@ustozlar_uchun
Xalq ta‟limi xodimlariga
20-mavzu: Bobolarimiz me‟rosi (A.Navoiy va Z.M. Bobur tavallud kunlari
oldidan). (1 soat)
O`quvchilarda avliyolar avliyosi,
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher
Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada
rivojlantirish orqali
ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u‘larini
singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad
Boburning hayoti va
ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona
Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo
hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.
21-mavzu: Jamoat joylarida o„zini tuta bilish. Did bilan kiyinish odobi. (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish tuyg‘ularini
singdirish, ularni zo‗ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har
qanday xatti-harakatlardan
himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik,
giyohvandlik va
«ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
22-mavzu: Did bilan kiyinish odobi. (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalari jumladan maktab, oila va to‗ylarda
kiyinish odobi tushunchalarini shakllantirish.
23-mavzu: Qush uyasida ko„rganini qiladi. (1 soat)
―Katta karvon
qayerdan yursa, kichigi ham o‘sha yerdan yuradi‖, ―Qush uyasida
ko‗rganini qiladi‖ maqollarining mazmuni va mohiyati.
Dostları ilə paylaş: