«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi


Auditning muhimlik va tavakkalchilik darajasini aniqlash



Yüklə 355,9 Kb.
səhifə32/55
tarix22.10.2023
ölçüsü355,9 Kb.
#159598
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-hozir.org (1)

Auditning muhimlik va tavakkalchilik darajasini aniqlash

Muhimlik - hisobotda keltirilgan va unchalik ham ahamiyatli deb hisobga olinmagan, yuz berishi mumkin bo’lgan xato summaning maksimal chegarasidir. Hisobotdagi ayrim ko’rsatkichlar va ilovalardagi ba’zi bir axborotlar unchalik ham to’g’ri bo’lmaydi. Ammo bu bilan hisobot to’lig’icha noto’g’ri va real holatni ifodalamaydi degan fikrga bormaslik kerak.


Auditda muhim deb xo’jalik yurituvchi sub’ektni moliyaviy hisobotining haqiqiyligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan vaziyat tan olinadi.
Moliyaviy hisobotning barcha muhim tomonlaridan haqiqiyligi deb mazkur hisobotning malakali foydalanuvchisi uning asosida to’g’ri xulosalar chiqarishi hamda to’g’ri qarorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari aniqligining darajasi tushuniladi. Ma’lumotning muhimligi – bu uni mazkur ma’lumotdan foydalanuvchining qarorlariga ta’sir ko’rsata oladigan bo’lish xususiyatidir.
Muhimlikning darajasi deganda moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatishni eng yuqori darajasi tushuniladi. Ushbu darajadan boshlab hisobotning malakali foydalanuvchisi uning asosida to’g’ri xulosalar chiqarishi hamda to’g’ri qarorlar qabul qilishi lozim.
Muhimlik darajasining mutlaq ko’rsatkichini aniqlash vaqtida auditor audit o’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisoboti haqiqiyligini ta’riflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni (moliyaviy hisobotning bazaviy ko’rsatkichlari) asos qilib olishi lozim. Xatolar quyidagicha bo’lishi mumkin:
    • hisob-kitoblardagi xatolar (amortizatsiya summasini hisoblashdagi arifmetik xatolar);


    • alohida ko’rsatkichlar baholanadi. Masalan, nomoddiy aktivlarning foydali ishlatilish muddati va hokazo.


Auditor bu xatolarni topsa, mijoz hisobotda bu xatolarni to’g’rilashi lozim.


Auditor quyidagi hollarda xatolarni hisobga olmaydi:

    • mijoz hisobotiga ta’sir qilmaydigan kichik xatolar;


    • buxgalteriya hisobotini e’lon qilish muddatini uzaytirish mumkin bo’lgan kichik xatolarni to’g’rilashga ketadigan vaqt va boshqalar.


Shunday hollarda auditor hisob ko’rsatkichlaridagi xatolarni inobatga olmaydi va hisobotni to’g’ri va ishonarli deb e’lon qiladi.


Ko’pgina auditorlar ko’rsatkichlardan chetga chiqish 5%gacha bo’lsa, sezilarli emas, 10%dan ko’p bo’lsa, moddiylik deb hisobga oladi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
    • auditning taomillarining tabiati, vaqti hamda chuqurligini belgilash vaqtida;


    • buzib ko’rsatishlarning ta’sirini baholash vaqtida. Moddiylikni baholashda hisobda quyidagi omillar qabul qilinadi:


    • xatolarning absolyut chegarasi;


    • xatolarning muayyan chegarasi;


    • hisobot moddalarining mundarijasi;


    • aniq sharoitlar;


    • noaniqliklar;


    • summalardagi xatolar.


Xatolarning absolyut chegarasi. Xatolarning miqdor qiymatida ifodalanadigan ko’rsatkichdir. Bu moddiylikni baholashning asosiy mezoni sifatida qaralmasligi lozim.


Muayyan chegara. Bu baho foizlarda o’rnatiladi.
Hisobot satrlarining mundarijasi. Bu sifat omili bo’lib, moddiylikni aniqlashda muhim ahamiyatga egadir.
Aniq sharoit. Auditor moddiylikni baholashda, hisobot kimga taqdim qilinishini inobatga olishi kerak. Agarda hisobot foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan bo’lsa (aktsionerlarga, banklarga, korxona rahbariga), moddiy mezonlarni ziyraklik bilan o’rganish lozim.
Noaniqlik. Agar mijoz faoliyatini qisqa davom etishi ehtimoli bo’lishini baholasa yoki korxonani to’lovga noqobil deb topsa, u holda auditor moddiylik darajasini baholashga keng e’tibor berishi lozim.
Summadagi xatolar. Auditordan mumkin bo’lgan va ahamiyatli xatolarning umumiy miqdorini baholash talab etiladi.
Moddiylikni baholashda 2 ta usuldan foydalaniladi:
  1. Induktiv usul. Bunda, eng avvalo, hisobotdagi har bir satr bo’yicha moddiylik alohida satrlar bo’yicha yig’iladi.


  2. Deduktiv usul. Bu usulda, eng avvalo, xato qo’yilgan summaning umumiy hajmi aniqlanadi va u hisobot satrlari bo’yicha taqsimlanadi va unga ko’ra har bir hisobvaraq bo’yicha qilinadigan ish hajmi aniqlanadi.


Auditorlik tavakkalchiligi – bu auditor tomonidan bir taraflama aniqlanadigan, auditning tekshiruvi natijalariga ko’ra moliyaviy hisobot uning haqiqiyligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzib ko’rsatishlarga ega bo’lishi mukinligi ehtimolini tan olish, yoki haqiqatda moliyaviy hisobotda bunday buzib ko’rsatishlar yo’q bo’lishiga qaramasdan mazkur hisobotda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligini tan olishdir.


Moliyaviy hisobot auditi bevosita quyidagi omillarga bog’liq: tadbirkorlik tavakkalchiligi va auditorlik tavakkalchiligi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligi auditorlik xulosasi ijobiy bo’lgan holatda ham mavjud bo’ladi. U quyidagi omillarga bog’liq:
    • auditorlik raqobatbardoshlilik;


    • auditorlik faoliyatini yaxshi reklama qilmaslik;


    • auditorga bo’lgan munosabat bo’yicha sud ishlari bo’lish ehtimoli;


    • mijozning moliyaviy holati;


    • mijoz operatsiyalarining xarakteri;


    • mijoz korxona rahbariyati va hisob xodimlarining malakaliligi;


    • auditni o’tkazish muddati.


Auditorlik tavakkalchiligi quyidagilar bilan izohlanadi: auditor mijozning moliyaviy hisobotini to’g’ri tuzilgan deb o’z xulosasida yozadi. Ammo u ba’zi-bir moddiy xatolardan iborat bo’ladi.


Auditni o’tkazish davrida auditor auditorlik tavakkalchiligining eng past darajagacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni o’tkazishi lozim.
Auditorlik tavakkalchiligi o’z ichiga quyidagi komponentlarni oladi:
  1. Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik;


  2. Nazorat tavakkalchilik;


  3. Moliyaviy hisobotda xatolar hamda buzib ko’rsatishlarni aniqlamaslik tavakkalchiligi.





Yüklə 355,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin