@ustozlar_uchun Xalq ta‟limi xodimlariga insoniylik, vatanparvarlik, rostgo‘ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar
merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash.
19-mavzu: Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasi. (1 soat) O‘zbekiston Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida‖gi Qonunining
mazmuni va mohiyati. O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish, ularni o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga ―jinoyat
jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi‖ degan qoidani singdirish
orqali ularda korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘lish va faol fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish.
20-mavzu: Buyuklarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). (2 soat) O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher
Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali
ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u‘larini
singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va
ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona
Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.
21-mavzu: Fan-texnika taraqqiyoti va biz(matematika, informatika fanlari oyligi doirasida). (1 soat) Fan o‘qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
22-mavzu: Oilaviy qadriyatlar psixologiyasi (1 soat) Milliy urf-odatlar bilan yog‗rilgan oila mustahkamligi, oilada bunyodkor shaxslararo
munosabatlarni shakllantiruvchi asoslarni o‘rgatish. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda
o‘tkaziladi)