13-mavzu: 8 dekabr – O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. (1 soat) O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni
o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga ―jinoyat jazosiz qolmaydi,
har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi‖ degan qoidani singdirish.
14-mavzu: Milliy iftixor tuyg„usi (10 dekabr - O„z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston
Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi,
mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini
singdirish.
15-mavzu: Transport vositalarining to„xtash yo„li (Yo„l harakati qoidalari). (1 soat) Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining
transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa
transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa
eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular
harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang kabi
tushunchalarni singdirish.
16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo‘yish,
maktabning odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram
tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o‘quvchilar ongiga yangi yilda
inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Mardlar qo„riqlaydi vatanni (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni