2. XALQ CHOLGʻULARI ORKESTRI
Xalq cholgʻulari orkestri - orkestr turi; koʻp ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (mas, faqat torlichertma) cholgʻulardan va turli (mas, torli, puflama va urma) cholgʻular guruhlaridan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy cholgʻu ansambllar tarkibida oiladosh cholgʻular (mas, dutorning prima, alt, bas, kontrabas turlaridan iborat) guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yoʻllarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Oʻzbekistonda birinchi Xalq cholgʻulari orkestrio. 1937 yilda N. Mironov tashkil etgan "Nota orkestri"dir. Mazkur jamoa Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli (rahbar T. Jalilov) sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi anʼanaviy xalq cholgʻulari, fortepiano, truba, trombondan iborat boʻlib, repertuaridan qayta ishlangan "Qarinavo", "Segoh" kabi oʻzbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa namunalari oʻrin olgan.
1938 yilda Oʻzbek davlat filarmoniyasi qoshida Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi — A. Petrosyans (1966 yilda orkestrga Toʻxtasin Jalilov nomi, 1980-yil "Davlat", 1991-yil "akademik" unvonlari berildi. 1976 yildan badiiy rahbari va bosh dirijyori — Foruq Sodiqov). Mazkur jamoa tarkibiga dastlab anʼanaviy (nay, qoʻshnay, surnay, gʻijjak, doira, nogʻora kabi), soʻngra qayta ishlangan (12 pogʻonali teng temperatsiya qilingan tenor va bas changlari, afgon va qashqar ruboblari, dutor) hamda yangitdan yaratilgan (rubobprima, dutor-bas, gʻijjak-kontrabas va boshqalar) sozlar kiritilgan. Repertuaridan M. Burhonov, S. Aliyev, S. Gabrielyan, B. Giyenko va boshqa tomonidan qayta ishlangan oʻzbek xalq kuylari, Oʻzbekiston kompozitorlari (S. Boboyev, Sayfi Jalil, Gʻ. Qodirov, F. Nazarov, T. Qurbonov, F. Alimov va boshqalar) yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, konsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflari (P. Sarasate, P. Chaykovskiy, G.Sviridov kabi)ning ommabop musiqa asarlari oʻrin olgan.
1957-yil Oʻzbekiston radiosi qoshida Xalq cholgʻulari orkestri tashkil etildi (1989 yildan Doni Zokirov nomida). Asoschisi, birinchi badiiy rahbari va bosh dirijyori — D. Zokirov (1986—2000 yillarda — M. Bafoyev, 2002 yildan H. Rajabov). Ijro uslubida koʻp ovozli musiqa tamoyillari bilan milliy musiqa anʼanalari uygʻunlashgan. Orkestr tarkibida sozanda sifatida faoliyat koʻrsatgan bastakorlar (M. Mirzayev, F. Toshmatov, K. Jabborov, Faxr. Sodshov, S. Kolonov, X. Joʻrayev va boshqalar) orkestr uchun koʻpgina asarlar yaratishgan. Repertuaridan, shuningdek, D. Zokirov, T. Jalilov, S. Yudakov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev va boshqa oʻzbek kompozitorlari asarlari asosiy urin olgan.
1991-yil "Soʻgʻdiyona" oʻzbek xalq cholgʻulari kamer orkestri tashkil topdi (asoschisi — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsattan artist, professor F. Abduraximova). Repertuaridan qayta ishlangan oʻzbek kuylari hamda zamonaviy oʻzbek kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Mazkur jamoa chet el mamlakatlarida (AQSH, Ispaniya va boshqalar) gastrolda boʻlgan.
Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari rang-barang tarzda, oziga xos shakllardan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos ravishda shakllanib, asrlar osha rivoj topib kelgan. Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Farobiy (IX asr) o'zining "Katta musiqa kitobi"da, Safiuddin Urmaviy (XII asr) Musiqiy risolasida, Abdulqodir Marog'iy (XIV asr) "Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy" risolasida, Ahmadiy (XIV asr) "Sozlar munozarasi" asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) "Risola dar bayoni qonuni va amali musiqiy" risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr), Amuliy (XVI), Darvesh Ali Changiy (XVII) musiqiy risolalarida musiqiy cholg'ularni o'rganib, tadqiq etish masalalarini turli tomonlariga to'xtalib, o'z davrining musiqiy cholg'ulari tasnifotini bayon etganlar. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlari va ularning mohir ijrochilarini qayd etishda cholg'ularga murojaat etganlar.
Ayniqsa, o'z ijodi bilan ma'rifat darajasiga erishgan buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hazratlari musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz tarmoqlariga urg 'u berib o'tganlarini ul zotning asarlaridan bilib olish mumkin. XX asrga kelib Eyxgorn, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayev kabi olimlar musiqiy cholg'ular va ularda ijrochilik masalalarini o'rganish xususida samarali harakatlarni amalga oshirganlar.
Tarixiy qo'lyozmalar, adabiy asarlar va musiqiy risolalarda O'rta Osiyo xalqlari cholgu ijrochiligi amaliyotida vujudga kelgan cholg'ularning nomlari o'z ifodasini topgan. Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbati, sozgarlik mezonlari, cholg'ular tayyorlashda ishlatiladigan daraxtlar va materiallar haqida malumotlar keltirilgan.
Ularda torli cholg'ulardan: Borbad, Ud, Rud, Qo'biz, G'ijjak, Navha, Nuzxa, Qonun, Chang, Rubob, Tanbur, Dutor;
Damli cholg'ulardan: Ruhafzo, Shammoma, Organun, Sibizg'i, Nayi anbon, Chag'ona, Bulamon, Surnay, Nay, Qoshnay, Karnay;
Urma zarbli cholg'ulardan: Daf, Doira, Nog'ora, Safoil kabilar to'g'risida turli darajadagi ma'lumotlar keltirilgan.
Al Farobiy, Abdurahmon Jomiy, Amuliy, Darvesh Ali Changiy, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayevlar o'z risolalarida cholg'ular va ularda ijrochilik masalalariga katta e'tibor bilan yondoshib, cholg'ularni amaliyotdagi tutgan o'rni, ayrim falsafiy xususiyatlari hamda ma'lum darajada tasnifoti bilan yoritganlar.
Davrlar jamiyat taraqqiyoti mezoniga cholg'ular ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbaalarda Qulmuhammad Udiyning Ud cholg'usiga tоrtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va tоrtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va ovoz mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'naviy va moddiy qiymatini ham belgilashga asos ЬоНЬ xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u gо'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.
XIX asr oxiri va XX asrning о'zida Chang va Qashqar rubobi shakllandi hamda cholg'u ijrochiligidan keng о'rin egalladi. Ud va Qonun cholg'ulari qayta tiklanib, ijrochilik amaliyotini sezilarli darajada boyitdi. Afg'on rubobi hamda Kurd sozi ham оziga xos jozibasi bilan cholg'u ijrochiligidan munosib опп oldi.
Musiqiy cholgularning ta'rifi, shakllari, tuzilishlari, tarkibiy jihatlari, ijrochilari bilan bog'liq ma'lumotlar, asosan о^ asrlardan boshlab badiiy adabiyotlar hamda musiqiy risolalarda yoritila boshlandi. Demak, о'rta asrlarga kelib, qadimdan shakllanib, takomillashib kelgan xalq musiqiy cholg'ulari ijrochilik amaliyotida о^ о'тт topgan.
Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Al Xorazmiy, Zaynulobiddin Husayniy, Sayfiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, о^ risolalarida cholg'ular va ularning bir qator sifat va xususiyatlari haqida оz risolalarida mufassal bayon etganlar. О'Гд asrda yozilgan musiqiy risolalarda cholg'ularning takomillashishi hamda rivoji yо'lida qilingan о'zgarishlar, yaratilgan yangi cholg'ular va istemoldan chiqqan cholg'ular tasnifotini to'rish mumkin.
XIX asrning II yarmiga kelib о'zbek an'anaviy cholg'ularini о'rganishga alohida ahamiyat berila boshlandi. О'1-ta Osiyo xalqlari madaniyatiga qiziqish G'arb mamlakatlarida ortib bordi va uni о'rganish maqsadida mutaxassislar kela boshladi. Marko Polo, Vamberi, Ankomin, Leysek, Eyxgorn kabi sayohatchi etnograflar, tarixchilar, kopelmeysterlarning kundaliklarida qayd etilgan ma'lumotlar keyinchalik yirik-yirik maqolalar va kitoblar tarzida nashr etildi.
XX asrga kelib cholg'u ijrochiligi san'atida keng ommalashgan cholg'ularni о'rganish va tadqiq etish ishlariga e'tibor kuchaydi. Bu ishni atoqli jadidchilik harakati namoyandalaridan Abdurauf Fitrat boshlab berdi. Undan sо'ng musiqashunos olimlar
Musiqa cholg’u asboblarini (rekonstruksiya qilish) o’zgartirish ya’ni ularni yangi texnologiya, muayyan shakllarida o’zgartirishlar kiritish bilan yasashni anglatadi. Undan asosiy maqsad tovush (ohang) xususiyatlarini yaxshilash, cholg’ularda yangi texnik imkoniyatlar yaratish, (tovush tusi) nozikliklariga erishgach, 12 bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, tovushqatorlarni kengaytirishdir. Demak rekonstruksiya, musiqa cholg’u asboblarini takomillashtirish, cholg’ularini mustahkamligini, chidamligini, ayrim qismlarning sezgirligini oshirish, tovush (ohang) hosil qilish sifatini, zamonaviy ijrochilikning yuksak texnik va badiiy talablariga javob bera oladigan darajada yaxshilashni anglatadi.
Qardosh xalqlar musiqasi tadqiqotchisi V.M.Belyayev o’zining "O’zbek xalq cholg’u asboblari" kitobida (Moskva 1933 yil ) o’zbek xalq cholg’ularini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish zarurligi muammosini ko’tarib chiqdi. U hozirgi paytda universal nota yozish vositasi sifatida Ovropa nota yozuvi asosida o’zbek musiqa asboblarini standart tuzilishini aniqlanishni taklif etdi.
O’zbek halq cholg’ulari xilma-xil bo’lganligi uchun uni takomillashtirish nihoyatda qiyin vazifa edi. O'zbekiston radiosi qoshidagi D.Zokirov nomli O'zbek xalq cholg'ulari orkestri va O'zbekiston Davlat Flarmoniyasi qoshidagi T.Jalilov nomli O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari ijodiy faoliyati orqali o'zbek xalq cholg'ulari orkestri ijrochiligi yoshlar orasida sevib tinglanib asta-sekin ommalashdi. Xalq cholg'ulari orkestrini tashkil etib, unda manashu yangi sarlarni ijrosi va taxlili ustida ishlash masalasini o'rtaga tashlasak, yani hozirda repertuarimizni boyitish maqsadida kafedramizda qilinayotgan to'g'ri ishlarimizdan biri, Xalq cholg'ulari orkestrini shakillantirish kafedramiz talabalari oldiga qo'ygan vazifadir. Aynan manashu ikkinchi asar o'rniga yosh kompozitorlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarni olib, uni kompozitor ustozi va o'zi hamkorligida yangi asarni kashf etilishida, Xalq cholg'ulari orkestri repertuarida yangi bebaho durdona asarning paydo bo'lishi zamin yaratadi. Kompozitorlik faoliyatini olib borayatgan hozirgi yosh talabalarda asosan Xalq cholg'ulari orkestri uchun yaratilajak asarlar bilan repertuar boyligimizni oshirish va yuqori savyada ekanligini ta'minlash.
Asta-sekinlik bilan an’anaviy cholg’ularning eski namunalari o’rniga zamonaviy ijrochilikning yuksak talablariga javob bera oladigan yangi namunalar paydo bo’la boshladi, va mavjud bo’lgan musiqa asboblarini yanada takomillashtirishga urinishlar bo’ldi. Chang, g’ijjak kabi cholg’ularga qo’shimcha torlar qo’yilgach, bu qo’shimcha torlar ularning ohang doirasini ancha kengaytirdi.
XX asr 30-yillarning boshlarida musiqa cholg’ulari yasash ustasi Usta Usmon Zufarov (1892 -1981 yil) ko’plab dutor, tanbur, g’ijjaklarning turdosh oilasini yaratdi.
Matyusuf Xarratov changni takomomillashtirish ustida saboq bilan ishladi. O’sha paytdagi chang kichik hajmga (diapazonga) ega edi. Izlanishlar natijasida M.Xarratov changning taraqqiyoti mezoniga cholg'ular ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbaalarda Qulmuhammad Udiyning Ud cholg'usiga tоrtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va tоrtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va ovoz mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'naviy va moddiy qiymatini ham belgilashga asos ЬоНЬ xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u gо'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.
Taraqqiyoti mezoniga cholg'ular ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbaalarda Qulmuhammad Udiyning Ud cholg'usiga tоrtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va tоrtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va ovoz mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'naviy va moddiy qiymatini ham belgilashga asos ЬоНЬ xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u gо'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.
yuqori registrini qo’shimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytirdi. O’zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari milliy ansamblning rahbari Yunus Rajabiy, Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas (katta dutor) g’ijjak bas (katta g’ijjak) g’ijjak alt namunalarini yaratdilar. Bu cholg’ular unison va ansambl jo’rligida, keyinchalik orkestr tarkibiga kiritildi.
O’sha paytda musiqa asboblarini yasash uchun maxsus ustaxonalar ochish boshlandi, Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro’zimat Isaboyev (1885-1964 yil) boshchilik qildi. U ijrochilar tomonidan keng qo’llanilgan bir necha yarim tonli xromatik chang yasadi. Buxorolik Usta Hoji ota, Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinov, Usta Ma’rufjon Toshpo’latovlar bir qancha o’zbek xalq cholg’u asboblarini hozirgi zamonaviy yangi turlarini yaratishdi.
Toshkentda qo’shnay va surnay asbobini taniqli sozandalar Xayrulla Ubaydullayev, Usta Qayum surnaychi takomillashtirishga urinishdi. XX asr 30-yilning o’rtalaridan boshlab o’zbek xalq cholg’u asboblarini sistematik tarzda takomillashtirish ishlari qizg’in tus oldi.
A.I.Petrosyans rahbarligi ostida bir gurux soz ustalari Usta Usmon Zufarov, V.A.Romanchenko, A.A.Kevkoyans, S.Ye.Didenko, V.V.Andreyevning tajriba va ijodiy yutuqlariga tayanib, dutor va tanburni turdosh oilalarga bo’lishga harakat qildilar. Asos sifatida sof yarim ton hosil qiluvchi, ya’ni xromatik teng yarim tovushqatoriga ega 12 bosqichli ravon sur’atlarga bo’lingan tovush qator qabul qilindi.
Keyinroq g’ijjaklarning kvarta, kvinta sozli turkumi yaratildi, ruboblar takomillashtirildi, prima (kichik rubob) ixtiro qilindi. Yangi musiqa asboblari avvaliga A.I. Petrosyans tashabbusi bilan Toshkent Davlat musiqa bilim yurtida tashkil qilingan o’quv cholg’u orkestr sinfida sinaldi. Keyinchalik O’zbekiston Davlat filarmoniyasi orkestrida cholg’ularni rekonstruksiya qilish tajribaxona vazifasini o’tadi.
1943 yilga kelib halq cholg’ularining rivojlangan turlari anchaga ko’paydi. 50-yillarga kelib sinov tajribaxonasida Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qoraqalpog’iston halq musiqa cholg’ulari ham rekonstruksiya qilindi va takomillashtirildi. Qirg’iziston uchun qobizlar: prima, sekunda, alt, (pardali va pardasiz) bas va kontrabas turlari, torli mizrobli qobizlar: prima, tenor, alt, kamonchali qobizlar; alt, kontrabaslar, Qoraqalpoq cholg’ularidan dutorlar turkumi, mizrobli dutorlar paydo bo’lishi va orkestr tuzilishidagi ulkan yutuqlar yuzaga keldi.
1948 yilga taraqqiyoti mezoniga cholg'ular ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbaalarda Qulmuhammad Udiyning Ud cholg'usiga tоrtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va tоrtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va ovoz mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'naviy va moddiy qiymatini ham belgilashga asos ЬоНЬ xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u gо'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.
1955-60- yillarda orkestr ijrochilar soni yuzga yaqinlashib bordi, orkestr tarkibida urma zarbli litavra, triugolnik, baraban, doiralar, torli-kamonchali musiqa cholg’ulariga g’ijjak: prima alt, bas va kotrabaslar, torli urma chang cholg’usining prima, tenor, alt, bas, tanbur I-II, torli-mizrobli prima ruboblar, afg’on rubobi va qashqar ruboblari, shuningdek dutorlar oilasi: prima, sekunda, alt, tenor, bas, kontrabaslar, damli puflama asboblari nay, pikkalo, goboy, klarnet, surnay, qo’shnay asboblari kiritildi va shu musiqa cholg’ulari ijrosida turli halqlar musiqasini ijro etish imkoniyatlari yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |