3-mavzu: Tarixiy obidalarga sayohat. (27 sentabr xalqaro turizm kuni munosabati bilan). (1 soat) O‗quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‗simlik dunyosiga
mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera
va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish.
4-mavzu: Ustozlar – elda aziz (1 oktyabr – O„qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga
ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
5-mavzu: Maktab mulki muqaddas, uni ko„z qorachig„iday asra. (1 soat) Eng ulug‘ maskan. Buyuk insonlarni tarbiyalovchi ilm o‘chogi. Maktabdagi har bir kitob
va boshqa buyumlarni asrab-avaylash lozimligi, chunki ular xalqimizning mulki ekanligi.
6-mavzu: Ko„chalarda piyodalar qanday harakatlanishlari kerak (Yo„l harakati qoidalari). (1 soat) Ko‘chada va jamoat joylarida o‘quvchi o‘zini qanday tutishi lozimligi haqida
axloqiy sifatlarni shakllantirish shuningdek, hamma uchun eng muhim va oddiy bo‘lgan
yol harakati qoidalarini bilish, zarur yo‘l belgilar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.
7-mavzu: Tilga e‟tibor – elga e‟tibor (filologiya fanlari oyligi doirasida). (1 soat) Fan o‘qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
8-mavzu: Men sevgan asar. (1 soat) O‗quvchilarda kitobga bo‗lgan qiziqish, o‗zbek va jahon adabiyotiga bo‗lgan hurmat
xissini oshirish.
9-mavzu: O„zbek tili – Davlat tili (O„z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni
uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi
va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini
singdirish.