Kurs ishining maqsad va vazifalari: xalq cholg‘ularida ijodkorlik san’atining ikki asosiy yo‘nalishda rivojlanishi– buyruqbozlik usuli o‘rnatilgan va avjiga chiqqan davrida O‘zbekistonda madaniyatning rivojlanish jarayonlarini o‘rganish ilmiy ishimning maqsadidir.
Ushbu maqsadga quyidagi vazifalarni: - O‘zbekistonda umumiy ta’lim tizimarining shakllanishini va ma’muriy-buyruqbozlik boshqarishi sharoitidagi ahvolini;
- oliy, o‘rta maxsus va kasb ta‘limining madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etish jarayonlarini;
- maktabdan tashqari ta‘limning aholi savodsizligini va chalasavodlikni tugatishdagi o‘rnini;
- ilm, fanning mustabid tuzum tazyiqiga qaramay kishilarning dunyoqarashini rivojlantirishdagi va xalq xo’jaligi muammolarini hal etishdagi vazifalarini;
- adabiyot va san’atning madaniyatning rivojlanishiga ta’sirini va ushbu jarayonlarda erkin ijod bilan ma’muriy–buyruqbozlik boshqarishi o’rtasidagi ziddiyatlarni;
- madaniy – ma’rifiy ishlarning xalq madaniyati va ijodining rivojlanishi jarayonlariga ta’sirini tadqiq etish orqali erishiladi. Kurs ishining metodologik asosini: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixiy xotirani shakllantirish, o’zbek xalqining tarixiy – madaniy merosini o‘rganish, milliy ma‘naviy qadriyatlarni tiklash haqidagi fundamental ahamiyatga ega asarlari, fikr – mulohazalari, ko‘rsatmalari va farmonlari tashkil etadi.
O‘zbek tarixchi – olimlarining mustabid tuzum hukmronlik qilgan va ommaviy qatag’onlar uyushtirgan davr tarixini o’rganish jarayonida chiqargan ilmiy – nazariy xulosalari, milliy madaniy rivojlanishining ijtimoiy tarixiy xususiyatlari haqidagi fikrlari ilmiy ish uchun konsepsual ahamiyatga ega. Ilmiy ishda falsafaning milliy va umuminsoniy madaniyatlarning uzviy bog’liqligi, xalq madaniyati, san’ati, ijodining tadrijiy rivojlanishi qonunlariga buysunishi haqidagi hulosalarga ham tayanildi.
Kurs ishining obyekti: sifatida mustaqillikgacha bo‘lgan davrda ma’daniyat musiqa ta’limi sohasidagi o‘zgarishlar va amalga oshirilgan amaliy ishlar belgilab olindi.