30-mavzu: Vatan – muqaddas (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat) O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini
singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda
ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash. 31-mavzu: Axborot - ishora belgilari (Yo„l harakati qoidalari) (1 soat) Eng muhim belgilar haqida tushuncha berish.
32-mavzu: Kitobim – oftobim. (1 soat) O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu
donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali
ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga
mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu: Yaxshi dam – o„qishga hamdam. (1 soat) O`quvchilarga yozgi ta‘tilni mazmunli o`tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi
oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
4 – sinf (34 soat) 1-mavzu: Biz istiqlol farzandlarimiz! (1 soat) 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, ―Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish
yili‖, davlat dasturi, ―Obod qishloq‖, ―Har bir oila – tadbirkor‖, ―Yoshlar kelajagimiz‖, ―Besh
ijobiy tashabbus‖ kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning
ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.
2-mavzu: O„quvchilarning tashkiliy jamlanmasi va guruhining harakatlanishi (Yo„l harakati qoidalari). (1 soat) O‗quvchilarga maktab binosi va hovlisi, maktabga boradigan yo‘l, jamoat joylarida
va ko‘chada yuris h qoidasini o‘rgatish.