tadvin, ya’ni hadislarni qayd etishni boshlab bergan. Hadislarni yozib borish, hadis
to‘plamlarini tuzish rasmiy ravishda mazkur xalifa tomonidan buyruq berilganidan
so‘ng keng tus olgan va an’ana tarzida odat tusiga kirgan.
Payg’ambar vafot etganlaridan so’ng ma’lum darajada tortishuv va
munozaralardan keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila
boshlandi. Masalan, sahobalardan Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yo’l-
yo’riqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir kichik kitob bitgan bo’lsa,
Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida o’z o’g’illariga bir
vasiyatnoma yozib qoldiradi. “Tobe’inlar davrida esa hadislarni kitobat etishga
qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qo’llab-quvvatlagan
tobe’iynlar esa aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, ya’ni sahobalar va
tobe’iynlar davrida ikki xil fikr qaror topib, hadislarni ham yozma, ham og’zaki
tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi”
5
.
Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir to’plamga yig’ish, demakdir.
Dastavval hadislarni to’plam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn
Marvon (vafoti 704 yil) hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida bo’lgan, lekin o’z
maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning ishini o’g’li Umar ibn Abdulaziz
(vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd etilishidan ko’zda
tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (to’g’ri, ishonchli)larini noqis mavzulari
bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va
ulomalarning vafotlari tufayli ularning yo’q bo’lib ketish xavfidan edi. Shu boisdan
ham Umar ibn Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib
olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning dunyodan o’tib ketishlaridan
5
Abdullaev B. Ilk hadis to‘plamlari haqida ma'lumotlar // Imom al-Buxoriy saboqlari.
-№ 3,2012. –B.192-195.
11
xavotirdaman», deb yozgan edi. Umar ibn Abdulaziz bu muhim vazifani
topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn
Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar bor edi
6
.
Hadislarni kitobat qilish tarixi, shartli ravshsda, to‘rt bosqichdan iborat
bo‘lgan, deb aytish mumkin. Birinchi bosqichda, odamlar (bu erda sahobalar
nazarda tutilmokda) hadislarni tartibsiz holda qo‘chirib yozganlar. Bunda hadislar
boblarga yoki mavzularga ajratilmasdan, to‘g‘ri kelgan hadis yozib olinavergan.
Ikkinchi bosqichda ayrim shaxslar (bu erda ham sahobalar nazarda tutilmokda),
o‘zlari yod olgan hadislarni muayyan to‘plam shakliga keltirganlar. Bu to‘plamlar
"sahifa" deb atalgan. Uchinchi bosqichda hadisi shariflar katta hajmli kitoblarga
jamlangan. Lekin bu bosqichda ham hali hadisi shariflar mavzularga ajratilib, bob-
bob qilinmagan edi. To‘rtinchi bosqichda xadisi shariflar mavzularga ajratilib,
alohida kitob holiga keltirilgan. Payg‘ambar (s.a.v.) va sahobalar davrida hadislarni
avvalgi ikki turda to‘plash uslubi keng tarqalgan edi.
Ayrim tadqiqotchilar Payg‘ambar (s.a.v.) davridan e’tiboran Umar ibn
Abdulaziz davrigacha hadislar to‘planganini inkor qiladilar. Ular quyidagi uchta
omilni bunga sabab qilib ko‘rsatadilar: sahobalar va tobeinlar hamda bu davrda
yashaganlarning ko‘pchiligi yozishni bilmaganlar, ularning zehnlari shu darajada
kuchli bo‘lganki, hadislarni yozishga ehtiyoj tug‘ilmagan va nihoyat uchinchisi,
hadislarni yozib olish ma’qullanmagan (odamlar bu ishdan qaytarilganlar). Bu
fikrlardan avvalgi ikkitasiga qo‘shilish qiyin, chunki, ko‘pchilik yozishni
bilmagani yoki xotiraning kuchliligi hadislarni yozishdan to‘xtata olmaydi. Zotan,
yozishni biladigan mashhur sahoba va olim tobeinlar hadis majmualarini tuzishi
mumkinligi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Odamlarning hadislarni yozishdan qaytarilganiga muhaddislardan Muslim ibn
al-Hajjoj (821 —875) rivoyat qilgan quyidagi bu hadisni dalil qilib keltiradilar:
Dostları ilə paylaş: |