Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd


Men ham yong‘oqdan qolmay



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/61
tarix27.07.2022
ölçüsü461,77 Kb.
#62907
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd

Men ham yong‘oqdan qolmay
Afandi ketayotib, bir to‘p bolalar o‘ynab turgan joydan
chiqib qoldi. U bolalarni bir sinamoq uchun ularning oldiga
borib:
— Bolalar, mana bu ko‘cha boshida yong‘oq qoqilyap-
ti, — dedi.
Bolalar duv etishib, o‘sha tomonga chopib ketishdi.
Afandi bo‘lsa:
— Men ham yong‘oqdan qolmay, — deb bolalarning
orqasidan yugura ketdi.
Xolis xizmat
Afandi bola edi. Bir notanish kishi uning qo‘liga yigir-
ma tiyin berib dedi:
— O‘g‘lim, menga bitta non keltirib ber, qolgani o‘zing-
ga.
Bir oz o‘tgach, Afandi qaytib keldi-da, issiq non
kavshab turib:
— Mana o‘n tiyiningiz, non bittagina qolgan ekan, —
deb javob berdi.
170


ERTAK
Buxoro shahrining chetrog‘ida qorako‘l bilan savdo
qiladigan savdogar yashar ekan. Uning ismi Jo‘rabek ekan.
Jo‘rabekning shaharda o‘n bitta hovlisi, G‘urbun qishlog‘ida
o‘n ikki tosh tegirmoni, qirq tanob bog‘-chorbog‘i, ikkinchi
qishloqda o‘n ikki tosh tegirmoni, o‘ttiz ming qo‘yi, ming
bosh ot, tuyasi, sigir-buzoqlari bo‘lgan ekan. Savdogarning
Olimjon degan yolg‘iz o‘g‘li bor ekan. Lekin otasining davri-
da ot surib, jo‘ralari bilan kayf-safo qilib yurgan o‘g‘ilning
hunari yo‘q ekan. Ota-onasining hunar o‘rgan, deb qilgan
nasihatlari unga sira kor qilmas ekan.
Oradan ancha yillar o‘tibdi. Jo‘rabek savdogar bir kuni
o‘g‘lini chaqirib vasiyat qilibdi:
— Olimjon o‘g‘lim, butun molu-davlatimning
merosxo‘ri sensan. Ammo menga ravshanki, men ne azob-
da yiqqan davlatni nes-nobud qilib tugatasan. Shuning
uchun oxirgi vasiyatimni unutma. Shu hovlimizni ham
sotasan. Ammo esingda bo‘lsin, sotishdan oldin hovliga bit-
tagina tandir qurgin. Mabodo tandir qurmasang, hovlining
narxi arzon ketadi. Sen ko‘p vaqt safarda bo‘lasan.
Ehtiyotdan deb dilimdagini aytib qo‘yyapman, — debdi.
Olimjon otasining aytganini bajarishga va’da berib, qirq
jo‘rasi bilan sayohatga chiqib ketibdi. Yo‘lda ular xaloyiqni
yig‘ib voizlik qilayotgan maddohni ko‘rishibdi. Quloq sol-
salar maddoh:
— Ey, haloyiq, kim yuz tillo bersa, men bir hikmatli gap
aytaman, bu hikmat umr bo‘yi unga asqatadi, — deyayot-
gan emish.
Ammo buncha pul hech kim bermabdi. Olimjon yuz
tillo chiqarib maddohga beribdi. Maddoh Olimjonning
qulog‘iga sekingina: «Oshiq ma’shuqasini sevsin, gapim
shu. Ammo bu sirni hech kimga aytmagin», debdi. Olimjon
pulni berganiga pushaymon bo‘lib, uyiga qaytibdi. Otasi
bilan hol-ahvol so‘rashibdi-yu, lekin haligi sirdan og‘iz
ochmabdi.
Boyvachcha bir haftadan keyin yana jo‘ralari bilan ovga
chiqib ketibdi. Ovdan qaytayotib:
— Kim menga yuz tillo bersa, bitta hikmatli gapim bor,
shuni aytaman, — deyayotgan maddohni ko‘rishibdi.
Olimjon shoyad yaxshi gap aytsa, deb yuz tillo chiqarib
beribdi. Maddoh Olimjonning qulog‘iga: «Ajali yetmasa
chivin ham o‘lmaydi, bu sirni hech kimga aytma», deb
shivirlabdi.
171


Ko‘p o‘tmay savdogar qazo qilibdi.
Katta-katta xarajat qilaverib, asta-sekin otasidan qolgan
merosni, hatto bog‘u chorbog‘, tegirmonlarni sotib
yuboribdi. Oxiri navbat o‘zi yashayotgan hovliga kelibdi.
Jo‘rabek savdogar hayotligida Olimjonga bir zargarning
go‘zal, oqilona qizini olib bergan ekan. Kelin eriga:
«Otangizning vasiyatlari esingizdami, tandir qurmay hovli-
ni sotmang», deb eslatibdi. Olimjon: «Ha, darvoqe, esim-
da», deb bozorga tushib tandir sotib olibdi. Tandir qurish-
ga jo‘ralarini chaqirgan ekan, ulardan birortasi ham yaqin
kelmabdi. O‘zi g‘isht tashibdi, o‘zi loy qoribdi. Qorong‘i
tushguncha ishlab, zo‘rg‘a tandirni quribdi. Juda charchab,
holdan toyib, supaga borib o‘tirib, hashamatli hovliga bir
qarabdi-da, xotiniga: «Bir tandirni quraman deb shuncha
charchadim. Axir, bu marmar toshlarni, bu yog‘och, g‘isht-
larni, bezaklarni otam rahmatlik qanday tashib keltirgan
ekan?» debdi.
Olimjon do‘stlaridan qarz olishga qaror qilibdi va
jo‘ralarinikiga yo‘l olibdi. Ammo birinchi jo‘rasi o‘g‘liga:
«Agar Olim bo‘lsa, otam uyda yo‘qlar deb ayt», deb tayin-
lab qo‘ygan ekan. O‘g‘li chiqib: «Otam uyda yo‘qlar, bil-
mayman qayerga ketganlar», deb javob beribdi. Xullas,
Olimjon qirq jo‘rasining uyidan ham quruq qaytibdi. Uyiga
hech narsasiz qaytishga or qilib, Qoraqum cho‘liga chiqib
ketibdi. Ko‘p yo‘l yuribdi, oxiri uzoqdan katta alangani
ko‘ribdi. Yaqinroq borsa, bir quduqning ichidan alanga
chiqayotganmish. Olimjon och qolib, suvsab, madori qurib,
shu quduqning yonida uxlab qolibdi. Tongda shovqin-
surondan uyg‘onib ketibdi. Savdogarlar tuyalarini
cho‘ktirib, yuklarini tushirayotgan ekanlar. Ular har safar
tuyalarini shu quduq suvidan sug‘orar ekanlar. Bu safar suv
o‘rniga alangani ko‘rib dahshatga tushibdilar. Chunki bir
qultum ham suv qolmagan ekan. «Kimki quduqqa tushib,
suv chiqarib bersa, har birimiz yuz tillodan beramiz», deyi -
shibdi.
Olimjon o‘ylab turib: «O‘sha maddoh, ajali yetmasa
chivin ham o‘lmaydi, degan edi-ku. Qo‘rqoqqa yov qo‘sha
ko‘rinadi. Tavakkal qilib ko‘ray» debdi-da quduqqa
tushishga rozilik bildiribdi. Savdogarlarning har biri yuz
tillodan beribdi. O‘n ming tillodan to‘planibdi. Olimjon
qirq gaz chuqurlikka tushibdi. Quduqning tubi tekislik
bo‘lib, bir eshik bor ekan. Eshikni ochib qarasa, katta bir
bog‘ bo‘lib, anvoyi xil mevalar pishib yotganmish. Bog‘
172


o‘rtasidagi supada ikki yigit choy ichib o‘tirgan ekan. Yigit-
lardan birining tizzasida bir pari, ikkinchi yigitning tizzasi-
da qurbaqa o‘tirgan emish. Olimjon ularga yaqin kelib,
salom beribdi va muddaosini aytibdi. Yigitlar baravariga:
— Ey, notanish yigit, senga savolimiz bor. Mening tiz-
zamda qurbaqa, uning tizzasida pari o‘tiribdi. Qaysi biri
chiroyli? Ana shu savolga javob bersang, suv beramiz, —
debdilar.
Olimjonning yodiga maddoh aytgan gap tushibdi-da:
— Har kimning didi o‘zida. Har bir oshiq o‘z
ma’shuqasini sevsin — debdi. Shu payt qurbaqa chiroyli bir
qizga aylanibdi, husnijamoli hamma yerni munavvar etibdi.
Ikkala yigit Olimjonga: — Olijanob yigit ekansan, senga suv
beramiz, mayli, anavi anordan ham ol! — debdilar.
Olimjon qirq bitta anor terib olib, ro‘moliga tugibdi-yu,
quduqdan yer yuziga chiqibdi. Uning ortidan suv otilib
chiqaveribdi, savdogarlar ham, tuyalar ham qonib suv
ichishibdi. Keksa savdogar Olimjonga to‘plangan tillolarni
beribdi-yu, duo qilib unga bunday debdi:
— E, o‘g‘lim, sen bechora ekansan, kel, men bilan sav-
dogarlikka bor. Puling ham ko‘payadi, uzoq yurtdan mol
olib kelib, o‘z shahringda foydasiga sotarsan.
— Boy ota, taklifingiz ma’qul, lekin xotinim uyda
yolg‘iz. Pulsiz qolgan. Agar ruxsat bersangiz, uyimga borib
kelsam, — debdi Olimjon. Savdogar unga o‘z otini beribdi.
Olimjon anorlarni va ming tilloni olib, Buxoro qaydasan,
deb uyiga yetib kelibdi. Xotiniga anor bilan pullarni berib,
bo‘lib o‘tgan voqealarni aytibdi. Xotini xursand bo‘lib,
Olimjonga oq yo‘l tilab qolibdi. Olimjon savdogarlarning
oldiga yetib boribdi. Ular uzoq Urusiya mamlakatiga jo‘nab
ketibdilar.
Olimjon savdo-sotiq bilan yuraversinu, endi gapni
xotinidan eshiting.
Xotini anorning birini kesibdi. Qarasa, anorning ichi
yoqut tosh ekan. Zargarning qizi emasmi, u darrov bu qim-
matbaho toshni tanibdi. Bir dona anorning ichidan chiqqan
yoqutlarni xaltachaga solib, zargarga eltibdi. Zargar yoqut-
larning har birini tilloga chaqib olibdi, Dono xotin o‘zicha:
«Pul-oltin ko‘payib ketdi. Endi qo‘ldan ketgan molu
mulkni qaytarib olishim kerak», — debdi-yu, rais, qozi,
oqsoqollarga murojaat qilibdi. Qozi, oqsoqollar juvondan:
— Mulklarni sotib olishga puling yetadimi? — deb
so‘rabdilar.
173


Olimjonning xotini:
— Pulim yetib ortadi. Men mulklarni sotib olaman,
lekin o‘sha yerda yashayotgan odamlarning o‘zlari mulkdan
foydalanaversinlar, — debdi.
Oqsoqollar bir-birlariga ajablanib qarabdilar.
Qozikalon raisga:
— Bor, puli yetsa, mulklarini qaytarib olib ber, — deb
buyuribdi.
Shunday qilib, ayol eri sotib yuborgan o‘nta hovli, qirq
tanob bog‘-chorbog‘, tegirmon va mollarini qaytarib olibdi.
O‘zi yashayotgan hovlini yangi binolar qurib kengaytiribdi.
Ammo sotib olgan mol-mulklari o‘sha odamlarning qo‘lida
qolaveribdi. Bu orada ayol o‘g‘il ko‘ribdi. O‘g‘liga otasi
safarga ketgani uchun Safar deb ism qo‘yibdi.
Ona-bola badavlat, tinch yashayversinlaru, endi gapni
yana Olimjondan eshiting.
Olimjon o‘sha savdogar bilan Urusiyaning ko‘p shahar-
lariga boribdi, yo‘lda olgan mollarini sotib, noyob va nodir
mollardan sotib olibdi. Oradan to‘qqiz yil o‘tib ketibdi.
Oxiri ular Buxoro tomon yo‘lga chiqibdilar. Bir necha oy
yo‘l yurib, Olimjon qorong‘i tushganda Buxoro darvozasi
tomonga qirq tuya mol bilan yetib kelibdi. Darvozabon
qorong‘u tushgandan keyin ulov bilan shaharga qo‘ymas
ekan. Olimjon tuyalarini darvoza oldida cho‘ktirib, o‘zi
shaharga kirib, hovlisiga yetib boribdi. Ammo hovlisini ta -
nimabdi, darvoza qulflangan ekan, tomga chiqib qarasa
uylar antiqa qilib bezatilgan, tillo qandil yonib turganmish.
Xotinining yonida esa bir yigit yotganmish. Safar endi
o‘nga chiqqan bo‘lsa ham norg‘ul yigit bo‘lgan ekan.
Olimjon qilichini qinidan sug‘urib, uyga bostirib kiribdi.
Xotini erini tanibdi-yu, darrov yugurib borib qilichga
yopishibdi:
— Otasi, avval surishtirmay, keyin pushaymon
bo‘lmang. Axir siz ketganda homilador edim, bu o‘g‘limiz
Safar-ku, — debdi.
Olimjon o‘g‘lini uyg‘otib peshonasidan o‘pibdi. Xotini
unga bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘zlab beribdi. Olimjon
nodonlik qilib, shuncha yil judolikda yurganiga afsuslanib-
di va xotinidan juda ham minnatdor ekanligini aytibdi.
Bundan buyon molu dunyoga dost bo‘ladigan jo‘ralarga
yaqinlashmayman, deb tavba-tazarru qilibdi. Olimjon xoti-
ni, o‘g‘li Safarboy bilan birga yashab, davrini surib, muro-
du maqsadiga yetibdi.
174



Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin