3-mavzu: analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi



Yüklə 144,02 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü144,02 Kb.
#197915
  1   2   3   4   5
3-mavzu analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja

3-MAVZU:ANALIZATORLARNING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI


Reja:

  1. Organizm faoliyatida sezgi organlarining roli.

  2. Ko‘rish organing yosh hususiyatlari.

  3. Teri, hid bilish va ta’m bilish organlarining umumiy tuzilishi.

  4. Eshitish organining yosh xususiyatlari.

  5. Ko‘rish va eshitish organlarining gigiyenasi.



Tayanch tushunchalar: Analizator, sklera, rangdor parda, to‘r parda, gavhar, ko‘z akkomodatsiyasi, yaqindan va uzoqdan ko‘rish, nog‘ora pardasi, uzangi, sandon, bolg‘acha, evstaxiy nayi, chig‘anoq, yarim aylana kanallar.

Tashqi dunyodan ta’surotlarni qabul kiluvchi organlarga sezgi organlari deb ataladi. Oliy nerv faoliyatini o‘rganish mobaynida analizatorlar haqida tasavvurlar vujudga kelgan. I.P.Pavlov ta’limoticha analizatorlar uch qismdan: analizatorlarning retseptor qismi-retseptor: O‘tkazuvchi qism; markaziy yoki markaziy qismdan tashkil topgan yagona funksional sistemadir.


Bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida har bir analizatorning oliy markazi joylashgan bo‘ladi. Pereferik qism - ma’lum turdagi ta’sirlovchilarni qabul qiladi. O‘tkazuvchi qism qo‘zg‘alishlarni markaziy nerv sistemasiga o‘tkazadi. Retseptorlar turli xil bo‘ladi: fotoretseptorlar, termoretseptorlar, mexanoretseptorlar.
Analizatorlarga: 1.Teri analizatorlari. 2.Xid bilish analizatorlari. 3.Eshitish analizatora 4.Ko‘rish analizatori. 5.Maza bilish analizatori.Har bir organ ma’lum ta’sirotni qabul qiladi.
Korti a'zosi besh qator bo'lib joylashgan tukli hujayralardan tuzilgan. Bu a'zoning har bir qatori 60-70 ta tukli retseptor hujayralardan iborat. Hujayralarning tuklari turli uzunlikda bo'lib, eng kalta tukligi (130-135 mkm) hujayra chig'anog'ining asosida (lamina basilaris) joylashgan. Chig'anoq asosida chig'anoq yo'liga ko'tarilgan sari hujayralarning tuklari asta-sekin uzunlashadi. Eng uzun tukli (230-234 mkm) retseptor hujayralar chig'anoq yo'lining uchidajoylashgan. Ularning ustki tomonida tomsimon plastinka (membrana tectoris) bo'ladi. Uning bir uchi tukli hujayralar ustida, erkin ikkinchi uchi chig'anoqning asosiy membranasiga birikib joylashgan1.



Yüklə 144,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin