Muammoning o‘rganilganlik darajasi. XIX asrning so‘nggi choragi va
XX asr boshlarida N.I.Veselovskiy, A.A.Divayev, N.I.Mellitskiy, V.V.Bartold,
B.L.Vyatkin, Akrompolvon Asqarov, T.Mirg‘iyosov olib borgan tarixiy-
arxeologik qazishmalar o‘lkamiz xalqlariga, shu jumladan, o‘zbek xalqiga xos
turmush tarzi, xo‘jalik yuritishi, savdo-sotiq ishlari, amaliy san'ati va og‘zaki
ijodining etnik xususiyatlarini anglashga yordam berdi. Keyinchalik, tarixiy-
arxeologik izlanishlarni A.Yu.Yakubovskiy, G.P.Chabrov, G.V. Grigoryev,
A.P.Okladnikov, C.P.Tolstov, M.Ye.Masson, V.A. Shishkin, Ya.R.G‘ulomov,
B.D.Jukov, G.A. Pugachenkova, E.V. Rtveladze, V.V.Lunin kabi olimlar
davom ettirdilar.
1
Ushbu tadqiqotlarda O‘rta Osiyo sivilizatsiyasining jahon
sivilizatsiyalarida tutgan o‘rni, uning Xitoy, Hindiston, Eron davlatlari va
Yevropa qit'asi bilan integratsion aloqalari tarixiy-arxeologik manbalar bilan
ochib berildi.O‘zbek xalqi etnik madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlariga
U.H.Qoraboyev xalq donishmandligi, xalq e'tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq
odatlari, xalq ijodi, xalq o‘yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi,
milliy liboslar, xalq me'morchiligi, xalq amaliy san'ati, xalq tabobati, xalq
turmush-madaniyati kabi ko‘plab soxalarni kiritadi. Etnik madaniyatni maxsus
1
Jabborov.I.‘‘O‘zbek xalq etnogirafiyasi. -Т.: ‘‘O‘qituvchi’’, 1994. -1 9 b
5
tadqiq etgan S.A.Arutyunov esa uni insonning ma'naviy va moddiy
madaniyatlar sistemasiga ajratib qarashni taklif etadi.
K.Sh.Shoniyozov yozadi: «Etnografiya fanida elatni (millatni ham)
belgilovchi bir qancha alomatlar mavjud: xudud, til, iqtisod, madaniyat, tarixiy
qismatning umumiyligi, ong tizimi, etnosning uyushqoqligi, ma'lum bir davlat
doirasida bo‘lishi, o‘z etnik nomiga (etnomiga) ega bo‘lishi, din umumiyligi va
bir qancha boshqa alomatlar.