3-mavzu: analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi



Yüklə 144,02 Kb.
səhifə3/5
tarix26.12.2023
ölçüsü144,02 Kb.
#197915
1   2   3   4   5
3-mavzu analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja

Eshitish analizatori


Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funksiyasini bajaradi, Eshitish analizatori 3 qismga - tashqi, o‘rta va ichki qismga bo‘linadi. Tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat qiladi. Tashqi eshituv yo‘lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo‘li devorchalarida maxsus bezchalar bo‘lib, ular yopishkoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida 01 mm qalinlikdagi nog‘ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo‘lib elastikdir. Nog‘ora parda havo to‘lqinlarining ta’sirida tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o‘rta quloqka o‘tkaziladi. O‘rta quloq nog‘ora bo‘shlig‘idan, eshituv suyakchalaridan ya’ni - bolg‘acha, sandon va uzangi va evstaxiydan iborat.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy nayi yordamida burun xaliga to‘tashadi. Eshituv suyakchalari nog‘ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko‘paytiradi. O‘rta quloq bo‘shlig‘idagi bosim tashqi bosimga barobar bo‘lgandagina nog‘ora pardasi normal ravishda tebranadi. O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy nayi orqali burun halqumiga to‘tashganligi tufayli nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib turadi. Bosim farq qiladigan bo‘lsa, eshitish o‘tkirligi bo‘ziladi. Nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim xaddan tashqari ko‘p farq qiladigan bo‘lsa, parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chiranoq yarim aylana kanallar - labirint va daqlizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu erda gavda holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu er muvozanat organi hisoblanadi.
Bolalarda muvozanat oragani ba’zan ko‘zg‘aluvchan bo‘lib, buning natijasida dengiz kasalligi vujudga keladi. Chig‘anoq eshitish organi, uning ichida tovush sezuvchi Kortiev organi joylashgan. Odam qo‘log‘ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo‘lib, sekundiga 16 dan 20000 gs gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog‘lombo‘lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. O‘rta quloqning yallig‘lanishi, ya’ni ottit kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o‘tkazish tavsiya etiladi.
O‘rta quloq (auris media) nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan tashkil topgan.
Nog‘ora bo‘shlig‘i (cavum tympani) chakka suyagining toshsimon qismi bag‘rida joylashgan bo‘lib, tashqi tomondan bo‘shliq sifatida nog‘ora pardasi bilan chegaralanadi.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining hajmi 0,75-0,1 mm3 bo‘lib, uni oltita devor chegaralab turadi:

    1. Yuqori devori - paries tegmentalis (nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi - tegmen tympani) chakka suyagi piramida qismining yupqa plastinkasidan tuzilgan bo‘lib, o‘rta quloqni kalla bo‘shlig‘idan ajratib turadi.

    2. Orqa devori - so‘rg‘ichsimon o‘siqqa qaragan devori (paries mastoideus), u nog‘ora bo‘shlig‘ini so‘rg‘ichsimon o‘siq ichidagi havo saqlovchi katak (cellulae mastoideae) bilan qo‘shadigan bir nechta teshikchalardan iborat. Bu teshikchalardan eng kattasi g‘orsimon katak (antrum mastoideum) deb ataladi. Kirish teshigidan pastroqda eminentia pyramidalis do‘mbog‘i bo‘lib, unda m.stapedius joylashgan.

    3. Pastki (bo‘yinturuq venasiga qaragan devori – paries jugularis) chakka suyagining piramida qismidagi pastki yuzada joylashgan bo‘yinturuq chuqurchasi (fossa jugularis) bilan chegaralanadi. Bu chuqurchada bo‘yinturuq vena joylashgan.

    4. Oldingi (ichki uyqu arteriyasi devori - paries caroticus) yupqa plastinkadan tuzilgan bo‘lib, nog‘ora bo‘shlig‘ini ichki uyqu arteriyasi joylashgan kanaldan ajratib turadi. Bu plastinkaning yuqorisidan Yevstaxiy nayining ichki teshigi - oseteum tympanicum tubae auditivae ko‘rinadi. Bu teshik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va bolalarda keng ochilib turadi. Shuning uchun ham burun, tomoqqa tushgan infeksiyalar o‘rta quloq va kalla bo‘shliqlariga o‘tishi mumkin.

    5. Ichki (ichki quloqqa qaragan devori - paries labyrinthicus) yupqa plastinkadan tuzilgan. Devor o‘rtasida turtib chiqqan do‘nglik (promontorium) bo‘lib, u ichki quloq chig‘anog‘ining turtib chiqishidan hosil bo‘lgan. Do‘nglik pastida joylashgan dumaloq teshik (fenestra cochleae) nog‘ora parda (membrana tympani secundaria) bilan qoplangan. Do‘nglikning yuqorirog‘ida joylashgan oval teshikka fenestra vestibuli deyiladi. O‘rta quloqda joylashgan uzangi suyak asosi uni berkitib turadi. Oval teshik tepasida yuz nervi o‘tadigan kanal (canalis fascialis) joylashgan. Kanal devori juda yupqa bo‘lib, o‘rta quloq kasallanganda yuz nerviga ham ta’sir qiladi.

    6. Tashqi (nog‘ora pardaga qaragan devori - paries membranaceus) o‘rta quloq bilan tashqi quloq chegarasida joylashgan nog‘ora parda (membrana tympani) bilan chegaralangan. Nog‘ora parda bo‘shlig‘ining yuqori gumbaz shaklida kengaygan qismi - recessus membranae tympani superior da bolg‘acha boshchasi va sandoncha joylashgan. Nog‘ora parda tashqi quloq bilan o‘rta quloq chegarasidagi gardish egatcha (sulcus tympanicus)ga fibroz to‘qimadan tuzilgan aylana gardish (anulus fibrocartilagineus) yordamida bir oz qiyshaygan holda yopishib joylashgan. Chaqaloqlarda nog‘ora parda tik holatda ko‘rinadi. Bolg‘acha dastasi nog‘ora pardaga tegib, uni tashqi tomonga bo‘rttirib, parda kindigi (umba membrana tympani)ni vujudga keltirgan. Nog‘ora parda tashqi tomondan yupqalangan teri (stratum cutaneum) bilan, ichki yuzasi esa shilliq qavat (stratum mucosum malleus) bilan yopilgan.

Nog‘ora bo‘shlig‘ida tovush to‘lqinlarini tashqi quloqdan ichki quloqqa o‘tkazuvchi uchta eshituv suyakchalari: bolg‘acha - malleus, sandoncha - incus va uzangi - stapes zanjir kabi tutashadi. Bolg‘achaning boshi (caput mallei) bo‘yni (collum mallei) orqali dastasi (manibrium mallei)ga davom etadi. Bolg‘acha dastasi va old o‘sig‘i (processus anterior) vositasida nog‘ora pardaga tegib turadi. Bolg‘achaning ikkinchi tomoni - yumaloq boshi (caput mallei) esa sandonchaga (incus) tanasi (corpus incudis)dagi bo‘g‘im yuzasi (bolg‘acha boshi) bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.
Sandonchaning ikkita oyoqchasi bo‘lib, kaltasi - crus brevis ning uzun uchi (o‘rta quloqdagi uchinchi suyakcha) uzangi – stapes boshchasi (caput stapedis)ga bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi. Uzangi boshchasidan boshlangan old va orqa oyoqchalar (crus anterius va crus posterior) uzangining asosi (basis stapedis)ga o‘tadi. Bu asos labirint dahlizdagi ovalsimon teshikni yopadi. Nog‘ora pardaning tarang bo‘lishida va uning tebranishida bolg‘acha dastasiga yopishgan nog‘ora pardani taranglovchi muskul (m.tensor tympani) naysimon kanaldan boshlanadi va uzangining orqa oyoqchasiga yopishgan muskul - m. stapedius (piramidasimon tepalikdan
boshlangan) katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib, havo to‘lqini tashqi quloq yo‘lidan nog‘ora pardaga tegib, uni harakatlantiradi. Bu to‘lqinlanish harakati esa o‘z navbatida o‘rta quloqda joylashgan eshituv suyakchalari (bolg‘acha, sandoncha va uzangi)ni harakatlantiradi. Natijada eshitish (havo) to‘lqinini ovalsimon teshik orqali ichki quloq (labirint)ga o‘tkazadi.
Yevstaxiy nayi (tuba auditiva) o‘rta quloq bo‘shlig‘i va yutqinning burun qismi oralig‘ida joylashgan. Nayning uzunligi o‘rta yoshdagi odamlarda 30-40 mm bo‘lib, ikki (suyak va tog‘ay) qismdan tuzilgan. Suyak qismi (10-15 mm) voronkasimon shaklga ega bo‘lib, chakka suyagi tarkibidagi muskul-nay kanali (canalis musculotubarius)ning pastki yarmidan iborat. Yevstaxiy nayining qolgan 2/3 qismi 20-25 mm bo‘lib, yutqin tomonda joylashgan. Yevstaxiy nayining bir uchi (ostium tympanicum tubae auditivae)ga kengayib, o‘rta quloqqa ochiladi. Uning ikkinchi voronkasimon kengaygan qismi yutqin (ostium pharyngeum tubae auditivae)ga ochiladi. Nayni shilliq chiqaruvchi bezlarga boy shilliq qavat qoplab turadi.
Yevstaxiy nayi yutqin orqali o‘rta quloq bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Binobarin, nay o‘rta quloq bo‘shlig‘idagi havoni almashtirib, bir muvozanatda saqlab turish vazifasini bajaradi. Tovush to‘lqinlarining normal o‘tishiga imkoniyat tug‘diradi. Nay shilliq qavati yallig‘lanib, teshik berkilib qolganda muvozanat o‘zgarib, odam eshitish qobiliyatini yo‘qotadi4.
Bolalar va yoshlar sog’lom turmush tarzini yaxshilashning, ularning oila qurishi va yashash tarzini yo’lga solishning ko’zlangan muhim yondashuvidir. Bu esa ko’pincha ijtimoiy resurslarni taqsimlashdagi universal siyosat hisobiga amalga oshiriladi. Universal siyosat o’zidan bir yo’lli siyosatni olib kelmaydi. Jamiyatning sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yishni, aholini sog’lom turmush tarziga o’tkazish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy Gradientni ta’minlash uchun esa rahbariyat avvalam bor buning uchun amalga oshirilishi mumkin bolgan rejalarni ko’rib taqqoslab chiqishi lozim. Umumiy kamchilik natijasi, masalan, sogliqni saqlash borasidagi amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning tub mohiyatini yuzaga chiqarish uchun ana shunday universal siyosatning tutgan o’rnini belgilab otish masalasi ilgari surilishi kerak.5



Yüklə 144,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin