XALQ CHOLG‘ULARIDA IJODKORLIK SAN’ATINING IKKI ASOSIY YO‘NALISHDAAAAAA
3.XALQ CHOLG'ULARI ORKESTRI UCHUN YARATILGAN REPERTUARLAR Asta - sekin cholg'ularda keng davralarda va kata saxnalarda ijro etishga tog'ri keladi. Yaratilgan mazkur cholg'ular esa talabga javob bermay qoladi. Shu sababli ular cholg'ular tovushini kuchaytirish kerakligini tushunib yetadilar va o'zlarinig ilk g'oyalarini amalga oshiradilar.
Shuningdek, Usta Usmon Zufarov birinchilardan bo'lib, To'xtasin Jalilov buyurtmasiga asosan Orkestr jamoasi uchun past registorlik cholg'ular ya'ni kata g'ijjak, katta tanbur va katta dutorlarni bir necha turlarini yasay boshladilar. Ular, 1934 - 1936 yillar T. Jalilov raxbarligidagi unison orkestri tarkibida qo'llaniladi va kutilgan natijaga erishilmagandan so'ng jamoa tarkibidan chiqarilib tashlanadi. Shundan so'ng U.Zufarov faqatgina cholg'uning turli - tuman shakllarini yaratgan va ilmiy izlanishlarida o'z hissasini qo'shgan. Ushbu ilk marotaba yasalgan cholg'ular hozirgi kunda taraqqiyoti mezoniga cholg'ular ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbaalarda Qulmuhammad Udiyning Ud cholg'usiga tоrtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va tоrtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va ovoz mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'naviy va moddiy qiymatini ham belgilashga asos ЬоНЬ xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u gо'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.
O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining " Miliy cholg'u" ilmiy ishlab chiqrish eksperementall labaratoriyasi misiqa cholg'ulari muzeyida ekspanat sifatida saqlanmoqda. Mazkur izlanishlar davomiyligi A.I.Petrosyans raxbarligida bir guruh ustalar Ramanchevkov, Kevxoyans, Didenko, Andreyev ish tajribasiga tayangan holda torli chertma cholg'ularni 12 bosqichli teng temperatsiyalangan prinsib asosida ijrochilikning zamonaviy va talab darajasiga moslashga kirishadilar.
Shu paytni o'zida Petrosyansda cholg'ular oilasini yaratish fikri paydo bo'ladi. 1938 - yilda Petrosyans rahbarligida To'xtasin Jalilov nomidagi Xalq cholg'ulari orkestri tashkil ettiriladi. Jamoa tarkibida birinchi bo'lib kamonli cholg'ular oilasi kiritiladi. Asta - sekin boshqa torli cholg'ularning ham oilasi yaratila boshlanadi. Jamoa uchun kompozitorlar o'zbek xalq kuylarini qayta ishlab orkestr uchun moslashtiriladi. Shu tariqa To'xtasin Jalilov nomidagi orkestr o'z faoliyatini boshladi. Orkestrlar tashkil etilishi jadal rivojlanib bordi. 1957 - yilda Dono Zokirov Orkestr o'zining ijodiy faoliyatini boshlaydi. Ikki ijodiy orketr jamoalarining o'ziga yarasha vazifalari mavjud bo'lib; To'xtasin Jalilov orkestrining asosida vazifasi: o'zbek xalq qo'shiqlarini kompozitorlar tomonidan qayta ishlangan ko'rinishini va dunyo xalqlari klassik kompozitorlari kuylarini ijro etishdan iborat bo'lgan bo'lsa, Dono Zokirov orkestr jamoasining asosiy vazifasi: O'zbek xalq kuy qo'shiqlari va bastakorlar tomonidan yartilgan asarlarni ijro etish vazifalari bilan jamoalar bir - biridan ajralib turganlar. Ikki orkestr jamoalari 2014 - yilning oktabr oyiga keib bir jamoa bo'lib, Akademik xalq cholg'ulari orkestrini tashkil topishiga asos bo'ldi. Shu tariqa rivojlanish bosqichlarida bastakorlik ijodiyotidagi asarlar yaratilib, professional ijro qilish darajasi yanada yukasaklashib bordi.
Yosh avlodni musiqa yo'lida tarbiyalashda milliy musiqiy merosimiz va milliy cholg'u kuylarimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqiy cholg'ularda ijrochiliksan'ati insoniyat ma'naviyatini tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti maxsuli bo'lib, azal - azaldan omma orasidan shakllanib, moxir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy vositadir.
Tarixdan ma'lumki, an'anaviy o'zbek musiqasida - vokal musiqasi ham, cholg'u musiqasi ham bir ovozli ya'ni inson ijrochiligi yaratilgan. Ushbu an'ana hozirgacha saqlanib qolgan. Xo'sh, unda ko'p ovozli musiqaning ahamiyati qanday? O'zbek xalq cholg'ularini ko'p ovozli musiqaga moslashtirishning nima keragi bor? -kabi savollar yuzaga kelishi tabiiydir.
Respublikamizda musiqa san'atning yangi shakli va janrlari kirib kelishi bilan xalq cholg'ulari orkestr ro'lini qayta anglash, ularga yangi, yozma ko'p ovozli tipdagi musiqa san'ati namunalarini ijro etish davr talabi edi. Professional kompozitorlik ijodiyoti yuzaga kelishi va shu bilan bog'liq ravishda yozma an'anadagi ijrochilik madaniyatining o'zbek milliy cholg'u asboblarida ilgari mavjud bo'lmagan ijrochilik prinsiplari vujudga keldi. Bu yo'ldagi vzifalardan asosiysi - umum qabul qilingan no'tali tizimda yozilgan kopozitorlik asarini ijro etish uchun cholg'u asboblarini o'n ikki bosqichlik bir maqomdagi xromatik temperatsiya negizida takomillashtirilgan janlardan iborat edi. Buning natijasida ko'p ovozlik orkestr ijrochiligi yuzag keldi. Sekin astalik bilan esa cholg'ularning oilalari yaratildi. O'tgan asrning boshlarida ko'plab musiqashunos, etnograf olimlar bu yo'lda bir qator tajribalar o'tkazishgan. O'zbek xalq cholg'ulari hozirgi kunga yetib kelgunga qadar juda uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Avvaliga o'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari ijrosi tinglovchilarda har xil fikr uyg'otib, turli tanqidlarga ham uchragan.
Keyinchalik yuqorida ta'kidlab o'tkanimizdek O'zbekiston radiosi qoshidagi D.Zokirov nomli O'zbek xalq cholg'ulari orkestri va O'zbekiston Davlat Flarmoniyasi qoshidagi T.Jalilov nomli O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari ijodiy faoliyati orqali o'zbek xalq cholg'ulari orkestri ijrochiligi yoshlar orasida sevib tinglanib asta-sekin ommalashdi. Xalq cholg'ulari orkestrini tashkil etib, unda manashu yangi sarlarni ijrosi va taxlili ustida ishlash masalasini o'rtaga tashlasak, yani hozirda repertuarimizni boyitish maqsadida kafedramizda qilinayotgan to'g'ri ishlarimizdan biri, Xalq cholg'ulari orkestrini shakillantirish kafedramiz talabalari oldiga qo'ygan vazifadir. Aynan manashu ikkinchi asar o'rniga yosh kompozitorlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarni olib, uni kompozitor ustozi va o'zi hamkorligida yangi asarni kashf etilishida, Xalq cholg'ulari orkestri repertuarida yangi bebaho durdona asarning paydo bo'lishi zamin yaratadi. Kompozitorlik faoliyatini olib borayatgan hozirgi yosh talabalarda asosan Xalq cholg'ulari orkestri uchun yaratilajak asarlar bilan repertuar boyligimizni oshirish va yuqori savyada ekanligini ta'minlash.
Ular nafaqat respublikamiz, balki qo'shni Davlatlar bo'ylab ham ijodiy gastrollarda ko'plab muvoffaqqiyatlarga erishganlar. Bu jamoalar o'zbek xalq cholg'ulari orkestr ijrochiligiga tamal toshini qo'ygan, desak mubolag'a bo'lmaydi.
O'zbek xalq cholg'ularida orkestr ijrochiligi juda katta o'rin egallagan. O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari o'zbek xalq milliy musiqasi, kompozitorlik ijodi va jahon kompozitorlari asarlarini ham o'zbek xalq cholg'ulariga moslashtirib professional darajada ijro eta oladi. Shunisi diqqatga sazavorki, hozirgi kunda O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlarida zamonaviy estrada musiqiy namunalari ham ijro etib kelinmoqda. Yosh sozandalarning proffessional ijrochi bo'lib yetishishida ko'p ovozlilikning, ya'ni orkestr va ansambllarning o'rni beqiyosdir. Bunda ijrochi eshitish qobilyati ijro maxorati no'ta o'qish va jamoa birligini o'rganadi. Yurtimizda o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligida kodrlar tayyorlash masalasiga katta e'tibor qaratilgan. Albatta musiqa bu ijtimoiy xayotning mustaql bir soxasi bo'lib jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o'tkazadi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi. Musiqa inson ongidagi uning qalbidan jo'sh urib chiqadigan mo'jizaviylikdir. Aynan ushbu mo'jizaviylik ijodkorlari bu bizning Kompazitorlarimizdir.
Shu o'rinda aytib o'tishimiz kerakki: kompazitorlarimiz ijodi Orkestr repertuarlarida aloxida o'ringa egadir. Orkestrda asardagi ijro mohiyatni o'stirishda eng avvalo kompazitor tomonidan yaratilgan asarlar muxim ro'lni egallaydi. Men aynan Repertuar so'ziga o'z ta'rifimni bayon etadigan bo'lsam, Repertuar - bu Orkestrning ozuvqaviy manbayi undan kegin esa ularni boshqaruvchi dirijyordir. Nafaqat Orkestr repertuarlarida balki barcha sozlar uchun yaratilgan asarlar cholg'u va ijrochi uchun eng asosiy ozuvqa manbayi xisoblanadi. Hozirgi kunda Xalq cholg'ulari orkestrida ijro etilayotgan asarlarning aksariyati 80-85 yillardagi asarlar hisoblanadi. 90-yillardagi, ya'ni mustaqlligimizdan kegingi yillarda yaratilgan asarlarning ijro etilgani juda ham kam. Shu tariqa xozirgi davrga kelib kompazitorlarimiz tomonidan aynan Xalq cholg'ulari uchun yaratilayotgan asarlar kamayib ketayotganligi va yaratilayotgan yangi asarlarning kamligi bu o'z-o'zidan repertuarimiz boyligiga sekin astalik bilan erishayotganligimizdan darak beradi.
To'g'ri hozirda yosh kompazitorlarimiz tomonidan yartilayotgan asarlar juda xam chiroyli va mukammal darajada. Lekin juda ko'p aksariyat asarlar hozirda aynan Simfonik Orkestr uchun yaratilayotganligi muammoli vaziyatni yuzaga chiqaradi. Tog'ri, ushbu fikr doirasida yosh kompozitorlarimiz Simfonik orkestrlari uchun asarlar yaratilishligi betarafdori emasmiz. Biz shunchaki, o'zbek yosh kompozitorlarimiz eng avvalo o'zimizni o'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari uchun asarlar yaratilish jarayonini birinchi o'ringa qo'yib, O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari repertuarini eng yuqori darajaga ko'tarilishi tarafdorimiz.
So'ngra buning sababini topish uchun Xorazmlik kompozitor ijodkorlarimizga repertuar muammosi haqidagi o'zimni qiziqtrgan savollarimga javob oldim. Uning aytishicha: bizda xalq cholg'ularining tarixiy taraqqiyoti va uning qanday sozlanishi kerakligi haqida bizga bakalavr bosqichida bir yil davomida mukammal tarzda o'tiladi. Biz turli xil asarlar yozganmiz ansambl va orkestlar uchun, undan so'ng esa birinchi bosqich magstrligida bizda "o'zbek xalq kuylarini qayta bastalash" kabi dars soatlarimiz va bizga ushbu dars bo'yicha o'qituvchi biriktirilgan. Biz ko'p asarlar yozganmiz deya javob berdi. Faqatgina bizning viloyatimizda manashu asarlarimizni ustida ishlab beruvchi O'zbek xalq cholg'ulari orkestri yo'q, lekin simfonik kuylarimizni ijro etilishida bizga yordam beradigan Simfonik orkestr mavjud edi, xozirgi kunga kelib Simfonik orkestr ham yo'q. Aynan shuning uchun ham biz ko'proq simfonik orkestrlarga asrlarni ko'proq yozar edik...
Albatta bunday jarayon muammo ekanligi meni anchagina sarosimaga soldi, chunki biz baribir O'zbekiston farzandlarimiz, biz O'zbekistonda ijod qilyapmizmi demak eng avvalo o'z cholg'ularimizni mukammal darajada o'zlashtirishimiz kerak. Ustozlarim ko'magida biz ushbu muammoni yechimini topdik. Ya'ni bitiruvchi Kompazitorlarimizning bakalavr bosqichi bitiruv malakaviy ishlariga bittadan Xalq cholg'ulari uchun maxsus yaratilgan asar yaratilishi va yozilgan asrarni qanday shaklda bo'lishidan qat'iy nazar katta asarmi yoki kichikroq bo'lishidan qa'iy nazar, kuylarni ijro etib bera oladigan Xalq cholg'ulari orkestrini tashkil etib, unda manashu yangi sarlarni ijrosi va taxlili ustida ishlash masalasini o'rtaga tashlasak, yani hozirda repertuarimizni boyitish maqsadida kafedramizda qilinayotgan to'g'ri ishlarimizdan biri, Xalq cholg'ulari orkestrini shakillantirish kafedramiz talabalari oldiga qo'ygan vazifadir. Aynan manashu ikkinchi asar o'rniga yosh kompozitorlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarni olib, uni kompozitor ustozi va o'zi hamkorligida yangi asarni kashf etilishida, Xalq cholg'ulari orkestri repertuarida yangi bebaho durdona asarning paydo bo'lishi zamin yaratadi. Kompozitorlik faoliyatini olib borayatgan hozirgi yosh talabalarda asosan Xalq cholg'ulari orkestri uchun yaratilajak asarlar bilan repertuar boyligimizni oshirish va yuqori savyada ekanligini ta'minlash.
O‘bek xalq cholg'ulari, xususan, ko'p ovozli orkestr ijrochiligi yo'lida hali juda ko'p qilinadigan ishlar bor. Xozirgi cholg'ularimiz va ijrochilgimiz ham o'z -o'zidan paydo bo'lib qolgan emas. O'zbek xalq cholg'ularini yanada sifatini yaxshilash, ijrochilik maxoratini oshirish, yangi uslubiyat va repetuarlarni boyitish, biz kabi ijodkor yoshlardan izlanish, o'z ustida tinmay mehnat qilishni taqazo etadi. Inson hayotida qo'shiq - kuyning hamisha o'z o'rni, o'z vazifasi mavjud - u ermak uchun to'qilmagan, bekorchilikdan eshitilmaydigan ma'naviy manbaadir. Qo'shiq va kuylar insonlarni yashashga xattoki kurashga chorlagan, mehnatga, muxabbatga ruhlantirgan, dard-u qayg'usiga malham, baxt- u quvonchiga sherik bo'lgan mo'jizakor ohang sexridir. U xalq orzu - umidlarining ifodasi, xalq ruhiyatining ko'zgusi hisoblanishi shundan. Lekin, afsuski hozirda yoshlar tarbiyasida musiqa san'atidan foydalanishning dolzarbligi ayanchli holdir.
s
XULOSA Xulosa o'rnida aytishimiz mumkun, San'at ilohiy tushuncha, u insoniyat dunyoga kelgan kundan boshlab uning ong- u shuuriga, yuragiga singib boradi. Bu yorug' olamni ko'zimiz bilan ko'rgan kundan boshlab, qulog'imiz ostida jarang sochgan ona allasi ohangining sexri bilan biz ona Vatanni, ona Tabiatni, Oilani, Ota-ona singari tushunchalarni anglay boshlaymiz, qalbimizda mehr - oqibat, do'stlik, muhabbat, g'amxo'rlik hislari paydo bo'la boshlaydi.
Yangi tarixni yaratish – eng avval xolislik, halol ilmiy tahlil, tarixiy manbalardan mantiqiy foydalanish demakdir. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidik: “O’zbek olimlarining kuch – g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan – ko’p muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi… o’tmishimizni “oqlash” vazifalari, umuman olganda, bajarib bo’lindi; hozir esa aosiy vazifa tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirishdan iborat.”1 Darhaqiqat tadqiq qilinayotgan davr nihoyatda murakkab, og’ir va chalkashliklarga boy. Yangi tariximizni yaratish yo’lidagi bu izlanish davomida Prezidentimizning o’git va maslahatlariga to’liq rioya qilindi.
O’tmish tarixiga nazar tashlash shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston xalq maorifi tadqiq etilayotgan davrga qadar taraqqiyotning uzoq yo’lini bosib o’tgan. Uning ildizlari qadim o’tmishga borib taqaladi. Xalqimiz azaldan yuksak ma’naviyati, marifati va ilmiy chanqoqligi bilan ajralib turgan. Yevropada hali ijtimoiy taraqqiyot yuzaga kelmasidan ancha ilgari Markaziy Osiyoda yozuv tarqalib, yosh avlodni o’qitish ishlari tashkil etilgandi.
Milliy madaniyat, ilm – fan va maorif taraqqiyotiga arablar fathi ko’p jihatdan ta’sir etgan. Islom dini va arab yozuvi tarqalishi bilan-VIII sasrdan boshlab yoshlarga ta’lim va tarbiya berish asosini musulmon maktab va madrasalari tashkil etdi. Musulmoncha diniy ta’lim tizimi shaxsning axloqiy – ma’naviy kamolotini milliy va diniy – ahloqiy qadriyatlarni egallashga yo’naltirilgan edi. Diniy ruhini poklash, islom dini o’gitlari, yaxshilik va adolat g’oyalarini inson ongiga singdirardi.
Maktablar, musulmon ta’lim tizimi boshlang’ich bosqich sinifida, yoshlarning o’qish va yozishni o’rganishlariga ko’maklashar, muqaddas Qur’oni karim oyatlari, Hadisi sharif va boshqa diniy adabiyotlar bilan tanishtirardi. Madrasalar o’rta va oliy ta’lim o’quv yurtlari sanalib, ijtimoiy hayotning turli sohalari uchun milliy mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi istilo qilgach, ta’limning musulmon tizimiga muqobil bo’lgan dunyoviy ilmlar tizimi yuzaga kela boshladi. U, eng avvalo kelgindi rus aholisini o’qitish Chor rejimiga sodiq kishilarni tarbiyalash ishlariga qaratilgan edi. Chorizm ma’muriyati mustabid – ruslashtirish siyosatini olib borar, musulmon maktablari ta’sirini kuchsizlantirish uchun eng avval o’z maqsadi, g’oyalariga xizmat qiladigan yoshlarni tarbiyalab yetishtiruvchi o’quv muassasalari tashkil etishga intilardi. Biroq mahalliy aholi baribir an’anaviy maktabni afzal ko’radi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida musulmon o’quv yurtlari ta’lim tizimida muayyan o’zgarishlar ro’y berdi. Avvalo o’quv dasturlariga dunyoviy umumta’lim fanlari kiritila boshlandi. Bu g’oyalar jadid yangi usul maktablarining vujudga kelishida o’zining to’liq aksini topdi.
Bugungi kunda shu narsa ayonki, Stalincha madaniy siyosat baynalmilallashtirish suratlarni oshirishga qaratilgan bo’lib oshkora buyuk davlatchilik ruslashtirish xususiyatiga ega edi. Bu siyosat asosini kommunistik rahbariyat millat manfaatlariga zid ravishda chiqargan qarorlarining so’zsiz ijrochilari tarbiyalash va mafkuraviy manqurtlash tamoyillari tashkil etar edi. Uning amalga oshirilishi o’quv tarbiya jarayoniga katta putur yetkazib yoshlarni milliy ildizidan ko’p asrlik madaniyatidan bebahra bo’lishiga olib keldi. Nihoyat darajada siyosiylashtirilgan o’quv yurtlari ma’lum ma’noda umumiy bilim bersada ammo ham maktab o’quvchilari, ham bo’lajak muallimlarni tarbiyalash nuqtayi nazardan, ular o’tmish avlodlarning ma’naviy ahloqiy tajribasidan uzib qo’yilgani bois, ona zamin muhabbatidan milliy ma’naviyatdan mahrum edilar. Ilg’or fikrli milliy o’qituvchilar yoshlarga o’z xalqi o’tmishiga qiziqish uyg’otishga, ularning ko’p asrlik ma’naviy – axloqiy qadriyatlar bilan tanishtirishga imkon qadar intilishar edi. Biroq mavjud totalitar – qatag’on tizimi bunday sa’y - harakat va imkoniyatlarni cheklab qo’ygan edi. Nihoyat O’zbekiston mustaqillikka erishib, milliy davlatchilik tizimi barpo etilgachgina vaziyat tubdan o’zgardi. Endilikda mustaqilik rivojlanish yulidan borayotgan o’zbek xalqi o’zining ma’naviy qadriyatlari va diniy e’tiqodini qaytadan tiklamoqda. Mustaqillik ma’naviyatini mustabid mafkura iskanjasidan ozod qilib, hur fikrlilik, milliy mafkuraning shakllanishi rivojiga keng yo’l ochib berdi. Mustaqil O’zbekiston olib borayotgan islohotlarda xalq ta’limi o’zining munosib o’rnini egalladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon uning xalq ta’limi chuqur o’zgarishlarga yuz tutdi. Xalq ta’limi aholi o’rtasida milliy ma’naviyatimiz qadriyatlarimizning tiklanishiga faol ko’maklashib, yoshlarni ko’p asrlik ahloqiy ma’naviy qadriyatlar, shuningdek, bugungi tanlagan yo’limiz to’g’riligiga ishonch ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan. O’quv tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishda asosiy vazifa sifat jihatidan yangi tafakkurni shakllantirish, yoshlarga mustaqil O’zbekistonning kelajagi haqida qayg’urish, o’z xalqi sha’nini yuksaklarga ko’tarish, vatan ravnaqi yo’lida butun ijodiy kuchlarni safarbar etish hissini tarbiyalashdan iboratdir.
Milliy xalq ta’limi tizimini yangilashning o’tish bosqichida ko’plab qiyinchilik va murakkab muammolar yuzaga keldi. Biroq respublika o’qituvchilari kelajakka ishonch bilan boqmoqda. Milliy maktab bugungi kunda qurilajak insonparvar jamiyat ma’naviyat asoslarini mustahkamlashning ma’naviyat chashmasining tozalashning tarkibiy qismiga aylandi.