Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix30.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#62539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

k

ko 'm-ko 

k

ko ‘k ko ‘rak,
Bizdan sizga kim kerak?
— O ‘zi a ’lo o 'qiydi,
Tartibli ham odobli,
Hammani sevar,
Tikishda chevar,
Barchadan chaqqon,
Hammaga yoqqan 
Go 'zal Ozoda kerak!
Paxta — milliy iftixorimiz ekan, an’anaviy savoldagi «terak» so‘zining 
o‘miga ohangdosh «ko‘rak» so‘ziga almashtirilishi o‘yin vositasida shu iftixor 
tuyg'usini murg‘ak qalblarga indirishni ko‘zlashi tufayli muhim ijtimoiy-estetik 
fazilat kasb etgan.
Kompozitsiyasining asosini qo'shiq tashkil etadigan o‘yinlaming aksariyati 
improvizatsion xarakterga ega. Ular bolalaming o‘z ota-onalari turish-turmushiga



taqlid qilishlari natijasida yuzaga kelgan. Binobarin, improvizatsion o‘yinlar bola­
lar kuzatuvchanligi samarasigina boiib qolmay, o‘ziga xos hayot eksprimentlari 
ham. Aytaylik, «Olmacha do‘m-do‘m», «Osmondagi oy» o‘yinlari uchun deh- 
qonning o'zi yetishtirgan olmani sotishga bolalar taqlidi asosga aylangan boisa, 
«Bogiam-bogiam», «Guldur-gup», «Chilliktoy», «Qo‘rg‘on olish», «Cho‘pon 
va shaqal», «Boylandi» o'yinlari uchun chorvachilik bilan shug'ullanuvchilar 
faoliyatiga taqlid qilish o'yinning zamini hisoblangan. Bu o'yinlaming muhim 
xususiyati shundaki, ular «Oq terakmi, ko‘k terak?» singari qarama-qarshi taraf- 
larga boiinmagan holda o‘ynalsa-da, poetik dialog o‘yinga xos harakat man- 
tiqiga omuxtalashgan boiadi. Bunday o‘yinlar, odatda, rollarga boiingan holda 
o‘ynaladi. «Cho‘pon va shaqal» o‘yinida bolalar roiga kirib, o'yinning dramatik 
konfliktini yechadilar. Bunda cho'pon va shaqal qiyofasida harakat qiluvchi o'yin 
ishtirokchilaming harakatga omuxta poetik dialogi dramatizmning kuchaytirgichi 
hisoblanadi:
C ho ' p o n : — Sho 'rdan1 shaqal o 'tdimi?
Dumi loyga botdimi?
Gulbutani(ng) tayiga2 
Bacha3 ochib yotdimi?
S h a q a l :  
— A... a?..
C h o ' p o n : Sho 'rdan shaqal o ‘tdimi?
Dumi loyga botdimi?
Gulbutani(ng) tayiga 
Bacha ochib yotdimi?
S h a q a l :  
— Ha... a...
C h o ' p o n : To ‘xta, shaqalni uray man,
Qulog ‘ini buray man.
Bachasini obqochib,
Uyga qochib ketay man.
Bu xildagi o'yinlaming maxsus tomoshabini boimaydi, ulaming ijrochisi 
ham, tomoshabini ham o‘sha ishtirokchilaming o‘zi. 0 ‘yinning har bir ishtirokchi- 
si o'zi ijro etadigan rolni juda mas’uliyat sezgan holda tabiiy bajarishga inti- 
ladi. Ular o'zlari ijro etayotgan rolning tashqi qiyofasiga ham, xatti-harakatiga 
ham, xususan, ovozining taqlidan tabiiy chiqishiga ham alohida e’tibor berishadi. 
«Bo‘rilar va echkilar», «G‘ozlarim», «Muzlatamiz», «Ot sug‘orish», «Muqallid» 
va yana talay o‘yinlarga ana shu xususiyatlar yorqinroq joziba baxsh etgan.


«Muzlatamiz» — bolalami sovuqdan qo‘rqmaslikka, dadillikka da’vat etuv- 
chi o‘yin. Umumiy yo‘nalishini aka-uka muzlar qiyofasidagi ikki o'yinboshining 
xatti-harakati va dialogi belgilagan. 0 ‘yinboshi (muz)laming bin: «Men burun 
yaxlatman», ikkinchisi: «Men quloq muzlatman», — deb bolalami sovuqdan 
qo'rqitishadi. Bundan cho'chigan bolalar «panada qaltirashib», o‘ynagani chiqish- 
maydi. Shunda aka-uka muz (o‘yinboshi)lar o‘z po‘pisasidan mamnun boiib:
— Botir bola bo ‘Isa-chi?
Yo 7 safariga chiqsa-chi? —
deya kerila boshlaydilar. Bu bolalarga pisanda boiib tegadi. Ulaming g‘ururi 
qo‘zg‘ab:
— Biz do ‘qirtgdan qo 'rqmaymiz,
Muzni pisand qilmaymiz, —
deya yoppasiga qiy-chuvlashib, otilib maydonga chiqadilar. 0 ‘yinboshi (muz)- 
lar chekinishadi. Shu tarzda bolalarda jasorat tuyg'usi tarbiyalana boshlaydi. Bu 
o‘yinda bolalar soni cheklanmagan, qancha ko‘p boisa, shuncha yaxshi. Ammo 
«Ot sug‘orish» o‘yinida ikki kishi yetarli: biri — boshlovchi, ikkinchisi — ijrochi:
O ' y i n b o s h i :Zamira, Zamira, Zamira,
Otni qaqqa boylading?
Z a m i r a :  
Suvxariga boyladim.
0 ‘y i n b o s h i : Necha gramm suvberding?
Z a m i r a :  
Ikki gramm suv berdim;
Bir grammni o ‘zim ichdim,
Qolganini chol ichdi.
0 ‘yin shunday yengil yumoristik ruhga ega. Unda yalqovlikdan kulinadi. Eng 
muhimi, bu kulgi bolalar tabiati mantiqiga mos.
Bu turdagi o‘yinlaming muhim xususiyati shundaki, ular zamiridagi taqli- 
diylikni qo‘shiq «yopadi» va harakatni o'z zimmasiga oladi hamda boshqaradi. 
Qo'shiqning jo ‘rovoz tarzda kuylanishi bu vazifani ado etadi.
Bunga harakatni yuzaga keltirishni va boshqarishni ham qo‘shmoq lozim. 
Shundagina o‘yinda jo'rovoz boiib kuylashning to ia ma’nosini to‘g‘ri ifodalash 
mumkin. Jo‘rovozni ikki va undan ortiq bola ijro etar ekan, bolalaming ma’naviy 
jihatdan birlashuvlariga zamin hozirlanadi, bolalar o‘zaro maslakdosh hamkor- 
larga aylana boradilar, ayni choqda jamoa boiib uyushuvlarida ijtimoiy-estetik 
muhit yuzaga keladi.



/

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin