bilan). (1 soat) O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo‘yish,
maktabning odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram
tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o‘quvchilar ongiga yangi yilda
inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Ona yurtni mard o„g„lonlar qo„riqlaydi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat) O‗quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‗zlarining ham shaxsiy burchlari
va mas‘uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy
armiyamiz haqida ma‘lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‗zinikidek qabul qilish,
Vatan yukini o‗z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‗lib
ulg‗ayish xislatlarini tarbiyalash. 18-mavzu: Barcha fuqarolar tengdirlar. (1 soat) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan barcha fuqarolar qonun oldida
tengligi, millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag‘rikenglik ta‘minlanganligi.
19-mavzu: Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz. (1 soat) Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka
o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o‘quvchilarning
iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik
darajasini oshirish.
20-mavzu: Donolar bisotidan (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). (1 soat) O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher
Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali
ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u‘larini
singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va
ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona
Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.