Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/61
tarix27.07.2022
ölçüsü461,77 Kb.
#62907
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd

MEHNAT QO‘SHIQLARI
Qo‘sh qo‘shig‘i
Ola ho‘kiz, targ‘il ho‘kiz,
Shudgor tanobin tortib o‘z,
Qo‘sh haydaymiz bahor va kuz,
Atrofimiz dala va tuz,
Yur jonivor, xo‘sh jonivor.
Qo‘sh yotadi Hulkar botsa,
Ish boshlaymiz tonglar otsa,
Qadam tashlab asta-asta
Oldingga bossin payvasta,
Yur jonivor, xo‘sh jonivor.
Xo‘p mayda qo‘shiqlari
Mayda desam, xo‘p deydi, mayda-yo, mayda,
Xo‘pga ko‘nglim ko‘p deydi, mayda-yo, mayda.
Mayda qilib bo‘lgan so‘ng, mayda-yo, mayda.
Peshonamdan o‘p deydi, mayda-yo, mayda.
Mehmonxonang vassasi, mayda-yo, mayda,
Qizil gulning dastasi, mayda-yo, mayda,
Aytsam ado bo‘lmaydi, mayda-yo, mayda,
Maydajonning qissasi, mayda-yo, mayda.
Sog‘in qo‘shiqlari
Ot oyog‘in ot bosar churey-churey,
Oq yuzindan gard bosar churey-churey,
Agar shuytib sog‘dirmasang churey-churey,
Qassoblar butingdan osar, churey-churey.
Og‘ziginangda o‘ting bor churey-churey,
Yelinginangda suting bor churey-churey,
Sersoqoling jonivor churey-churey,
Kerilib turgan buting bor, churey-churey.
O‘rim qo‘shiqlar
O‘rim payti — rizq payti,
Dangal o‘rib tashlaymiz,
Istiqlol shukrin aytib,
Davron surib yashaymiz.
O‘rog‘im olmos,
O‘rimdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O‘rmasam bo‘lmas.
175


MAVSUM-MAROSIM QO‘SHIQLARI
Tog‘da toychoq kishnaydi,
Ot bo‘ldim deb yor-yor.
Uyda kelin yig‘laydi,
Yot bo‘ldim deb yor-yor.
Yig‘lama qiz, yig‘lama,
To‘y seniki, yor-yor.
Ostonasi tillodan,
Uy seniki, yor-yor.
Tog‘dan tutgan archani,
Sakkiz denglar, yor-yor
Sakkiz qizning sardori,
Keldi denglar yor-yor.
Sakkiz qizning sardori
Biz bo‘lamiz, yor-yor.
Sakkiz bog‘da ochilgan,
Gul-lolamiz, yor-yor.
O‘lanlar
O‘lanlarning avval boshi — tamal toshi,
To‘y oldidan tortganim so‘qim oshi,
Hadding bo‘lsa, qani kelib o‘lan boshla,
Bu elatning man-man degan keksa-yoshi!
Baland-baland tog‘larning qori bo‘lar,
O‘ngirida burgut, lochin sori bo‘lar,
O‘lanchilar manmansirab kerilmaydi,
Er og‘asi — mard yigitning ori bo‘lar.
Kelin salomlar
Bismillodan boshlaymiz,
Oshga jambil tashlaymiz,
Salom, salom, yana salom,
Avval xudoga salom.
Ko‘cha to‘la qo‘y bergan,
Mashina to‘la to‘y bergan,
Salom, salom, yana salom,
Qaynotasiga salom.
Qozon osgani eringan,
O‘g‘il tug‘dim deb kerilgan
Salom, salom, yana salom,
Qaynonasiga salom.
176


Oshga solgan ilikday,
Qoshu ko‘zi pilikday
Salom, salom, yana salom,
Ovsinlariga salom.
Tomga pichan tashlagan,
Orqa-o‘ngin qashlagan,
Salom, salom, yana salom,
Amakisiga salom.
Marsiyalar
Aytmay desam bo‘lmaydi,
Dog‘ingiz o‘ti qo‘ymaydi,
Ishongan bog‘im, voy otam,
Suyangan tog‘im, voy otam.
Qaldirg‘ochning qanotiga,
Qil bog‘lagan, voy otam,
Borsa kelmas joylarga
Bel bog‘lagan, voy otam!

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin