk hadis to‘plamlari haqida ma'lumotlar // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.194-195.
18
bo'lgan. Shunday hadislar bo'lganki, ularni jamiyatning barcha a'zolari bilishlari
zarur bo'lgan, ya'ni bu xildagi hadislar ommaviy iste'molda bo'lgan. Shu boisdan
ham ulamolar, muhaddislar mana shunga asoslanib, ularni targ'ib qilganlar, lekin
ba'zi hadislar bo'lganki, ularni ayrim shaxslar bilishining o'zi kifoya bo'lgan. Mana
shu xususiyatlarga ko'ra hadislarni ba'zi olimlar, jumladan imom Muhammad ibn
Idris ash-Shofi'iy ikki asosiy qismga bo'ladi:
1. Uzluksiz hadislar (al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari
juda ko'p bo'lib, ular bir-birlariga bog'lanmagan va yolg'on (kizb) gapirishlari
amalda mumkin bo'lmagan roviylardir. Bu xildagi hadislar ayniqsa jamiyat
a'zolarining amaliy hayotiga, masalan, namoz, ro'za, zakot, haj farzlariga doir
hadislarda ko'p uchraydi.
Shuningdek, uzluksiz hadislar ikki xilda bayon etilishi mumkin: lafziy
uzluksizlik - bunda hadisdagi so'zlar (lafzlar) deyarli o'zgartirilmay bir xilda
bo'ladi. Mazmuniy (ma'noviy) uzluksizlikda esa rivoyat qilinadigan voqealar
qisman o'zgartirilishi (ya'ni, juz'iy farqli bo'lishi) ham mumkin.
2. Yakka hadislar (al-ohad). Istiloh sifatida bu hadislarda uzluksiz
hadislarning shartlari bo'lmaydi, bu xildagi hadislar roviylarining soni
chegaralangan - ko'pincha bitta bo'ladi. Odatda yakka hadislar dalil va isbotlar
bilan asoslanadi. Bunda ushbu hadisni naql qiluvchisining to'g'ri so'zligi, rivoyat
qilinadigan hadisni xatodan xoli bo'lib, ishonchli bo'lishligi kabi masalalar ilm ad-
diroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil bo'ladi:
1. G'arib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan
hadislar g'arib hadislar, deb ataladi.
2. Aziz hadislar, deb ikki roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi.
3. Mashhur hadislar, deb ikkitadan ortiq roviy rivoyat qilgan hadislarga
aytiladi. Biroq bu hadislar uzluksiz hadislar darajasiga yetishmaydi va ular sahih
(ishonchli, to'g'ri), hasan (yaxshi, ma'qul) va zaif hadislar bo'lishlari mumkin. Oliy
isnod (al-isnod al-oliy) va pastlovchi isnod (al-isnod an-nozil). Rasulullohga
nisbatan bo'lgan roviylarning ko'pligi yoki ozligi hamda o'tgan vaqtiga qarab
isnodning oliyligi yoki quyilashuvi belgilanadi. Imom al-Buxoriy keltirgan
19
hadislarning isnodi, ko'pincha u bilan Payg'ambar o'rtasida uch roviydan tashkil
topadi. Boshqa hollarda esa mazkur hadisning rivoyat qilganda uning isnodi to'rt
yoki besh roviydan bo'lishligiga ham erishadi. Binobarin hadisshunoslikda uch
isnodliklar isnod oliy, to'rt va besh isnodliklar esa isnod nozil (quyilovchi isnod),
deb qabul qilingan. Oliy isnod mansub hadislarning sahih (ishonchli) bo'lishlari
asosiy shartlardan hisoblanadi.
Al-Hadis al-marfu'. Bu xildagi hadislar (isnodi bog'lansa ham yoki
bog'lanmasa ham) Payg'ambar alayhissalomga borib bog'lanadi (taqaladi). Bunday
hollarda ushbu hadisni sahih yoki zaif, muttasil yo munqati', undan sahoba yoki
tobe'iy tushib qolishi ham mumkin, bulardan qat'iy nazar bular marfu' hadislar
sirasiga kiradi. Marfu' hadislar ikki xil bo'ladi:
1. Al-Marfu' as-sariyh (ochiq-oydin marfu'). Bu xildagi hadislarda
Payg'ambarga mansublik bevosita ta'kidlanadi. Masalan, "Payg'ambar degan"
(qola), "Payg'ambarni ko'rdim" (raaytu) yoki "Payg'ambar bizga buyurgandi"
(amarano) kabi iboralar mavjud bo'ladi.
2. Al-Marfu' al-hukmiy (hukm etilgan, buyurilgan). Bu tarzdagi hadislarda
to'g'ridan-to'g'ri Payg'ambarga ishorat qilinmay, pinhoniy (dimniy) keltiriladi.
Sahoba yoki tobe'iynlardan birontasi Payg'ambarga mansub etmay, shar'iy
hukmlardan biror masalani gapiradi, biroq bu fikr uni o'zidan chiqmagan bo'lib,
odatda Payg'ambardan olgan bo'ladi.
Al-Hadis al-mavquf, deb sahobalarning so'zlari yoki harakatlari mansub
etilgan hadislarga aytiladi. Chunonchi, sahobalar Payg'ambar alayhissalomning
suhbatida bo'lib, uning rushdu-hidoyatidan va odobidan bahramand bo'lganlar.
Ulamolarning ham sahobalarning so'zlari va ishlariga ehtiyojlari katta bo'lgan.
Mana shu sabablarga ko'ra, sahobalarning so'zlari (qavllari) va ishlari (af'ol) ham
hadis kitoblariga kiritilgan.
Al-Hadis al-maqtu', deb tobe'iynlarning so'zlari va ishlari keltirilgan
hadislarga aytiladi. Tobe'iynlarning so'zlari va qilgan ishlari ham ulamolarning
diqqat markazida bo'lgan, chunonchi, ular sahobalar bilan muloqotda bo'lib,
20
shari'at ahkomlarini ulardan olganlar. Payg'ambar alayhissalom ham yaxshi
insonlar, deb bashorat berganlarida ularni ko'zda tutganlar.
Sahih hadislar, deb isnodi boshidan oxirigacha adolat bilan hech bir
kamchilig-u illatsiz rivoyat qilinadigan hadislarga aytiladi. Sahih hadislarning yana
talay shartlari ham bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir:
1. Sanadni uzluksiz bog'lanishi (ittisol as-sanad) - bu shundayki, hadisni
rivoyat qiluvchi roviylarning silsilasi boshidan oxirigacha hech bir uzluksiz bo'lishi
shart. 2. Keltiriladigan hadis roviylarining hammasi o'z dinida adolatli, sobitqadam
kishilar bo'lmog'i kerak. 3. Rivoyat qiluvchi komil musulmon bo'lishi shart, chunki
ular dinda mustahkam insonlardir. 4. Rivoyat qiluvchi aql-idrokli kishi bo'lmog'i
zarur. 5. Roviy balog'atga yetgan inson bo'lishi kerak. 6. Roviy fisqu-fasoddan
xoli, sog'lom fikrlovchi inson bo'lishi kerak. 7. Uzuq-yuluqni rivoyat qilishdan xoli
kishi bo'lishi zarur.
Hijriy III asrda hadis ta’lif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb
atalmish turli yo’nalishlar vujudga keldi. "Musnad" yo’nalishida tasnif etilgan
to’plamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat
qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’ra yoki alifbo tartibida
joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalg’ging hadis kitoblari shu
yo’nalishga mansub. "Sahih" yo’nalishiga tug’ri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu
yo’nalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yo’nalishidagi to’plamga esa,
to’g’ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu
Dovud, Abu Iso at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja to’plamlari shu yo’nalishta
mansubdir.
Movarounnahrda birinchi bo’lib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy
hadis to’plamini ta’lif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy,
Ishoq ibn Rohavayh al-Marvaziy, Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Abu Bakr
Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma’qul an-Nasafiy va boshqalar
hadis to’plamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida,
payg’ambar nomidan yolg’on hadislar to’qish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi
21
ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo’ylik oqibatida ko’plab ishonarsiz,
to’qima hadislar yuzaga kelgan.
Davr o’tishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga
solina boshladi. IX— X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan
hadisning 6 ta to’plami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim"
(Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Sunani Ibn Moja",
"Sunani Nasoiy", "Sahihi Buxoriy" ko’proq e’zozlanadi. Bu 6 ta hadis to’plamini
tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik bo’lgan.
Hadislar to’plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig’uvchi, sharhlovchi, targ’ib
etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan
9
.
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va g’oyaviy merosining ko’p unsurlari
islomga hadis shaklida o’tgan. Hadis yig’ish o’rta asr musulmon madaniyatining
muhim xususiyati bo’lib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har
qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi bo’lgan; undan hikmatli so’z va
matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom
olami oliy o’quv yurtlarining shariat fakultetlarida asosiy o’quv qo’llanmasi
sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" Hadislar
to’plami 4 jildda (1-jild — 1991, 2- jild - 1996, 3- jild - 1994, 4- jild -1992), 2
nashri esa 1997 yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning
"Sahihi Termiziy" hadislar to’plami 1-jildining o’zbekcha tarjimasi 1999 yil
Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy
hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.
Dostları ilə paylaş: |