@ustozlar_uchun Xalq ta‟limi xodimlariga 30-mavzu: “Qahramonlik, burch va fidoiylik” (Xotira va qadrlash kuni oldidan) (1 soat) O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini
singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda
ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash
31-mavzu: Birinchi tibbiy yordam ko„rsatish (Yo„l harakati qoidalari). (1 soat) Yoqimsiz holatlar kutilmaganda ro‗y berishi mumkin, shu bois har qanday vaziyatda ham
ularga tayyor turish kerak, ayniqsa boshqa bir insonning hayoti sizning ko‗nikmalaringizga
bog‗liq bo‗lsa. Sun'iy nafas har bir inson bilishi kerak bo‗lgan elementar reanimatsion xatti-
harakatlar . Agar jabrlanuvchining pulsi yo‗qligini sezsangiz, yurakni massaj qilish kerak.
32-mavzu: Kitobdan yaxshi do‟st bo‟lmas (1 soat) O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu
donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali
ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga
mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu: Buyuruvchi belgilar (Yo„l harakati qoidalari). (1 soat) O‘quvchilarga shahardan tashqaridagi yo‘llar haqida tushunchalar berish, ko‘chada
yurish qoidalarini orgatish
34-mavzu: Yoz-o„tadi soz! (1 soat) O`quvchilarga yozgi ta‘tilni mazmunli o`tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi
oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
6 – sinf (34 soat) 1-mavzu: O„zbekiston – vatanim manim. (1 soat) 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, ―Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili‖,
davlat dasturi, ―Obod qishloq‖, ―Har bir oila – tadbirkor‖, ―Yoshlar kelajagimiz‖, ―Besh ijobiy
tashabbus‖ kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no –
mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.