3-mavzu: analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi



Yüklə 144,02 Kb.
səhifə2/5
tarix26.12.2023
ölçüsü144,02 Kb.
#197915
1   2   3   4   5
3-mavzu analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja

Ko‘rish analizatorlari


Ko‘rish analizatori tashqi dunyodagi narsalarni rangi, shakli haqida tasavvur hosil qilishimizga yordam beradi. Ko‘zning bevosita ta’sirlovchisi yorug‘lik bo‘lib, yorug‘lik ko‘z retseptorlariga ta’sir etib kuruv sezgisini hosil qiladi. Kuruv organi bolaning 11-12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z soqk,asi va uni o‘rab to‘rgan apparatdan tashkil topgan. Ko‘z soqkasi sharga o‘xshash bo‘lib, ko‘z kosasida joylashgan. Ko‘z soqkasining devori uch qavatdan: tashqi - oqsil parda (sklera), o‘rta - tomirli parda va ichki - tur pardadan iborat. Oqsil pardaning rangi oq bo‘lib uning bir qismi ko‘rinib turadi. Skleraning orqa tomonidagi qismi teshikdir, kuruv nervi shu erdan o‘tadi. Skleraning oldingi qismi tinik, qabarik bo‘lib shox pardani hosil qiladi. Shox pardada qon tomirlar bo‘lmaydi. Tashqi pardaning ichki qismida tomirli parda bor. Bu pardada kon tomirlar va pigment ko‘p. Pigment miqdori har xil bo‘ladi. Tomirli parda oldingi rangdor o‘rta - kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismiga bo‘linadi. Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi sillik muskullar joylashgan bo‘lib, xalqa muskullari qisqarganda ko‘z qorachig‘i torayadi, radial muskullar qisqarganda ko‘z qorachig‘i kengayadi. Rangdor pardaning o‘rtasi teshik bo‘lib o‘nga ko‘z qorachig‘i deyiladi. Ko‘z soqkasining ichki pardasi ya’ni tur parda murakkab tuzilgan bo‘lib, taraqqiy etish jihatidan kuruv nervi bilan bir butun hisoblanadi. Tur parda ko‘zning butun bo‘shlig‘ini qoplab turadi. To‘r pardaning



1Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 355-370 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.



retseptorlari bo‘lib, 130 mln. tayoqcha va 7 mln. kolbochka shaklidagi bir necha qavat hujayralar hisoblanadi.
Ko‘z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya (ko‘zning moslanishi) bu ko‘zni turli uzoqlikdagi narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir.
Yaqindan va uzoqdan ko‘rish yaqindan va uzoqdan ko‘rish tug‘ma bo‘lishi shuningdek, hayot davrida ortirilishi mumkin. Normal ko‘rishda narsalarning tasviri to‘r pardada hosil bo‘ladi. Yaqindan ko‘rishda esa narsalarning tasviri to‘r pardaning oldida hosil bo‘ladi. Uzoqdan ko‘rish esa narsalarning tasviri to‘r pardaning orqasida hosil bo‘ladi. Yaqindan ko‘ruvchi kishilar narsalarni ravshan ko‘rishlari uchun ikki tomoni botik, ko‘zoynak taqishlari kerak. Uzoqdan ko‘radigan kishilarga esa ikki tomoni qavariq. ko‘zoinak taqish tavsiya etiladi. Bunday linzalar ko‘z gavharini qo‘shimcha ravishda nur to‘plash kuchini orttiradi. Keksa kishilarda gavharning elastikligi va akkomodatsiyasi yo‘qoladi. Natijada ko‘z uzoqdan ko‘radigan bo‘lib qoladi.
To‘r pardaning yorug‘lik ta’sirini sezadigan hujayralari tayokchalar bilan kolbachalardan iborat. Tayokchalar to‘r pardaning chetlarida, kolbachalar esa markazida joylashgan bo‘ladi.
Odamda ko‘z olmasi bir nechta manbaadan: yorug‘lik sezuvchi to‘r parda miya pufagining yon devoridan, ko‘z gavhari -ektodermadan, tomirli va fibroz pardalar - mezenximadan taraqqiy etadi2.
Homila taraqqiyotining 2 oyi boshlarida birinchi miya pufagining yon devorida bir juft o‘simta ko‘z pufagi paydo bo‘ladi. Uning uchi kengayib ektodermaga qarab o‘sadi. Miyaga qo‘shilgan oyoqlari torayib ko‘ruv nervini hosil qiladi. Taraqqiyotning keyingi oylarida ko‘z pufagining oldingi devori ichkariga botib kirib ikki qavatli ko‘z jomini hosil qiladi. Jomning tashqi devori keyinchalik to‘r pardaning tashqi pigmentli qismiga, ichki devori esa yorug‘lik sezuvchi qismiga aylanadi. Shu davrda ko‘z jomi oldida turgan ektoderma avval qalinlashadi, keyin unda gavhar chuqurchasi paydo bo‘lib, gavhar pufagiga aylanadi.
Homila hayotining 2 oyida ko‘z jomi ichiga mezenxima hujayralari o‘sib kirib, ko‘z jomining ichki tomonida tomirli pardani, tashqi tomonida esa fibroz pardani va qon tomirlar to‘rini hosil qiladi. Fibroz pardaning oldingi qismi rangsizlanib shox pardaga aylanadi. Homila hayotining 3 oyida ustki va pastki qovoqlar ektoderma burmalari holida paydo bo‘ladi. Ko‘zning biriktiruvchi to‘qimali pardasi (kon‘yunktiva) epiteliyasi ham ektodermadan taraqqiy etadi. Ko‘z yoshi bezi kon‘yunktiva epiteliyasning o‘simtalaridan homila hayotining 3 oyida qovoqlarning tashqi qismida taraqqiy etadi.
Yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarda ko‘z olmasi qini yupqa, ko‘z kosasining yog‘ tanachasi kam taraqqiy etgan bo‘ladi.Ustki va pastki qovoqlar (palpebra superior et inferior) ko‘z olmasini old tomondan qoplab turgan teri burmalaridir. Ular yopilgan vaqtda ko‘z olmasini himoya qiladi. Ustki qovoqni peshona bilan chegarasida ko‘ndalang bolish shaklidagi tuklar bilan qoplangan qosh (supercilum) joylashgan. Qovoqlarning oldingi yuzasi (facies anterior palpebrae) qavariq bo‘lib, terisi yupqa va nozik. Ko‘z olmasiga qaragan orqa yuzasi (facies posterior palpebrae) botiq bo‘lib, kon‘yunktiva (tunica conjunctiva) bilan qoplangan. Ularning oldingi chekkasida 2-3 qator kipriklar (cilia) joylashadi. Orqa chekkasiga yaqin joyda meybomiy bezlarining teshiklari ochiladi. Ustki va pastki qovoqlarning ichida zichligi tog‘aynikiga o‘xshagan biriktiruvchi to‘qimali qatlam ustki va pastki qovoqlar tog‘ayi (tarsus superior et inferior), ko‘z kosasining aylanma mushagi, qon tomirlar va yuqori qovoqni ko‘taruvchi mushak tutamlari yotadi. Ustki va pastki qovoqlarning chekkalari ko‘ndalang ko‘z tirqishini (rima palpebrarum) chegaralaydi. Ular ichki va tashqi tomonda birikib, qovoqlarning ichki (commissura medialis palpebrarum) va tashqi bitishmasini (commissura lateralis palpebrarum) hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qovoq tog‘aylari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Uning balandligi katta odamnikining yarmiga teng bo‘lib, 5 yoshda o‘zining doimiy o‘lchamini egallaydi. Qovoqning uzunligi esa 18-19 mm. Kipriklar ingichka va kattalarga nisbatan ko‘p. Bola tug‘ilganidan keyin uning qovoqlari yaxshi ochilib, yopilib turadi. Yangi tug‘ilgan
chaqaloqning ko‘z tirqishi tor, ichki burchagi buralgan bo‘ladi. Keyinchalik ko‘z tirqishi tez kattalashadi.
Ko‘ruv o‘tkazuv yo‘li (tractus opticus) ko‘ruv sezuvchi va ko‘ruv reflektor yo‘llarga bo‘linadi.Ko‘ruv sezuvchi yo‘l to‘rt neyrondan iborat. Uning birinchi neyroni ko‘z olmasi to‘r pardasining tayoqchalar va kolbachalardan iborat. Ularda hosil bo‘lgan nerv impul’si to‘r pardadagi ko‘ruv sezuvchi yo’lning ikkinchi neyroni bipolyar hujayralarga, ulardan esa uchinchi neyronning ganglioz hujayralariga o‘tadi. Ganglioz hujayralarning o‘simtalari ko‘ruv nervini hosil qiladi. Hosil bo‘lgan ko‘ruv nervi o‘z nomidagi kanal orqali ko‘z kosasidan kalla bo‘shlig‘iga kiradi. Kalla bo‘shlig‘ida turk egarining oldingi chekkasida nerv tolalari qisman kesishib, ko‘ruv nervi kesishmasini (chiasma opticum) hosil qiladi. Kesishmada o‘ng va chap ko‘zning to‘r pardasini ichki yarmidan kelayotgan tolalar ishtirok etadilar. Ko‘zning to‘r pardasini tashqi (chakka) qismidan kelayotgan tolalar esa o‘z tomonida qoladi va kesishmada ishtirok etmaydi. Shuning uchun ko‘ruv nervi kesishmasidan keyin hosil bo‘lgan ko‘ruv trakti tarkibida o‘z tomonidagi ko‘zning tashqi qismi tolalari va qarama-qarshi tomonidagi ko‘zning ichki qismi tolalari bo‘ladi. Ko‘ruv trakti po‘stloq osti ko‘ruv markazlari bo‘lgan tashqi tizzasimon tana va ko‘ruv bo‘rtig‘i yostiqchasida tugaydi. Po‘stloq osti ko‘ruv markazi hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan to‘rtinchi neyron ichki kapsulaning orqa oyoqchalari orqali o‘tib, bosh miya ensa bo‘lagining medial yuzasida pix egati (sulcus calcarinus) sohasi po‘stlog‘ida joylashgan ko‘ruv markazida tugaydi. To‘r pardaga tushgan tasvir 0,05 sek davomida ko‘ruv markaziga yetib boradi3.



Yüklə 144,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin