tashlasak, Sharqda hadis ilmi va uning turli masalalariga doir ko‘plab maxsus
Naysoburiyning «Ma’rifat ulum al-hadiys», «Al-Mustadrak alas-Sahiyhayn», Ibn
6
hadiys», Al-Xatiyb al-Bag‘dodiyning «Al-Jomi’ li-odob ash-shayx vas-somi’»,
«Ar-Rihla fi talab al-hadiys», Ibn Qasiyrning «Al-Bois al-hasiys» kabi
tasnifotlarini keltirish mumkin. Evropalik olimlar esa hadis ilmi bilan asosan XIX
asrdan shug‘ullana boshlaganlar. Mustaqilligimiz sharofati bilan Respublikamizda
keyingi yillarda bu borada salmoqli ishlar amalga oщirildi. Olimu
ulamolarimizning sa’yi harakatlari bilan Imom al-Buxoriyning «Al-Jomi’ as-
sahiyh» asari to‘rt jildda Toshkentda o‘zbek tilida chop etildi. Allomaning boshqa
bir muhim asari «Al-Adab al-mufrad» («Odob durdonalari») ham bundan bir necha
yil burun o‘zbek tilida nashr qilingan edi. 1974 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari diniy Bosh-qarmasining tashabbusi bilan O‘zbekistonda Imom al-
Buxoriy tavalludining hijriy hisobda 1200 yilligi, shuningdek 1993 yil oktyabr
oyida Samarqandda «Imom al-Buxoriyning hayoti va davri»ga bag‘ishlangan
Xalqaro anjuman munosabati bilan matbuotda qator maqolalar e’lon qilingan edi.
1990 yili Imom at-Termiziyning tavalludiga 1200 yil to‘lishi munosabati bilan ham
maqolalar va allomaning «Ash-SHamoil an-nabaviyya» asari o‘zbek tilida, Imom
Muslim ibn al-Hajjoj haqida esa bir risola va mahalliy matbuotda bir necha maqola
chop etilgan.
Yuqorida zikr etilgan xayrli yumushlarni ado etishda Abdug‘ani Abdullayev,
Abdulaziz Mansur, Xoja Baxtiyor Nabixon o‘g‘li, Rahmatulloh Qori Qosim o‘g‘li,
Ne’matulloh Ibrohim, SHamsuddin Boboxonov, Ubaydul-la Uvatov kabi olimu
ulamolarning xizmatlarini alohida ta’kidlash zarur. Lekin mazkur maqola va
nashrlar mualliflari o‘z oldiga Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom at-
Termiziyning hayoti va ijodiy merosini qiyosiy o‘rganishni maqsad qilib
qo‘ymagandilar. Ushbu mavzuni yoritishda mazkur nashrlardan hamda As-
Sam’oniyning «Kitob al-ansob», Tojuddin as-Subkiyning «Ta-baqot ash-shofiiyya
al-kubro», Al-Xatib al-Bag‘dodiyning «Ta’rix Bag‘dod», SHamsuddin az-
Zahabiyning «Tazkirat al-huffoz», «Miyzon al-i’tidol fi naqd ar-rijol», Ibn
Xallikonning «Vafoyot al-a’yon», Ibn al-Javziyning «Al-Muntazam», Ibn al-
Qiftiyning «Inboh ar-ruvot», Ibn Hajar al-Asqaloniyning «Muqaddimat al-fath»
7
kabi tarixiy asarlaridan, arab mualliflarining so‘nggi yillarda nashr etilgan qator
kitoblaridan keng foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: