Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd


Yong‘oq mag‘zi va tuyalar



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/61
tarix27.07.2022
ölçüsü461,77 Kb.
#62907
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd

Yong‘oq mag‘zi va tuyalar
Bir lofchining eshagi yag‘ir bo‘lib qolibdi. Unga birov,
yong‘oq mag‘zini qo‘ying, debdi. Yong‘oq mag‘zini
qo‘ygan ekan, mag‘iz ko‘karib daraxt bo‘lib ketibdi, shig‘il
meva qilibdi. Yong‘oqlarni qoqish uchun kesak otsa, kesak-
lar sira yerga tushmas emish. Bir kun chiqib qarasa, kesak-
lar tarvuz tugibdi. Bir tarvuzni pichoqlagan ekan, o‘zi ichi-
ga tushib ketibdi. U yoq-bu yoqqa qarasa bir lofchi o‘nta
tuyani yetaklab kelayotgan emish. Nima qilib yuribsiz, deb
so‘rabdi.
— Bultur yuzta tuya yo‘qotgan edim, endi o‘ntasini
topdim. Siz nima qilib yuribsiz?
— Pichoq yo‘qotdim, — deb javob beribdi haligi lofchi.
— Yuzta tuyamni topolmayapmanu, siz pichoq topa
olasizmi, — depti keyingi lofchi.
Boshi osmonda yurardi
Bir kuni ikki lofchi uchrashib qolishibdi.
— Rahmatlik otamning bo‘yi chunon uzun ediki, boshi
osmonda yurardi, — debdi bir lofchi.
— O‘shanda otangizning boshiga biror narsa tegib
turarmikan? — deb so‘rabdi ikkinchisi. Haligi lofchi bulut-
ni aytyapti, deb o‘ylab:
— Ha, tegib turar ekan, — desa, ikkinchi lofchi:
— O‘sha tegib turgan narsa, rahmatlik otam kiygan
to‘nning etagi edi, — debdi.
Qo‘l soat
Ikki lofchi uchrashib qolishibdi. Biri ikkinchisiga maq-
tana boshladi:
— Bir qo‘l soat oldim, kattaligi Minskda chiqadigan
yuk mashinasining g‘ildiragidek keladi. Uyga borsang
ko‘rasan, strelkasiga sigir bog‘lab qo‘yibman.
— Jon o‘rtoq, o‘sha soatdan to‘rttagina topib ber, yangi
kastyum tiktirayotgan edim, tugma qilib qadab olaman.
166


LATIFALAR
Siz uyda yo‘qsiz-ku?
Afandining bolalik chog‘ida bir kuni otasi bunday dedi:
— Bugun bir odam mendan pulini qistab keladi. Men
uyda berkinib o‘tiraman, sen ularga, dadam uyda yo‘q, deb
javob bergin, xo‘pmi?
— Bordi-yu, ular meni aldab, uyga kiraman deyishsa-
chi?
— Uyga kirishmaydi. Kim kirsa ham, dadam uyda yo‘q,
degin, men uyda yo‘qman, vassalom — gap tamom, uq 
-
dingmi?
— Xo‘p, dada, aytganingizni qilaman!
Otasi uyga kirib ketdi. Afandi darvozaga qaragancha,
supada o‘tirar edi. Otasi uy ichida turib chaqirdi. Afandi
unga javob bermadi. U chaqiraverib, zerikkanidan, o‘g‘lim
o‘ynab chiqib ketibdi shekilli deb, chiqib qarasa, Afandi
darvozaga qaragancha o‘tiribdi.
— Chaqira berib ovozim bo‘g‘ildi-ku, eshitmading-
mi? — dedi xunob bo‘lib otasi.
— Nega eshitmay, eshitdim, kar emasman.
— Eshitgan bo‘lsang, chaqirganda nega uyga kirma 
-
ding?
— Uyda yo‘qman dedingiz-ku, kimning oldiga kira-
man, — dedi Afandi.

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin