qachon bemor birodarining ziyoratiga borsa, mo u erdan qaytib kelgunicha jannat
bog‘larida sayr silib yurgan bo‘ladi" (Imom Muslim rivoyati). Bemorning
ziyoratiga borishning ham o‘ziga xos odoblari bor. Masalan, bemor ko‘rgani
borgan odam uning haqqiga shifo so‘rab duo qiladi, sog‘ayib qolganini aytib
ko‘nglini ko‘taradi, yonida ko‘p o‘tirmaydi, oldida taom emaydi.
3. Musulmonning ikkinchi birodari zimmasidagi haqlaridan yana biri —
yaqini yoki tanishlaridan birining vafot etganini eshitganda, uning janozasida
qatnashishdir. Albatta, janoza namozida mayyitning haqqiga Allohdan mag‘firat
so‘rab duo qilinadi. Alloh taolo ko‘pchilikning duosini ijobat qilib, mayyitning
gunohlarini mag‘firat aylash haqida Payg‘ambarimizdan quyidagi hadis vorid
bo‘lgan: "Biror musulmon vafot etib, uning janozasida Allohga biron-bir narsani
sherik qilmagan qirq nafar kishi qatnashsa, Alloh taolo ularning mayyit haqqiga
41
qilgan duolarini ijobat aylaydi (Imom Muslim rivoyati). Bundan tashqari,
janozada qatnashishning savobi haqida ham hadis rivoyat qilingan bo‘lib, unda:
“Janoza namoziga qatnashgan kishiga bir qiyrot savob, dafnda ham qatnashganga
ikki qiyrot savob bo‘ladi. Bir qiyrotning mixdori Uxud tog‘iga tengdir"
20
, deyilgan
(Imom Buxoriy rivoyati)
4. Musulmon kishi bir birodari tomonidan biron-bir xayrli ziyofatga, xususan,
nikoh to‘yiga chaqirilsa borishi shartdir. Darhaqiqat, nikoh to‘yi ko‘pchilik bilan
o‘tadigan ziyofat bo‘lib, tuy egasi uni o‘z xursandchiligini yaqinlari bilan baham
ko‘rish maqsadida tashkil qiladi. Taklifiga javoban to‘yga tashrif buyurish bilan
uning xursandchiligiga xursandchilik qo‘shgan bo‘ladi. Qolaversa, yoshlarning
haqqiga Allohdan baxt-saodat va baraka tilab duo qiladi. Shuning uchun ham
ziyofatga chaqirilgan kishi hatto o‘sha kuni nafl ro‘za tutgan bo‘lsa-da, lekin unga
borishi, taom emagan taqdirda ham birodarining haqqiga duo qilib o‘tirishi
quyidagi hadisi sharifda alohida ta’kidlangan: “Qay biringiz ziyofatga
chaqirilsangiz, albatta, unga boringiz. Agar ro‘zador bo‘lsangiz, duo o‘qib turing
va agar ro‘za tutmagan bo‘lsangiz taomdan tanovul qiling" (Imom Muslim
rivoyati).
5. Islomda mumin-musulmonlarning bir-birlariga nisbatan hurmat va burchlari
shu darajada yuqori qo‘yilganki, hatto aksa urganda ham uning haqqiga Allohdan
rahmat tilab duo qilish birodarlik burchi hisoblanadi. Bu xususda "Esnash —
shaytondan, aksa urish — Rahmondan" mazmunidagi hadis mavjud bo‘lib, aksa
urgan kishi "alhamdu lilloh", ya’ni Allohga hamd bo‘lsin desa, uni eshitgan kishi
"yarhamukalloh", ya’ni senga Allohning rahmati bo‘lsin deb javob qaytarishi
vojib. Agar ko‘pchilik odamlardan iborat jamoa turgan bo‘lsa, ulardan bir nafari
mazkur iborani aytsa ham etarli bo‘ladi.
Mazkur haq-huquqlarga rioya qilish bilan mo‘min-musulmonlar o‘rtasida
mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va samimiylik hislari yanada ziyoda bo‘ladi, ulkan
savoblarga erishiladi.
20
Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy Al-Jomi' as-sahih (Ishonarli to‘plam). 4 jildli. –T.: Qomuslar
bosh tahririyati, 1995-1999. –B.39.
42
Har bir banda musulmonchilik haqqini bajarish bilan birga, Parvardigor
oldidagi bandalik burchini ham ado etmog‘i lozim. Ya’ni Alloh taolo bizni bu
dunyoda behisob ne’matlar bilan siylagan ekan, buning shukrini bajo
keltirmog‘imiz, bu ne’matlarni bizga in’om etilgan omonat deb bilmog‘imiz
darkor.
Ne’matlarning shukri ikki yo‘l bilan ado etiladi: biri — shu ne’matga
etkazgan Haq subhonahu va taologa hamdu sano aytish, ikkinchisi — berilgan
ne’matlarni isrof qilmay, ulardan ehtiyoj darajasida foydalanish. Alloh taolo
Qur’oni karimda bu haqda: "...Qasamki agar (bergan ne’matlarimga) shukur
qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukurchilik
qilsangiz, albatta azobim (ham) juda qattiqdir", deya ogohlantiradi ("Ibrohim", 7).
Ma’lumki, bugun kundalik hayotimizni xonadonlarimizdagi bebaho gaz, suv
va elektr kommunal xizmati kabi ne’matlarsiz tasavvur eta olmaymiz. Bularning
naqadar qadrli va beminnat ne’mat ekanligini, uyimizda bir kun chiroq yoki gaz
bo‘lmai qolganida yanada teranroq anglab etamiz. Taassufki, ba’zi fuqarolarimiz
mazkur ne’matlarning qadriga etmay, go‘yo bular tuganmas boylik, cheksiz
xazinadek keragidan ortiqcha sarflab, isrof qiladilar. Isrof qilish bilan birga,
foydalanilgan bunday xizmatlar uchun o‘z vaqtida haqqini ham to‘lamaydilar.
Albatta, bunday ishlar musulmonchilikka ham, insoniylikka ham to‘g‘ri kelmaydi.
Zotan, Payg‘ambarimiz alayhissalom: "Bizlarni aldagan, omonatga xiyonat qilgan
bizlardan emas", deb marhamat qilganlar.
Payg‘ambarimiz hadislarida qo‘shlar bilan totuv yashamoqlik haqida bong
uriladi. Mana bir hadisda «Qo‘shnilaringizga muruvvat qilingiz», - dedilar
Dostları ilə paylaş: |