28-mavzu: Ogohlik davr talabi (Fuqarolik muhofazasi kuni munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib
solayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan
tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma‘rifat
bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash.
29-mavzu: Chekmasdan hayot gashtini sur! (1 soat) Zararli odatlar va ularning inson salomatligiga ta‘siri. Ichkilikbozlik, kashandalik va
giyohvandlik.
30-mavzu: Bu muqaddas Vatanda azizdir inson (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat) O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini
singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda
ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash.
31-mavzu: Til bilgan – el biladi (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida). (1 soat) O`quvchilarga til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan
hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va
elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish.
32-mavzu: Kutubxonalar – insoniyat barcha ma‟naviy boyliklarining durdonasi. (1 soat) Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda. O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik,
yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi
haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan
munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu: Maqsadlar qo‟yish va ularga erishish psixologiyasi (Yangi yil bayrami